Mikroklin — K(A1Si3O8), uzluksiz to‘qimali bo‘lgan silikatlar sinfiga kiradi. Qattiqligi —6— 6,5, solishtirma og‘irligi—2,5 g/sm3. Rangi ortoklazga o‘xshaydi. CHizig‘ining rangi oq ulanish yuzasi mukammal. Triklin singoniyali. Mikroklin turi: amazon yoki amozonit toshi, rangi yashil bo‘ladi. Mikroklin nordon magmatik jinslar tarkibining ko‘p qismini tashkil qiladi. Natriyli kaliy dala shpati — mikroklin va ortoklaz shisha va keramika sanoatida xom ashyo sifatida ishlatiladi. Amazonitning rangi chiroyligidan bezak toshlar va bejirim vazalar, shkatulkalar yasashda qo‘llaniladi.
48. Albit — Na [A1Si3O8], uzluksiz to‘qimasi bo‘lgan silikatlar sinfiga kiradi. Qattiqligi – 6,5, solishtirma og‘irligi —2,7 g/sm3. SHishasimon yaltiroq. Rangi oq, kulrang, chizig‘i rangsiz, ulanish yuzasi mukammal. Triklin singoniyali. Kuchsiz kislotalarda parchalanadi. Magmatik jarayonlar natijasida hosil bo‘ladi. Tor jinslari hosil qiluvchi mineraldir.
49. Granatlar. Almandin— Fe3A12(SiO4)3, ortosilikat sinfiga kiradi. Qattiqligi—7—7,5, solishtirma og‘irligi — 4,2 g/sm3. SHisha va moysimon yaltiraydi. Rangi qizil, to‘q qizil, chizig‘i rangsiz. Ulanish yuzasi bo‘lmaydi, kub singoniyali. Kislotalarda erimaydi. Granat turlari: pirop —Mg3A12(SiO4)3 — to‘q qizil, och pushti; spessartin — Mn3A12(SiO4)3 — rangi qo‘ng‘ir, tuz qizil; andradit — Sa3Fe2(SiO4)3 — rangi och yashil, qo‘ng‘ir, qora; grossulyar — Sa3A12(SiO4)3 — rangi sariq, qizil. Kontakt metasomatizm natijasida hosil bo‘ladi. Almandinning tiniq turi piron va andradit zargarlik ishlarida qo‘llaniladi. YArim qimmatbaho tosh hisoblanadi. Qolgan turlari esa sanoatda pardozlash materiallari sifatida ishlatiladi.
50. Berill — Be3A12[Si6O18] — (grekcha «baros»— og‘irlik) silikatlar sinfiga kiradi. Qattiqligi—7—8, solishtirma og‘irligi —2,6—2,9 g/sm3. SHishasimon yaltiroq, rangi sariq, och yashil, havorang, pushti, chizig‘i bo‘lmaydi. Ulanish yuzasi yo‘q. Geksagonal singoniyali.
Berill mo‘rt, chig‘anoqsimon sinadi, kislota ta’sir etmaydi. Berill turlari: akvomarin-ko‘kimtir, havorang, tiniq, zumrad, o‘tga o‘xshash rangli, yashil. Berill pegmatit tomirlarda dala shpatlari bilan birga va granit jinsi bo‘shliqlarida uchuvchi komponentlardan hosil bo‘ladi. YAshil rangli tiniq zumrad va akvomarin qimmatbaho tosh sifatida ishlatiladi. Tiniq bo‘lmaganlari esa berilliy xom ashyosidir. U siyrak engil metall bo‘lib, alyuminiy, magniy va mis eritmalariga qo‘shiladi. Bu eritmalar samolyotsozlikda katta ahamiyatga egadir.
51. Korund — A13 O3—oksidlar sinfiga kiradi. Tabiiy xossalari: rangi ko‘q qizil, kulrang, havorang bo‘lib, oynasimon yaltiraydi, chizig‘i bo‘lmaydi. Korundning ko‘pchiligi tiniq, qattiqligi—9, solishtirma og‘irligi — 4 g/sm3, ulanish yuzasi yo‘q ba’zan yaxshi taraqqiy etgan kristallari uchraydi. Trigonal singoniyada kristallanadi. Kislotada erimaydi. Qizil rangli, tiniq korund — la’l; ko‘k rangli tinig‘i esa sapfir; mayda donador korundning magnetit, dala shpatlari, gematitlar bilan aralashmasi najdak deyiladi. hozirgi vaqtda korund sanoatda va zargarlikda keng qo‘llalaniladi. SHuning uchun bu mineralni juda ko‘p miqdorda sun’iy yo‘l bilan boksit mineralidan olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |