Sultonmurod Olim, Sunnat Ahmedov, Rahmon Qo‘chqorov



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/134
Sana14.07.2022
Hajmi5,53 Mb.
#797747
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   134
Savol va topshiriqlar
1. Abulqosim Firdavsiyning hayoti va ijodi haqida qisqacha so‘zlab bering.
2. «Shohnoma»ning yaratiUsh tarixi haqida nimalami bilasiz?
3. N imalar «Shohnoma»ga asosiy manba bo‘Ub xizmat qilgan?
4. Asaming bosh g‘oyasi, asosiy g‘oyalarini tahlil qiling.
5. «Shohnoma»ning o ‘zbekchaga tarjimalari va adabiyotimizga ta ’siri 
haqida so‘zlab bering.
6. «Siyovush qissasi»ning asardagi o ‘rni va ahamiyatini qanday 
tushunasiz?
7. Nega shoir Eron va Turon sulhi masalasini aynan «Siyovush qissasi»ga 
kiritdi?
8. Qissaning bugun uchun ahamiyati nimalarda ko‘rinadi?
9. 0 ‘zbekiston RespubUkasi bilan Eron Islom Respublikasi o ‘rtasidagi 
do‘stlik aloqalarini kuchaytirishda «Shohnoma» singari mushtarak 
madaniy-adabiy merosning ahamiyati haqida fikrlab, dars jarayonida 
so‘zlab bering.


ROBINDRANAT TAGOR
(1861-1941)
H in d isto n lik buyuk shoir, yozuvchi, 
bastakor va tarbiyashunos, taniqli jam oat 
arbobi, xalqaro Nobel mukofotining laureati 
R o b in d ra n a t T agor 1861-yili 7-m ayda 
Kalkutta shalirida tavallud topgan. Uning otasi 
baland martabali, yuksak saviyali kishi edi. 
R.Tagor oiladagi 14 farzandning kenjasi 
bo‘lib, otasi uni butun Hindiston bo‘ylab o‘zi 
bilan olib yurar, mamlakatning muqaddas 
qadam jolarini k o ‘rsatar edi. Bola tabiat 
go‘zalliklaridan ta ’sirlanib zavqqa to ‘lardi. 
Bo‘lajak adibning 8 yoshidayoq she’rlar yoza boshlagani shundan 
bo‘lsa kerak. R. Tagor dastlabki savodni uyida olgan. Keyinchalik, 
xususiy maktablarda, Kalkuttadagi seminariyada o ‘qidi, uni 
bitirgach, Bengaliya akademiyasida tarix va madaniyatdan saboq 
oldi. 1878—1880-yillarda London Universitetining kollejiga o‘qishga 
kiradi. Biroq uni tugatmasdan Hindistonga qaytadi. Oilada akalariga 
ergasliib, ijod qila boshlaydi. Angliyadagijumallarda dastlabki she’r, 
doston va maqolalari e’lon qilinadi. Uning 1882-yilda e’lon qilingan 
ilk she’riy to ‘plami «Oqshom qo‘sliiqlari» deb atalardi. Shundan 
so‘ng u pok insoniy muhabbat ulug‘langan «Tonggi qo‘shiqlar», 
«Suratlar va qo‘shiqlar», mustamlakachilik zulmi va ijtimoiy 
adolatsizlik qoralangan «Bibha soliili» va «Donishmand Roja» tarixiy 
romanlarini yozadi. U asosan bengal tilida ijod qilgan.
1884—1911-yillarda R.Tagor ijtimoiy-siyosiy tadbirlarda ishtirok 
etdi. Jumladan, Hindiston Milliy kongressida faol qatnashdi. Jahon 
tarixi darslaridan sizga ma’lumki, bu vaqtda Hindiston Buyuk Brita- 
niya davlatining mustamlakasi edi. Milliy ozodlik harakatida qat- 
nasliib, milliy ongi o‘sganligi tufayli uning asarlarida ham hind 
xalqining ingliz istilochilariga qarshi kurashi, mustamlaka siyosatiga 
nisbatan keskin noroziligi ifodalandi. Uning «Chitra», «Lahza» 
she’riy to ‘plamlari, «Roja va Rani», «Qurbonlik», «Chitrangoda», 
«Malini» falsafiy dramalari, keyinchalik o‘zbek tiliga ham taijima 
qilingan «Hisob-kitob», «Jazo» va «Nur va soyalar» hikoyalari ana


shu harakatning ijtimoiy-badiiy ko‘rinishi sifatida yaratildi. 
R. Tagor asarlari Hindiston va undan tashqarida ham mashhur 
b o la bosliladi. U 1912-yilda o‘zining «Gitanjali» she’rlarto‘plamini 
ingliz tiliga tarjima qiladi. Mazkur asari uchun 1913-yilda Xalqaro 
Nobel mukofotiga sazovor bo‘ladi. Mukofot puliga esa Hindiston 
bolalariga bepul maktab ochadi. Bu maktab Birinclii jahon urusliidan 
keyin bepul o‘qitiladigan universitetga aylantiriladi. RTagor Yevropa 
mamlakatlariga, Yaponiya, Amerika Qo‘slima Shtatlariga bir necha 
marotaba safar qiladi. Safarda ko‘rganlarini Hindistondagi siyosiy 
ahvol bilan qiyoslaydi. Ko‘rgan-bilganlari asosida milliy ozodlikka 
da’vat ruliida kitoblar yaratdi. Bu asarlarida Hindistondagi barcha 
millat vakillarini, ular qaysi irq, tabaqa va diniy mazhabda bo‘lisliidan 
qat’i nazar, ozodlik uchun kurashda yagona ittifoqqa birlashishga 
chaqirdi. Uning 1911-yilda vatanparvarlik ruliida bitgan «Xalq qalbi» 
nomli qo‘shig‘i Hindiston Respublikasining milliy madliiyasiga, 
1913-yilda yaratgan «Mening oltin Bengaliyam» qo‘shig‘i esa 
Bangladesh Xalq Respublikasining milliy madliiyasiga aylangan.
R.Tagor ijodi rang-barang. U adabiyotning turli janrlarida qalam 
tebratdi. Uning adabiy bisotida muhabbat haqidagi kicliik lirik 
she’rdan to yirik epik dostongacha, purmazmun hikoya, qissadan 
to yirik rom angacha, kichik sahna asaridan to salm oqli 
dramalargacha, kishini chuqur o‘yga toldiradigan badialargacha 
mavjud.
RTagor Hindiston ozodligini, uning kelajagini ma’rifatda ko‘rdi. 
U ozodlikka, awalo, savodxonlik, m a’rifatga oshnolik, g‘aflat va 
jaholatni yengish orqaligina erishish mumkin deb hisoblaydi. 
Shuning uchun u butun umri davomida o‘z xalqining ko‘zini 
ocliishga urindi, yurtdoslilari, maslakdoshlarini ham shunga da’vat 
etdi. Buyuk adib shu jihatdan bizga ma’rifatparvar jadid bobolarimiz 
Behbudiy, Avloniy, Fitrat, Cho‘lponlami eslatadi.
R.Tagor asarlari jahonning ko‘p tillariga tarjima qilingan. 
Xususan, o‘zbek tilida adibning sakkiz jildlik tanlangan asarlar 
to ‘plami, shuningdek, «Nur va soyalar» (1957), «Ko‘zga tushgan 
cho‘p» (1973) nomli kitoblari nashr etilgan.
0 ‘zbek sahnasida esa uning «Pochta» pyesasi va «Halokat» romani 
asosida tayyorlangan «Gang daryosining qizi» dramasi Hamza nomli 
akademik teatr (hozirgi M illiy teatr)da o‘ynalgan. « 0 ‘zbekfilm»


kinostudiyasida 1961-yilda xuddi shu nomda to ‘la metrajli badiiy 
film yaratilgan.
R.Tagor ijodi o‘zbek yozuvchilari uchun ham tajriba maktabi 
bo‘ldi, desak yanglishmaymiz. Ayniqsa, uning m a’rifatparvarlikni 
tarannum etuvchi asarlari hind va o‘zbek xalqi o‘rtasidagi buyuk 
Bobur tomonidan o‘matilgan do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga 
xizmat qilmoqda.
Qadrli o‘quvchilar! Sakkizinchi sinfda Sizga R. Tagoming «Nur 
va soyalar» hikoyasini o‘rganish tavsiya etiladi. Hikoya o‘tgan asr 
boslilarida Hindistonda mustamlakachilik zulmini tortgan, insoniy 
huquqlari poymol etilgan hind xalqi hayotidan muhim bir lavhani 
hikoya qiladi. Asar qahram oni S hoshibushon o ‘qim ishli, 
kamsuqum, dilkash yigit. U advokatlikka o‘qigan, biroq biror 
bir tayinli ish qilishdan ko‘ra yolg‘izlikda kitob mutolaasi bilan 
shug‘ullanishni afzal k o ‘radi. H ikoyada qayd etilganidek, 
Shoshibushon «...osoyishtalik, tinchlikni yaxshi ko‘rardi, shuning 
uchun uylanishni ham xohlamasdi». Biroq ko‘p o ‘tmay uzlat va 
tanholikni xush ko‘radigan bu yigit o ‘zgarib, tez-tez g‘azabi 
jo ‘shib, o‘zini qo‘ygani joy topolmay qoladi. Uning bu ahvolga 
tusliishiga sabab, o‘z atrofida ro‘y berayotgan nohaqlik, adolatsizlik 
edi. Shoshibushon qishloqdagilardan bezib Kalkuttaga jo ‘nay deb 
tu rg a n d a , qish lo q q a okrug sudyasi kelib qoladi. U ning 
yugurdaklari, xizm atchilari, politsiyachilari, itlari, otlari va 
otboqari butun qishloqni larzaga keltiradi. Sudya barchani urib- 
so‘kib zulm qila boshlaydi. Bunday adolatsizlikni k o ‘rgan 
Shoshibushon chidab turolmaydi. Hamisha odamlardan yasliirinib 
yurgan yigit sudya huzuriga kelib, u jabrlagan kishilarni qonun 
nomidan o ‘z himoyasiga olishini m a’lum qiladi. Sudyaning: «Bu 
ishni ovoza qilmay, kelishib qo‘ya qolaylik», degan taklifiga rozi 
bo‘lmaydi. Biroq u sud jarayonini boy beradi. Sababi — «Da’vogar 
sust b o ‘Isa qozi muttaham», — deganlaridek, jabrlangan noib 
Xorkumar da’vosidan qaytadi, sudyaga, xo‘jayini — zamindorga 
qarslii borgisi kelmaydi. Aksincha: «Men sliikoyat qilmoqclii emas 
edim. Bu mening hamqishlog‘im Shoshining ishi», — deb unga 
tuhm at qiladi.
Xullas, advokat Shoshibushon qaysi ishga qo‘l urmasin, 
muvaffaqiyatsizlikka uchrayveradi. Sababi o‘sha — odamlar haqiqat 
uchun kurashishdan ko‘ra, boshlari tinch bo‘lishini o‘ylaydilar, 
mutelikni m a’qul biladilar. Uning haqsizlik himoyasi uchun qilgan


har bir harakati temir devorga urilgan chinni buyumdek sinib, 
chil-chil bo‘laveradi. Urinislilari puchga cliiqqan Shoshibushon 
qonunni ham yig‘ishtirib q o ‘yib, hatto politsiya xodim ini 
do‘pposlash darajasiga boradi, bu qilmishi uchun besh yil qamoq 
jazosiga hukm qilinadi, ko‘p uqubatlar chekadi.
Adib mustamlaka yillarida Hindistonda hukm surgan tushkun 
ahvol, ingliz istilochilari tom onidan qo‘rqoq, yuvosh, mute 
avomga aylantirilgan yurtdoshlari taq d irin i, b itta-y arim ta 
insonning yurak yutib aytgan so‘zi yoki qilgan ishi shamolga 
sovurilayotganligini «N ur va soyalar» hikoyasida yorqin 
tasvirlagan. Ushbu asar jafokash hind xalqini qullikda ushlab 
turishga intilgan ajnabiy m ustam lakachilar va ularga zulm 
pichog‘ini qayrab bergan mahalliy amaldorlar haqida bitilgan 
aybnoma kabi о‘qiladi.

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish