Nazariy ma’lumot
IRSOLI MASAL
Gapda yoki she’rda xalq og‘zaki ijodida masliliur bo‘lib ketgan
biror maqol, matal, ibora yoxud hikmatli so‘z keltirib, nutq
ta ’sirchanligini osliirish usuliga i r s o l i m a s a l s a n ’ a t i
deyiladi.
Bu yerdagi
irsol — keltirish, masal — misol, tamsil, maqol,
matal, ibora
m a’nolarini anglatadi. Eski o‘zbek tilida maqol, matal
va ib o ra la r
m a sa l
yoki
zarb u l-m a s a l
deyilgan. H ozirgi
tilshunosligimizda maqol, matal va iboralar
frazeologizmlar
deb
yuritiladi.
Irsoli masal san’ati o‘zbek yozma adabiyotining eng qadimgi
namunalarida ham uchraydi. Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u
bilig», Ahmad Yugnakiyning «Hibat ul-haqoyiq» asarlarida bu
ifoda va tasvir vositasining yuksak namunalariga duch kelamiz.
Xususan, Mavlono Lutfiy she’riyatida irsoli masal juda ko‘p
uchraydi. Shunga ko‘ra, irsoli masal qo‘llash — shoir ijodiyotining
yetakchi uslubiy fazilatlaridan biri, deyish mum kin.
Irsoli masalda muallif o‘z fikr-mulohazasini tap-tayyor maqol,
matal, ibora yo hikmatli so‘z orqali quwatlab oladi, shu tariqa
o ‘quvchini ishontirishni kuchaytiradi, ifoda ta ’sirchanligini
osliiradi.
Mumtoz adabiyotimiz vakillari asarlarida irsoli masal san’ati-
ning eng yorqin namunalari mavjud. Qalam ahli, xususan, shoir-
larimiz tilning shunday zo‘r imkoniyatidan mumkin qadar ustalik
bilan foydalanishga harakat qilishgan.
Ayni jihatdan Mavlono Lutfiy ijodi o‘zigacha bo‘lgan davr
shoirlari ichida alohida ajralib turadi. Bu qalam sohibi merosida
shunday g‘azallar ham borki, ular boshdan-oxir badiiy-uslubiy
tarafdan tamoman ana shu irsoli masal san’ati asosiga quriladi.
«Ayoqingg‘a tushar har lahza gisu...» g‘azali xuddi shunday asarlar
sirasiga kiradi. Undagi mavjud besh baytning bari aynan ana shu
san’at ishtirokida yaratilgan. Bu qo‘shmisralarning hammasida
maqol ikkinclii satrda kelgan. Amalda u birinclii qatordagi fikming
tasdig‘i yanglig‘ qog‘ozga tushgan. Shu tariqa shoir fikrini ikki
karra mustahkamlagandek bo‘ladi.
G ‘azal matlaida to ‘g‘ridan-to‘g‘ri yorga murojaat qilinib:
Har
lahza soch oyog‘ingga tushadi
, — deyiladi. Isboti tarzida:
Chiroq
osti qorong'i
maqoli keltiriladi:
Ayoqingg 'a tushar har lahza gisu,
Masaldurkim: «Charog‘ tubi qorong'u».
Sochning qoraligi chiroq tubining qorong‘iligiga qiyoslangan.
Xuddi shu tariqa g‘azalning keyingi baytlarida birin-ketin:
Oqqan ariqqa oqar su(v), Kishining ko'zidur, ore, tarozu, Qo'rqar,
qaydakim qon k o ‘rsa hindu, Tiloganni tilogu
maqollari dastlabki
misradagi fikming tasdig‘i sifatida keltiriladi. Eng muhimi, shoir
tilimizdan beshta bir-biriga qofiyadosh so‘z bilan tugaydigan maqol
topib, ulami o‘zaro zanjir kabi bog‘lagan. Irsoli masal qo‘llash-
ning bunday yuksak darajasi adabiyotimiz tarixida kam ucliray-
digan badiiy-ifodaviy hodisa sifatida baholanishi kerak.
TAJNIS
Tajnis —
badiiy san’atlardan biri. Lug‘aviy jihatdan
jinsdosh,
ya’ni
shakldosh
degan m a’noni anglatadi. Bu
nutqdci shakli bir xil,
ammo та ’nosi har xil so ‘zlaryoki so ‘zlar turkumini qo ‘Hash,
degani.
Ammo bu san’atni oddiygina qilib,
omonimlar ishlatish ekan-
da,
deb hisoblam aslik kerak. C hunki om onim lar — tilda
qat’iylashgan shakldosh so‘zlar. Tajnisni yuzaga keltirish uchun
esa muallif bir necha so‘zlar ishtirokida ohoriy (original, ya’ni
birmartalik) shakldoshliklar yaratishi mum kin. Masalan,
ul Oy,
и loy, uloy (ulay)
so‘z birikmalari tilda o‘zaro omonim emas.
Shoir she’rda bularni shunday qo‘llaydiki, natijada bir gal
ul Oy
(.и Oy)
, boshqa safar
и loy,
uchinchi ko‘rinishda esa
uloy (ulay)
m a’nolarini anglatadi. Shundan ifoda go‘zalligi kelib chiqadi.
0 ‘quvclii yo tinglovchi shuurida ajib bir badiiy zavq paydo bo‘ladi.
Demak, tajnisga
omonim so ‘zlam i qo
‘Hash
deya oddiygina ta ’rif
berish — xato.
M a ’lum ki, m um toz adabiyotshunosligim izda sa n ’atlar
quyidagicha ikki guruhga bo‘linadi:
1. Lafziy (shakliy) san’atlar.
2. M a’naviy (ma’no bilan bog‘liq) san’atlar.
Tajnis esa ham lafziy, ham m a’naviy san’at hisoblanadi. Chunki
bunda so‘zlaming shakli ham, ular anglatgan m a’no ham birday
ahamiyatga ega.
Mumtoz adabiyotimizda tajnisning ko‘plab go‘zal namunalari
yaratilgan. Lutfiy, Atoiy, Navoiy, Husayniy, Bobur, Maxmur va
boshqa shoirlarimiz asarlarida xilma-xil ko‘rinishdagi tajnislar
uchraydi. Hozirgi shoirlarimiz ham o‘z ijodida tajnisning boy
imkoniyatlaridan foydalanib kelyapti.
Turkiy tillar, jumladan, o‘zbek tili tajnis yaratish uchun juda
katta imkoniyatlarga ega. Hatto, tilimizdagi shu qulaylik adabiyoti-
mizda tajnis ishlatish shart qilib qo‘yilgan alohida, maxsus bir
janrning paydo bo‘lishiga olib kelgan.
Tuyuq — shunday janr. Unda qofiyaga olingan so‘z yoki so‘zlar
turkumi o‘zaro shakldoshlik paydo qilishi shart.
Lutfiyning mana bu tuyug‘i qofiyasida tajnis b o ‘lib kelgan
so‘zlami ko‘rib o‘taylik:
Ко ‘ngluma har yonki boqsam, dog‘i bor,
Har necha dardimni desam, dog‘i bor.
Qilcha tanga bori ishqing yor edi,
Bir sori bo'idi firoqing, dog‘i bor.
Birinchi misradagi
dog'i bor
so‘zlari
k o ‘ngildagi dog
'ni ko‘zda
tutadi. Ikkinchi misrada esa xuddi shu so‘zlar
otashi bor
degan
m a’noni anglatadi. To‘rtinchi misrada bu so‘zlar
yana (tag‘in)
bor
m a’nosida kelgan.
Tajnis qofiyaga olinganda shuning o‘zi qofiya vazifasini o‘taydi.
Ya’ni m a’nosi har xil boTgani uchun bu yerda tajnisli so‘zlaming
takrorlanishi qofiya o‘rnida qabul qilinadi.
Shoir tajnisda aynan
bor
so‘zi mavjudligidan foydalanib
uchinchi, ya’ni qofiyasiz misrada ham ataylab
bori
so‘zini
qoTlaydi. Zimdan bu kalima bilan qofiyadagi so‘zlar o‘rtasida
ham boshqa bir tajnis yuzaga keladi.
TUYUQ
Musulmon Sharqi mumtoz she’riyatining aksar lirik janrlari
o‘xshash. Masalan, g‘azal, qit’a, ruboiy, fard, ta ’rix, musammat-
ning turlari arabiy, forsiy va turkiy adabiyot uchun birday xos.
Lekin so‘z san’ati milliy bo‘ladi. Uning milliyligi ba’zan, hatto,
lirik janrlarda ham aks etadi.
Tuyuq —
shunday lirik janr. U arabiy va forsiy adabiyot da
yo‘q. Bu janr namunalarini faqat turkiy she’riyatdagina uchratamiz.
Tuyuqlar aslan turkiy xalqlar og‘zaki adabiyoti ta ’sirida
shakllangan, takomil topgan. Keyinchalik yozma adabiyotga o‘tib,
muayyan qoidalarga bo‘ysungan, talablari qat’iylashgan.
Bir necha adabiy-badiiy talab tuyuq janrining asosiy qoidasiga
aylangan:
1. Tuyuq, albatta, to ‘rt misradan iborat bo‘lishi kerak.
2. Tuyuq misralari, xuddi ruboiydagi kabi,
a-a-a-a
yoki
a-a-
b-a
tarzida qofiyalanishi zarur.
3. Tuyuq, albatta, ramali musaddasi mahzuf (yoki maqsur)
vaznida, ya’ni
«foilotun — foilotun — foilun
(yoki
foilon)»
tarzida
boTishi shart.
4. Tuyuqda qofiyaga olingan so‘zlar, albatta, tajnisli boTishi,
ya’ni omonim so‘zlardan yoki shakldosh so‘zlar turkumidan taslikil
topishi darkor.
Ilgari tuyuqlar janrning dastlabki uch talabiga javob bergan,
xolos. Lekin keyinchalik janrning to ‘rtinchi sharti yuzaga kelgan.
Shu tariqa tuyuqlami tajnissiz tasaw ur qilib boTmay qolgan.
Lutfiy, Navoiy, Bobur, Munis va boshqa shoirlar, asosan,
tajnisli tuyuqlar namunalarini yaratishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |