Sulfidlar — oltingugurtning metallar, shuningdek, metallmaslar (V, Si) bilan hosil qilgan birikmalari. Koʻpgina S. — tabiiy minerallar, mas, pirit FeS2, molibdenit MoS2 sfalerit ZnS. S.ning 2 qatori bor: oʻrta (normal) — umumiy formulasi Me2S, nordon (gidrosulfidlar) — umumiy formulasi MeHS (Me — bir valentli metall.). S. — metallarga oltingugurt taʼsir ettirib, oksidlarni vodorod bilan qaytarib, sulfatlarni kumir ishtirokida qaytarib va boshqa usullarda olinadi. Tabiiy S. tegishli metallarni olishda, sulfat kislota ishlab chiqarish.da xom ashyo hisoblanadi. Ishqoriy yer metallarning Si, shuningdek, ZnS va CdS lyuminoforlar asosidir. Koʻpgina metallarning Si — yarimoʻtkazgichlar.
Sulfidlar, tabiiy sulfidlar — minerallar sinfi, metallarning oltingugurtli aralashmasi. S. Yer poʻstining 0,15%ga yakinini tashkil kilib, 200 dan ortiq mineral turini oʻz ichiga oladi. S.ga tabiiy selenidlar, telluridlar, arsenidlar gʻamda antimonidlar va vismutidlar yaqin. S.da asosiy tur hosil qiluvchi elementlar Pb,Cu, Sb, As, Ag, Bi, Fe, Co va Ni oʻnlab mineral turlari tarkibiga kiradi. Zn, Cd, Mn, Ge, Sn, Tl, Mo, Hg lar kam turli birikmalar bersada, bularning ichida ham sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan va keng tapqalgan muhim minerallar — sfalerit (ZnS), molibdenit (MoS2), kinovar (HgS^ap uchraydi. S.da izomorf aralashmalar holida uchraydigan elementlarga Ai, Ag, Ga, Ge, In, Tl va Re lar kiradi. H2S (maye As2S, R5)ning hosilasi boʻlgan oddiy Sdan tashqari H2S2 (mas, Gʻe82)ning hosilasi pers ulfidl ar; murakkab sulfidlar (mas, Pb5Sb4Sn) va sulfasollar [AsS]3~, [SbS3]3~ anionlari bilan; qoʻshaloq sulfidlar (mas, xalkopiritlar) ham mavjud. S.ning kristallokimyoviy maʼlumotlariga asoslangan zamonaviy tasnifida, asosiy kimyoviy tiplari orasida kichik sinflar mavjud boʻlib, ulardan struktura tiplariga mos boʻlgan guruhlar farq qilinadi. S.ning eng muhim guruhlariga: koordinatsion S.ning kichik sinfiga — galenit PbS, sfalerit ZnS, pirrotin Fe,_xS, pentlandit (Fe,Ni)9Sg, kubanit CuFe2S3 xalkopirit, bornit Cu5FeS4 va boshqa guruxlar; S.ning sinchl i kichik sinfiga — argentit As2S, xira rudalar guruhlari; S.ning halqali kichik sinfiga — realgar AsS guruhi; orolli kichik sinfiga — pirit FeS2, kobaltin CoAsS — arsenopirit FeAsS va boshqa guruxlar; S.ning zanjirli kichik sinfiga antimonit Sb2S3, millerit NiS, kinovar HgS guruhlari; S.ning qatlamli kichik sinfiga — molibdenit MoS2, auripigment As2S3, kovellin CuS va boshqa guruxdar kiradi. S.ning kattikligi 2— 4, katlamli Sda 1—2 gacha (molibdenit, kovellin va boshqalar), persulfidlarda esa 5— 7 gacha (pirit va boshqalar). Zichligi 4 g/sm³dan ortiq. S. Yer yuzida oksidlanganda osonlik bilan sulfatlarga, sunfa gidroksidlarga, karbonatlarga, baʼzan sof tugʻma elementlarga (mas, Si, Ag) aylanadi. Kuplab S. muhim rudali minerallar bulib, rangli, ogʻir, kamyob va tarqoq metallar, ularning qotishmalari va birlashmalari olinadigan xom ashyo hisoblanadi. S.ning elektrofizik, jumladan, elektrooptik va yarimutkazgichlilik xususiyatlari tufayli ulardan, IKdetektorlarning sezuvchan elementlarini, yarimoʻtkazgich va elektrooptik qurilmalarni i. ch. da foydalaniladi.
SULFIDLAR, MINERALLAR: FIZIK XUSUSIYATLARI, QO'LLANILISH MISOLLARI
Vodorod ulfidi magmaning a o iy uchuvchan qi mlaridan biridir. Metall bilan faol ta' ir o'tkazib, ko'plab birikmalar ho il qiladi. Vodorod ulfid ho ilalari er qobig'ida 200 dan ortiq m
TARKIB:
Tarkibi va tuzilishining umumiy xususiyatlari
Sulfidlarning fizik xususiyatlari
An'anaviy tasnif
Kimyoviy xususiyatlaridagi farqlar
Morfologik xususiyatlari
Sulfid guruhi minerallarining genezisi
Vujudga kelish xususiyatlari
Sulfidlarni qo'llash
Vodorod sulfidi magmaning asosiy uchuvchan qismlaridan biridir. Metall bilan faol ta'sir o'tkazib, ko'plab birikmalar hosil qiladi. Vodorod sulfid hosilalari er qobig'ida 200 dan ortiq minerallar - sulfidlar bilan ifodalanadi, ular tosh hosil qilmaydigan, odatda u yoki bu jinslarga hamroh bo'lib, qimmatli xom ashyo manbai hisoblanadi. Quyida biz sulfidlar va shunga o'xshash birikmalarning asosiy xususiyatlarini ko'rib chiqamiz, shuningdek ulardan foydalanish ko'lamiga e'tibor beramiz.
XULOSA
Davriy sistemaning 40 dan ortiq elementlari (odatda metallar) oltingugurt bilan birikmalar hosil qiladi. Ba'zida bunday birikmalar tarkibida mishyak, antimon, selen, vismut yoki tellur mavjud.Shunga ko'ra, bunday minerallarga arsenidlar, antimonidlar, selenidlar, vismutidlar va telluridlar deyiladi. Vodorod sulfid hosilalari bilan birgalikda ularning barchasi o'xshash xususiyatlari tufayli sulfidlar sinfiga kiritilgan.
Ushbu sinf minerallariga xos kimyoviy birikma metall komponent bilan kovalentdir. Eng keng tarqalgan tuzilmalar koordinatsion, orol (klaster), ba'zan qatlamli yoki zanjirli tuzilmalardir.
Adabiyotlar:
.
Sodiqov K.S. “O`quvchilar fiziologiyasi va gigiyenasi” T. O`qituvchi 1992 yil
Do'stlaringiz bilan baham: |