Savol va topshiriqlar
1. Abulqosim Firdavsiyning hayoti va ijodi haqida qisqacha so‘zlab bering.
2. «Shohnoma»ning yaratiUsh tarixi haqida nimalami bilasiz?
3. N imalar «Shohnoma»ga asosiy manba bo‘Ub xizmat qilgan?
4. Asaming bosh g‘oyasi, asosiy g‘oyalarini tahlil qiling.
5. «Shohnoma»ning o ‘zbekchaga tarjimalari va adabiyotimizga ta ’siri
haqida so‘zlab bering.
6. «Siyovush qissasi»ning asardagi o ‘rni va ahamiyatini qanday
tushunasiz?
7. Nega shoir Eron va Turon sulhi masalasini aynan «Siyovush qissasi»ga
kiritdi?
8. Qissaning bugun uchun ahamiyati nimalarda ko‘rinadi?
9. 0 ‘zbekiston RespubUkasi bilan Eron Islom Respublikasi o ‘rtasidagi
do‘stlik aloqalarini kuchaytirishda «Shohnoma» singari mushtarak
madaniy-adabiy merosning ahamiyati haqida fikrlab, dars jarayonida
so‘zlab bering.
ROBINDRANAT TAGOR
(1861-1941)
H in d isto n lik buyuk shoir, yozuvchi,
bastakor va tarbiyashunos, taniqli jam oat
arbobi, xalqaro Nobel mukofotining laureati
R o b in d ra n a t T agor 1861-yili 7-m ayda
Kalkutta shalirida tavallud topgan. Uning otasi
baland martabali, yuksak saviyali kishi edi.
R.Tagor oiladagi 14 farzandning kenjasi
bo‘lib, otasi uni butun Hindiston bo‘ylab o‘zi
bilan olib yurar, mamlakatning muqaddas
qadam jolarini k o ‘rsatar edi. Bola tabiat
go‘zalliklaridan ta ’sirlanib zavqqa to ‘lardi.
Bo‘lajak adibning 8 yoshidayoq she’rlar yoza boshlagani shundan
bo‘lsa kerak. R. Tagor dastlabki savodni uyida olgan. Keyinchalik,
xususiy maktablarda, Kalkuttadagi seminariyada o ‘qidi, uni
bitirgach, Bengaliya akademiyasida tarix va madaniyatdan saboq
oldi. 1878—1880-yillarda London Universitetining kollejiga o‘qishga
kiradi. Biroq uni tugatmasdan Hindistonga qaytadi. Oilada akalariga
ergasliib, ijod qila boshlaydi. Angliyadagijumallarda dastlabki she’r,
doston va maqolalari e’lon qilinadi. Uning 1882-yilda e’lon qilingan
ilk she’riy to ‘plami «Oqshom qo‘sliiqlari» deb atalardi. Shundan
so‘ng u pok insoniy muhabbat ulug‘langan «Tonggi qo‘shiqlar»,
«Suratlar va qo‘shiqlar», mustamlakachilik zulmi va ijtimoiy
adolatsizlik qoralangan «Bibha soliili» va «Donishmand Roja» tarixiy
romanlarini yozadi. U asosan bengal tilida ijod qilgan.
1884—1911-yillarda R.Tagor ijtimoiy-siyosiy tadbirlarda ishtirok
etdi. Jumladan, Hindiston Milliy kongressida faol qatnashdi. Jahon
tarixi darslaridan sizga ma’lumki, bu vaqtda Hindiston Buyuk Brita-
niya davlatining mustamlakasi edi. Milliy ozodlik harakatida qat-
nasliib, milliy ongi o‘sganligi tufayli uning asarlarida ham hind
xalqining ingliz istilochilariga qarshi kurashi, mustamlaka siyosatiga
nisbatan keskin noroziligi ifodalandi. Uning «Chitra», «Lahza»
she’riy to ‘plamlari, «Roja va Rani», «Qurbonlik», «Chitrangoda»,
«Malini» falsafiy dramalari, keyinchalik o‘zbek tiliga ham taijima
qilingan «Hisob-kitob», «Jazo» va «Nur va soyalar» hikoyalari ana
shu harakatning ijtimoiy-badiiy ko‘rinishi sifatida yaratildi.
R. Tagor asarlari Hindiston va undan tashqarida ham mashhur
b o la bosliladi. U 1912-yilda o‘zining «Gitanjali» she’rlarto‘plamini
ingliz tiliga tarjima qiladi. Mazkur asari uchun 1913-yilda Xalqaro
Nobel mukofotiga sazovor bo‘ladi. Mukofot puliga esa Hindiston
bolalariga bepul maktab ochadi. Bu maktab Birinclii jahon urusliidan
keyin bepul o‘qitiladigan universitetga aylantiriladi. RTagor Yevropa
mamlakatlariga, Yaponiya, Amerika Qo‘slima Shtatlariga bir necha
marotaba safar qiladi. Safarda ko‘rganlarini Hindistondagi siyosiy
ahvol bilan qiyoslaydi. Ko‘rgan-bilganlari asosida milliy ozodlikka
da’vat ruliida kitoblar yaratdi. Bu asarlarida Hindistondagi barcha
millat vakillarini, ular qaysi irq, tabaqa va diniy mazhabda bo‘lisliidan
qat’i nazar, ozodlik uchun kurashda yagona ittifoqqa birlashishga
chaqirdi. Uning 1911-yilda vatanparvarlik ruliida bitgan «Xalq qalbi»
nomli qo‘shig‘i Hindiston Respublikasining milliy madliiyasiga,
1913-yilda yaratgan «Mening oltin Bengaliyam» qo‘shig‘i esa
Bangladesh Xalq Respublikasining milliy madliiyasiga aylangan.
R.Tagor ijodi rang-barang. U adabiyotning turli janrlarida qalam
tebratdi. Uning adabiy bisotida muhabbat haqidagi kicliik lirik
she’rdan to yirik epik dostongacha, purmazmun hikoya, qissadan
to yirik rom angacha, kichik sahna asaridan to salm oqli
dramalargacha, kishini chuqur o‘yga toldiradigan badialargacha
mavjud.
RTagor Hindiston ozodligini, uning kelajagini ma’rifatda ko‘rdi.
U ozodlikka, awalo, savodxonlik, m a’rifatga oshnolik, g‘aflat va
jaholatni yengish orqaligina erishish mumkin deb hisoblaydi.
Shuning uchun u butun umri davomida o‘z xalqining ko‘zini
ocliishga urindi, yurtdoslilari, maslakdoshlarini ham shunga da’vat
etdi. Buyuk adib shu jihatdan bizga ma’rifatparvar jadid bobolarimiz
Behbudiy, Avloniy, Fitrat, Cho‘lponlami eslatadi.
R.Tagor asarlari jahonning ko‘p tillariga tarjima qilingan.
Xususan, o‘zbek tilida adibning sakkiz jildlik tanlangan asarlar
to ‘plami, shuningdek, «Nur va soyalar» (1957), «Ko‘zga tushgan
cho‘p» (1973) nomli kitoblari nashr etilgan.
0 ‘zbek sahnasida esa uning «Pochta» pyesasi va «Halokat» romani
asosida tayyorlangan «Gang daryosining qizi» dramasi Hamza nomli
akademik teatr (hozirgi M illiy teatr)da o‘ynalgan. « 0 ‘zbekfilm»
kinostudiyasida 1961-yilda xuddi shu nomda to ‘la metrajli badiiy
film yaratilgan.
R.Tagor ijodi o‘zbek yozuvchilari uchun ham tajriba maktabi
bo‘ldi, desak yanglishmaymiz. Ayniqsa, uning m a’rifatparvarlikni
tarannum etuvchi asarlari hind va o‘zbek xalqi o‘rtasidagi buyuk
Bobur tomonidan o‘matilgan do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga
xizmat qilmoqda.
Qadrli o‘quvchilar! Sakkizinchi sinfda Sizga R. Tagoming «Nur
va soyalar» hikoyasini o‘rganish tavsiya etiladi. Hikoya o‘tgan asr
boslilarida Hindistonda mustamlakachilik zulmini tortgan, insoniy
huquqlari poymol etilgan hind xalqi hayotidan muhim bir lavhani
hikoya qiladi. Asar qahram oni S hoshibushon o ‘qim ishli,
kamsuqum, dilkash yigit. U advokatlikka o‘qigan, biroq biror
bir tayinli ish qilishdan ko‘ra yolg‘izlikda kitob mutolaasi bilan
shug‘ullanishni afzal k o ‘radi. H ikoyada qayd etilganidek,
Shoshibushon «...osoyishtalik, tinchlikni yaxshi ko‘rardi, shuning
uchun uylanishni ham xohlamasdi». Biroq ko‘p o ‘tmay uzlat va
tanholikni xush ko‘radigan bu yigit o ‘zgarib, tez-tez g‘azabi
jo ‘shib, o‘zini qo‘ygani joy topolmay qoladi. Uning bu ahvolga
tusliishiga sabab, o‘z atrofida ro‘y berayotgan nohaqlik, adolatsizlik
edi. Shoshibushon qishloqdagilardan bezib Kalkuttaga jo ‘nay deb
tu rg a n d a , qish lo q q a okrug sudyasi kelib qoladi. U ning
yugurdaklari, xizm atchilari, politsiyachilari, itlari, otlari va
otboqari butun qishloqni larzaga keltiradi. Sudya barchani urib-
so‘kib zulm qila boshlaydi. Bunday adolatsizlikni k o ‘rgan
Shoshibushon chidab turolmaydi. Hamisha odamlardan yasliirinib
yurgan yigit sudya huzuriga kelib, u jabrlagan kishilarni qonun
nomidan o ‘z himoyasiga olishini m a’lum qiladi. Sudyaning: «Bu
ishni ovoza qilmay, kelishib qo‘ya qolaylik», degan taklifiga rozi
bo‘lmaydi. Biroq u sud jarayonini boy beradi. Sababi — «Da’vogar
sust b o ‘Isa qozi muttaham», — deganlaridek, jabrlangan noib
Xorkumar da’vosidan qaytadi, sudyaga, xo‘jayini — zamindorga
qarslii borgisi kelmaydi. Aksincha: «Men sliikoyat qilmoqclii emas
edim. Bu mening hamqishlog‘im Shoshining ishi», — deb unga
tuhm at qiladi.
Xullas, advokat Shoshibushon qaysi ishga qo‘l urmasin,
muvaffaqiyatsizlikka uchrayveradi. Sababi o‘sha — odamlar haqiqat
uchun kurashishdan ko‘ra, boshlari tinch bo‘lishini o‘ylaydilar,
mutelikni m a’qul biladilar. Uning haqsizlik himoyasi uchun qilgan
har bir harakati temir devorga urilgan chinni buyumdek sinib,
chil-chil bo‘laveradi. Urinislilari puchga cliiqqan Shoshibushon
qonunni ham yig‘ishtirib q o ‘yib, hatto politsiya xodim ini
do‘pposlash darajasiga boradi, bu qilmishi uchun besh yil qamoq
jazosiga hukm qilinadi, ko‘p uqubatlar chekadi.
Adib mustamlaka yillarida Hindistonda hukm surgan tushkun
ahvol, ingliz istilochilari tom onidan qo‘rqoq, yuvosh, mute
avomga aylantirilgan yurtdoshlari taq d irin i, b itta-y arim ta
insonning yurak yutib aytgan so‘zi yoki qilgan ishi shamolga
sovurilayotganligini «N ur va soyalar» hikoyasida yorqin
tasvirlagan. Ushbu asar jafokash hind xalqini qullikda ushlab
turishga intilgan ajnabiy m ustam lakachilar va ularga zulm
pichog‘ini qayrab bergan mahalliy amaldorlar haqida bitilgan
aybnoma kabi о‘qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |