Allaqachon so'ngan sevgiga
Umid bog‘lab yashayman hamon.
Bunga bois —
shu makonimiz,
Shu yer — oppoq, sho'r manglay turbat,
Qaylardadir toptalgan nomus,
Kimlargadir qadrdon g‘urbat.
Yashirmayman, har kim ham bilar:
Boshqa-boshqa emas, jon singil,
Ikkimiz ham bir sevgi bilan
Shu vatanga qo'yganmiz ko'ngil.
1925-yilning 13-sentabr kuni Sergey Yesenin
singlisi Shuraga
bag‘islilab birdaniga 4 ta she’r yozdi. Hech biriga sarlavha qo‘ymadi.
Faqat har bir she’ming boshida burchakda «Singlim Shuraga»
degan qayd bor, xolos.
Shu kuni shoir Leningradda edi. Adabiy jumal ochish tashvishida
yurgan edi. 0 ‘limiga bir oydan ham ozroq vaqt qolganini o‘zi
bilmas edi, albatta.
«Singlimga xat» akaning singilga maktubi tarzida bitilganini ko‘rib
o‘tdik. «Bu dunyoda men bir yo‘lovchi...» ham shunga ko‘p yaqin
turadi. Biroq buni xat deb emas, bag‘ishlov deb tushunsak, to ‘g‘ri
bo‘ladi. Chunki bu shaklan maktub emas.
Aka yuragining
tub-tubidagi ayrim fikr-xulosa, liis-tuyg‘usini
singlisiga to ‘kib solmoqchi. 0 ‘ttiz yoshli akaning singlisi bilan
dardlashadigan nima ham gapi bo‘lishi mumkin? Albatta, gap
aylanib, sevgiga borib taqaladi. Bu she’r ham — sevgi haqida.
Lekin...
Birinchi bandda lirik qahramon o‘zini bir yo‘lovchiga qiyoslay
turib, erka singlisining unga shodon qo‘l silkishini istaydi, chunki
kuz faslida
Oy ham xuddi shunday tinch, erkalovchi nur taratadi.
Ikkinclii band ham shunga bog‘liq: lirik qaliramon shu Oy taftida
isinadi, ilk bora undan joni shunday orom topadiki... Birdan sevgisi
esiga tushadi: u allaqachon so‘nib ketgan, baribir, hamon unga
umid bog‘lab yashaydi.
Buning sababi bor. Uchinchi bandda aynan shu sabab ko‘r-
satiladi: bu — vatan, yashab turgan shu makon, shu yer. U esa —
sho‘rpeshona turbat:
qaylardadir nomus toptalgan, kimlardir
g‘urbatlarga ko‘nikib, u bilan qadrdon ham bo‘lib ketgan.
To‘rtinchi band she’ming haddi a’losi (kulminatsiyasi) liisob-
lanadi. Lirik qahramon hamma biladigan bir simi yashirib o‘tirish-
ning nima
keragi bor, deb biladi va shuni oslikor etadi: singlim,
sen bilan mening muhabbatimiz boshqa-boshqa emas — ikkimiz
ham bir sevgi bilan shu vatanga ko‘ngil qo‘yganmiz!
She’rda sof insoniy sevgi-muhabbat haqida so‘z ocliilib, u vatanga
melir-muhabbat tuyg‘usini ulug‘lash bilan yakun topdi. Shuning
uchun ham bu vatanga muhabbat asaming bosh g‘oyasi liisoblanadi.
She’r muayyan makon va zamonga ega. Lekin uning mazmun-
mohiyati makon va zamon cliiziqlarini pisand qilmaydi. Har qanday
makon va zamonda ham vatan — vatan-da. Tug‘ilgan, umr
kecliirayotgan yerini yaxslii ko‘rish — qaysi mamlakatda va qanday
zam onda yashayotganidan q at’i nazar, insonning birlamchi,
qolaversa, muqaddas burchlaridan biri.
Do'stlaringiz bilan baham: