Ona sajda qiladi,
Ko'zyoshlari shashqator.
Bir nuqtaga tikilgan,
Xayolida nelar bor?
Ko‘z oldiga keladi:
Keng dala — jang maydoni.
Jonsiz yotar maydonda
Mard o‘g‘li — pahlavoni.
Ko'kragidajarohat,
Qop-qora qon har yog‘i.
Qolmish jonsiz qo‘lida
Dushmanining bayrog'i.
Ona yiizin qoplar g‘am,
Chimirgancha qoshini,
Asta suyar qo‘liga
Oppoq sochli bosh ini.
Yurak dardi yosh bo‘lib,
To‘lib kelar ko‘ziga.
Maijon-maijon tomchilar
Oqib tushar yuziga.
Ona ham m a zam on va m akonda ham, barcha millat va
mamlakatda ham — ona. Vatanni onaga o‘xshatish mumkin.
Lekin
onani o‘zidan boshqa hech narsaga qiyoslab bo‘lmaydi. Ona
qalbida ibodatga moyillik ham isha kuchli. Ishonm asangiz,
onalaringiz sizni duo qilayotganda ko‘zlariga boqing. Bu ko‘zlarda
hech qachon hech kimda uchratmaganingiz iltijoni ko‘rasiz. Bu
iltijoda esa onaning farzandga mehri yasliirin bo‘ladi.
Sergey Yeseninning mutolaa qilganingiz she’ridagi ona qishloq
chetidagi pastakkina uyda yashaydi. 0 ‘g‘lijangga ketgan.
Onaning
ko‘ngli xotirjam deysizmi! Dilbandiga omonlik tilab, Xudoga iltijo
qiladi. K o‘zlari esa jiqqa yosh. Xayoli uni jang maydoni sari olib
ketadi. Qarasa...
0 ‘g‘li ko‘kragidan jarohat yeb, dalada jonsiz yotibdi. Lekin
qo‘li dushmanning bayrog‘ini changallagancha qotib qolgan. Shu
ning uchun shoir uni
«pahlavon»
degan sifat bilan «siylaydi».
Hamma zamon uchun ham urushda dushman bayrog‘ini
mahv etish g‘alaba hisoblanadi. Esingizda bo‘lsa, Firdavsiyning
«Shohnoma»sida Afrosiyob tush ko‘radi. Tushida kuchli bo‘ron
turib, bayrog‘ini qulatadi:
Ko‘tarilib shu zum shiddatkor bo‘ron,
Bayrog'imni yulib yiqdi nogahon.
Bayroqning qulashini Afrosiyob mag‘lubiyat belgisi, deb biladi.
Sergey Yesenin ham bu she’rida zimdan shunga ishora qilgan:
agarki, yigit halok bo‘lgan bo‘lsa ham, u mag‘lub emas,
chunki
dushman tug‘ini qulatib jon berdi-ku.
Tariximizdan bilamizki, xivalik mashhur Shayx Najmiddin
Kubro,
keksa yoshiga qaramay, Vatan himoyasi uchun qo‘ynini
toshlarga to ‘ldirib, m o‘g‘ul bosqinchilariga qarslii jangga kiradi.
Dushman o‘qidan halok b o ‘layotib, chingiziylar bayrog‘ining
uchidagi «kokili»ni — p o ‘pagini changallagancha jon beradi.
Dushman o‘z bayrog‘ini o‘lik qo‘lni kesib ajratib olishga majbur
bo‘ladi.
Albatta, Sergey Yesenin aynan Najmiddin Kubro voqeasini
qalamga olgan, deb bo‘lmaydi. Hatto,
bundan mutlaqo bexabar-
dir ham. Ammo vatan himoyasiga otlangan mard o ‘g‘lonning
dushman bayrog‘ini mahv etib o‘lishi — yuksak vatanparvarlik
g‘oyasi ifodasi uchun buyuk bir timsol vazifasini o‘tagan.
Avvalo, o‘g‘il onaning xayolidagina halok bo‘ldi, xolos. Ona-
ning ko‘ngli shuki, mabodo, u jon taslim qilgan taqdirda ham bu
dunyodan mardlarcha, g‘olibona tarzda o‘tganbo‘ladi.
Bu she’rda ona uchun v a t a n va o‘ g‘ i 1 degan ikki buyuk
tushuncha birlashib ketgan.
Vatanga sadoqat, uni himoya qilish
yo‘lida jonni ham ayamaslik hissi onaning o‘zida bor.
Qisqa-qisqa misralardan iborat vaznlarda yozish Sergey Yesenin
she’riyatining asosiy xususiyatlaridan biri. Shoir bu asarida ham
shu yo‘ldan borgan. Erkin Voliidov tarjimada bunga qat’iy amal
qilib, o‘zbekchada ham yetti (4+3 turoqli) vaznni m a’qul ko‘rgan.
Bu vazn o ‘qishga oson,
hayajonni yaxshi ifodalaydi, fikr maromi
va voqealar shiddatini kuchaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: