SERGEY YESENIN
(1895 - 1925)
XIX
asrda ms adabiyoti, jumladan,
sh e ’riyati shunday yuksak darajada
rivojlandiki, bugun jahon adabiyotini shu
davr ms so‘z san’atisiz tasavvur etib
bo‘lmaydi. XX asr boshlarida bu adabiyot
yangi shoirlar berdi. Shulardan eng
mashhuri — Sergey Yesen in.
Adabiyot
ahli orasida, shoirlar qish-
loqlarda tug‘ilib, shaharlarda vafot etadi,
degan gap yuradi. Bu msning buyuk shoiri Sergey Aleksand
rovich Yeseninga nisbatan to ‘la mos keladi.
U 1895-yilning 3-oktabrida (eski liisob bo‘yicha 21-sentabrida)
Rossiyaning qadim tarixga ega Ryazan gubemiyasiga qarashli
Konstantinovo qishlog‘ida oddiy dehqon oilasida tug‘ildi. Otasining
kambag‘alligi, ayolmandligi uchun u ikki yoshligidan o‘ziga to ‘qroq
bo‘lgan ona tomonidan bobosining oilasida tarbiya topdi. Besh
yoshligida o‘qishni o‘rgandi, to ‘qqiz yoshidan xalq qo‘shiqlariga
o‘xshatib she’rlar bita bosliladi.
Qishloq muallimlari tayyorlaydigan maktabni tugallab, o‘n yetti
yoshida M oskvaga bordi. Savdogarning idorasida ishladi,
bosmaxonada
musahhihlik qildi,
adabiy-musiqiy to ‘garakka
qatnashdi, she’rlar yozishni davom ettirdi. 0 ‘n to ‘qqiz yoshidan
she’rlari Moskva jurnallarida bosilib, mashhur bo‘ldi. Yigirma
yoshida Petrogradga kelib, yana bir mashhur ms shoiri Aleksandr
Blok bilan tanishdi.
1916-yildan armiya xizmatiga kirdi. Oq podshoh sharafiga she’r
yozishdan bosh tortgani uchun intizomiy batalyonga jo ‘natildi,
keyin xizmatdan tamoman voz kechdi.
1918—1921-yillarda Murmansk, Arxangelsk, Qrim, Kavkaz,
Bessarabiya, shuningdek, Turkiston bo‘ylab safar qildi. 1922—
1923-yillari esa taniqli amerikalik raqqosa Aysedora Dunkan bilan
Yevropaning Germaniya, Fransiya, Belgiya, Italiya mamlakatlarini
aylandi, to ‘rt oy AQSHda yashadi.
i
Sergey Yesenin 1925-yil 28-dekabrda fojiali tarzda vafot etdi.
Shoir qayerda bo‘lmasin, umri bo‘yi o‘zini
ruhan qishloqda
yurgandek his qilib yashadi. Shoirning o‘z yurti va ona xalqiga
yuksak muhabbati she’rlarida uning bevosita Ryazan o‘lkasiga
meliri tarzida aks etgan.
Shoir asarlarida tarjimayi holi bilan bog‘liq nuqtalar ko‘p tilga
olinadi. Mumtoz o‘zbek adabiyotida bunday asarlarga hasbi hoi
deyiladi. «Endi qaytm am uyimga» ham da «Singlimga xat»
she’rlarida muallifning ko‘p umri xorijiy mamlakatlarda, safarlarda
o‘tgani shundoq sezilib turadi.
Ammo qayerda yashamasin, vatani
meliri uning qalbida jo ‘sh uradi.
Sergey Yeseninning satrlari qisqa-qisqa, tili ravon va sodda,
lirik qahram onning hayot, tabiat, odamlarga m unosabatida
qishloqcha samimiylik va to ‘g‘rilik ufurib turadi. Eng muhimi,
asarlarida sharqona ruh bor.
Bu o‘z-o‘zidan paydo bo‘lgan emas.
Shoir forsiy tildagi mumtoz
she’riyat namunalari bilan yaqindan tanishganidan keyin Eronga
borishga qattiq intiladi. Biroq o‘sha paytdagi Rossiya va Eron
munosabatlari rus shoirini u yoqqa yuborish maqsadga muvofiq
emasligini taqozo etadi. Shunga qaramasdan, Sergey Yesenin qattiq
turib Eronga borishni talab qilgani uchun uni Ozarbayjonning
Bokuga yaqin qishloqlaridan biriga yuborishadi.
Bir necha muddat
bu yerda yashab, sharqona ruhni his etadi, Sharq odamlarining
hayot tarzidan zavqlanadi va tez fursatda uning «Fors taronalari»
she’rlar turkumi yoziladi.
Sharq she’riyatida Allohga ishqni majozan yorga ishq tarzida
kuylash kuchli edi. Shunga taqlidan rus shoiri ham Sharq go‘zaliga
bag‘ishlangan ishqiy she’rlar bitadi. Lekin shu mavzu bahonasida
G ‘arb kishisining Sharqqa meliri jo ‘sh urib turganini sezish qiyin
emas.
Rus
hayotini tasvirlaydimi, sharqona mavzularda qalam
tebratadimi, bundan qat’i nazar, Sergey Yesenin she’riarining
tub moliiyatida umuminsoniylik yotadi. Millati, dini, irqidan qat’i
nazar, ulami o‘qigan kishining ko‘nglida bir yorug‘lik, zavq, mehr,
ezgulikka oslmolik tuyg‘usi paydo bo‘ladi. She’r qalbni poklaydi,
deganlari shu.
Sergey Yeseninning aksar she’riarini Erkin Voliidov maromiga
yetkazib tarjima qilgan. Bu she’riyatning o‘zbek shoirlari ijodiga
juda katta ta ’siri bo‘ldi. Erkin Voliidov, Tilak Jo‘ra, M a’ruf Jalil,
Xurshid Davron va boshqalar ijodida buni yaqqol sezamiz. Xususan,
0 ‘zbekiston xalq shoiri marhum Muhammad Yusuf ijodini Sergey
Yesenin asarlari ta ’sirisiz tasaw ur qilib bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: