Savol va topshiriqlar
1. G ‘azal hajmi va mavzusi haqida ma’lumot bering.
2. Muhabbat misolida mohiyatan nima ko‘zda tutilgan?
3. Asar vazni, qofiyasi va radifini tahlil qilib bering.
4. G ‘azaldagi asosiy ifoda va tasvir vositasi nima? Uning asardagi o‘rni
va vazifasini tushuntirib bering.
5. G ‘azal baytlarini ketma-ketlikka amal qilgan holda sharhlang.
6. «Begona bayt» — qanday bayt? Bu g‘azaldagi begona baytning o‘mi va
mavqeyi nimalarda ko‘rinadi?
7. Maqta’da qo‘llangan «boda» timsolining ikki m a’nosini tushuntirib
bering.
8. May timsolining tasawufiy adabiyotdagi o ‘rni va mavqeyi haqida
so‘zlang.
9. G ‘azalni yodlang.
«QILG‘IL» RADIFLI G‘AZAL
Qaro ko'zum, kel-u, mardumliq emdi fan qilg'il,
Ko‘zum qarosida mardum kebi vatan qilg'il.
Yuzung guliga ko‘ngul ravzasin yasa gulshan,
Qading niholig'a jon gulshanin chaman qilg‘il.
Takovaringg‘a bag'ir qonidin hi no bog‘la,
Itingg‘a g'amzada jon rishtasin rasan qilg‘il.
Firoq tog'ida topilsa, tufroqim, ey charx,
Xamir etib yana ul tog'da ko‘hkan qilg‘il.
Yuzung visolig‘a yetsun desang ko‘ngullarni,
Sochingni boshtin-ayoq chin ila shikan qilg‘il.
Xazon sipohig'a, ey bog‘bon, emas mone’,
Bu bog‘ tomida gar ignadin tikan qilg'il.
Yuzida terni ko‘mb, o'lsam, ey rafiq, meni
Gulob ila yuv-u, gul bargidin kafan qilg'il.
Navoiy, anjumane shavqi jon aro tuzsang,
Aning boshoqliq o‘qin sham’i anjuman qilg‘il.
«G‘aroyib us-sig‘ar»ning 371-g‘azali.
Sakkiz baytli bu g‘azal asrlar osha el orasida masliliur bo‘lib kelyapti.
Radifi sof turkiy (o‘zbekcha) so‘z. Qofiyasiga shoir arabiy
(«fan»,
«vatan», «rasan», «kafan»),
forsiy
(«коЪкап», «shikan», «anjuman»)
kalimalarga ohangdosh o‘zbekcha so‘z
(«tikan»)
ham topadi.
Matla’ni sharhlaslming o‘zidayoq bu g‘azalda qanchalar ma’no-
mazmun yasliirin ekani ayonlashadi. Lirik qaliramon osliiq tarzida
so‘z boslilab, unga to ‘g‘ridan-to‘g‘ri
«даго k o ‘zum»
deb murojaat
qiladi, kelib odamgarchilik
(«mardum\ig‘»)
qilishni, yana ham
aniqrog‘i, osliiq ko‘zi qorasida gavhar
(«mardum kebi»)
vatan
tutishni so‘raydi.
«Mardum kebi»
ifodasida zimdan
«odamdek»
degan
ma’no ham yasliirin. Bilamizki, ko‘z qoracliig‘i icliida yana qop-qora
gavhar (<<
gavharak
» ham deyishadi) bor. U eski tilimizda
«mardumak»
deb ham ishlatilgan. Hozir ham bu shakl ayrim shevalarimizda
saqlanib qolgan. Demak, shoir birinchi va ikkinclii misralarda
shakldosh (omonim) so‘zlar islilatib, tajnisga erishgan.
Osliiq yori uchun tamoman sadqa bo‘lishga tayyor. Baytlarida u
buni isbotlab boradi. Awal yuzi guliga ko‘ngil jannatini gulshan,
qadi niholiga esa jon gulshanini chaman qilislini (ikkinclii bayt),
keyin otiga oshig‘i bag‘ri qonidan hino bog‘lab, itiga g‘amza payti
jon rishtasidan ip qilishni (ucliinchi bayt) aytadi.
Lirik qahramonning hissiy-xayoliy tasawuroti kengaygandan-
kengayib boraveradi. Agar, deydi u, ajralish
(«firoq»)
tog‘ida
tuprog‘im topilsa, uni loy
(«xamir»)
etib, yana qaytadan tog‘da
tosh yo‘nuvchi («
коЪкап»,
bu yerda an’anaviy Farhod timsoliga
ishora ham bor) qilib yasa (to‘rtinchi bayt). Bunda Odam Atoning
loydan yaratilganiga ishora mavjud. Bordi-yu, ko‘ngullar yuzingning
visoliga yetsin, desang, unda sochingni boshdan-oyoq o‘rab-
cliirmab taslila (besliinclii bayt). Soch tasawufiy timsol-atama sifatida
she’riyatda Allohning sirlariga yetishga bir ishora hisoblanadi.
Vaslingga bandalaring yetsin desang, sirlaringni oslikor ayla-da,
deyilmoqclii.
Oltinchi bayt nihoyatda ohoriy: kuz kelib, xazon sipohi yurish
boshlasa, ey bog‘bon, bu bog‘ tomida ignadan tikan qilib qo‘ysang
ham monelik qilolmaydi. Bu bilan zimdan umrning o‘tkincliiligiga,
ishq yo‘lida oshiqning imkoniyatlari ozligiga, vaqt g‘animatligiga
ishora qilinyapti.
Yorimning yuzida tem i ko‘rib, o‘lsam, deydi shoir rafiqqa
(do‘stga, o‘rtoqqa) murojaat qilib, gulob (guldan tayyorlangan
sharbat) bilan yuvib, gulning bargidan kafan qilgin! Baytda zimdan
oldingi qo‘shmisradagi xazonga gul qarama-qarshi qo‘yilgan.
M atla’da Navoiyga murojaat qilina turib, lirik qahramon, agar
jon aro shavq anjumanini tuzsang, uning boshoqlik o‘qini shu
anjumanning sham’i qilgin, deydi.
G ‘azalning boshidan oxirigacha har baytda kutilmagan timsol,
ifoda va tasvir ishlatiladi. Baytdan baytga o‘tgani sari lirik qahramonning
osliiqlik o‘ti balandlab borganini ko‘ramiz. Oxirgi ikki baytda osliiq
yor ishqida jondan kecliishga tayyor turganini bildiradi. Bu ham
ishqning kamolga yetganini ifodalashning bir yo‘li.
Do'stlaringiz bilan baham: |