Sukut motami otidagi tantana



Download 58 Kb.
bet2/2
Sana02.08.2021
Hajmi58 Kb.
#136104
1   2
Bog'liq
[Rustamaliyev M. Sukut motami ortidagi tantana]

Kalit so’zlar: Dramaturg, publitsist, jadidizm, qatag’on davri, Jezqazg’an lageri, aksilsho’roviy millatchi, “dohiy”, gopak, lazginka, Andijon polka, prozaning shoiri, natsmen.
1938-yilning oktabr oyida uchta taniqli o’zbek adibi qatag’on qurboni bo’ldi: shoir, nasr yozuvchisi, dramaturg va publitsist, yangi o’zbek she’riyatining asoschilaridan biri Cho’lpon (Cho’lpon Abdulhamid Sulaymon o’g’li), tarixchi, filolog, tarjimon, nasr yozuvchisi, dramaturg va shoir, taniqli Abdurauf Fitrat, O’rta Osiyo jadidizmning vakili va zamonaviy o’zbek ziyolilari uchun ustoz yozuvchisi Abdulla Qodiriy.

Xalq dushmani sifatida nasriy yozuvchi va dramaturg, bo’lajak xalq yozuvchisi va O’zbekiston Qahramoni, Respublikada xizmat ko’rsatgan artist, “Xizmat ko’rsatgan xizmatlari uchun” va “Do’stlik” ordeni sohibi Said Ahmad ham qatag’on davrining ikkinchi to’lqiniga duchor bo’lgan, qamoq azoblarini tortgan ijodkordir. U “aksilsho’roviy millatchilar guruhi a’zosi, zararli g’oyalar targ’ibotchisi” sifatida ayblanib, Qozog’istonning Qarag’anda viloyati Jezqazg’an lagerida bo’ladi. Uning “Qora ko’z majnun” (2002-yil) hikoyalar to’plami bu haqida achchiq haqiqatni ro’y-rost ifodalaydi. Said Ahmad cho’l-u biyobonda nihol ekkan kabi (og’ir ish sharoitida bo’lishiga qaramay) qamoqda ham san’at bilan oshuxta bo’ldi. Yozuvchining o’zi bu haqida shunday yozadi:

Soginchli salom! Mehribon Oyijon! Hurmatli Saidaxon!

… Yoshligimda qo’shimcha hunar deb o’rganib qo’yganim rassomlik qo’l kelib qoldi. Rassomlik ustaxonasida ishlayman. Mashq bilan tuppa-tuzuk rassom bo’lib qoldim. Ishlagan rasmlarim bu yerning kattalariga juda ma’qul bo’lyapti. Moyli bo’yoq bilan katta-katta suratlarni ishlay boshladim. Ertadan kechgacha turli bo’yoqlar orasida sevgan hunarim – san’at bilan ovoraman. San’at bilan mashg’ul bo’lgan davrlarimda biroz bo’lsa hamo’zimning ayni zamondagi mahrumiyatlarimni unitaman-u, bo’yoqlar jonlantirgan sehrli manzaralarga berilib ketaman. Bu mashg’ulot meni ovutadi, ruhimni yengillatadi [Said Ahmadning 05/05/1951 yilda oilasiga yozgan xatidan].

Said Ahmad o’z esdaligida birida shunday yozadi: Ellik uchinchi yilning bahori ham keldi. Bu bahor mamlakatning siyosiy hayotini butunlay o’zgartirib tashladi. STALIN O'LDI! Butun mamlakat motamda. Radio kuni bilan og’ir, yuraklarni o’rtovchi hazin kuylar eshittiryapti. Markazning buyrug’i bilan “dohiy” Stalin mavzoleyga qo’yilayotganda Sovet mamlakatining jamiki xududlarida poezdlar, kemalar, mashinalar, hamma transport vositalari kelgan joylarida tek qotadilar. Zavodlardagi stanoklar to’xtatiladi. Mamlakatning ikki yuz milliondan ortiq fuqarosi tik turib sukut saqlaydi. Lagerimiz boshliqlari jami mahbuslarni to’rt qator qilib safga tizdilar. Ikki mingdan ortiq mahbus tik turibdi. Soqchilar boshlig’i, lager boshlig’ining yordamchisi, nazoratchilar nimanidir kutishyapti. Boshliq bilagidagi soatga tez-tez qarab qo’yadi. Radioda Kreml soatining jarangi eshitildi.

—Aziz fuqarolar, aziz fuqarolar, diqqat, diqqat! Tik turib sukut saqlansin! Shundan keyin sukunat boshlandi. Butun mamlakat motam sukunatiga g’arq bo’lgan. Qo’sh devor orqasidagi ayollar zonasida quvnoq qo’shiq yangradi. Yuzlab ayollar qo’shiqqa jo’r bo’lishdi. Ketma-ket sho’x laparlar biri-biriga ulanib ketaverdi. Tikanli sim beriyog’ida buyuk motam, nari yog’ida bayram bo’layotgandek edi. Erkaklar zonasidagi mahbuslar o’rinlaridan turmadilar. Ularni soldatlar miltiq qo’ndog’i bilan ursalar ham o’tiraverdilar. Ayollar zonasidan erkaklar sha'niga ta'nalar yog’ilardi.

—Erkakmisanlar, senlarni Stalin pichib qo’ygan. Erkak bo’lsalaring boshla qo’shiqni. Bugun aytmasang, qachon aytasan shodlik qo’shig’ini!

Shu gapdan keyin o’tirmay tik turganlar ham o’tirib olishdi. Ularni do’q-po’pisa bilan ham o’rinlaridan turg’izib bo’lmadi. Chap tomondan jur'atsizgina boshlangan qo’shiqqa boshqalar ham asta-sekin qo’shila boshladilar. Ikki ming mahbus “Brodyaga Baykal pereexal” degan qo’shiqni ayta boshladi. Bu qo’shiqni mamlakatdagi jami lagerlarda mahbuslar dard bilan, mung bilan xonish qilardilar.

Mahbuslar Moskvaning “Sentralka” deb atalgan qamoqxonasi to’g’risidagi qo’shiqni boshlashdi. Qo’shiqda “Sentralka, sentralka, sening qalin devorlaring orasida mening yoshligim, mening talantim qurbon bo’ldi”, deb kuylanardi.

Ukrain, belorus mahbuslar “Gopak”ka raqs tushib ketdilar. Kavkazliklar “Lezginka”ga o’ynardilar. O’tirgan ikki ming mahbus barobar “Assa”, “Assa” deb chapak chalardi. O'zbeklar “Andijon polka”sini boshladilar. Bu yerda “mayda millat” (natsmen) deb atalgan o’zbeg-u qozoqlar, qirg’iz-u turkmanlar ham raqsga tushib ketdilar. Soqchilar boshlig’i o’yinni to’xtatmoqchi bo’lib havoga avtomatdan uch marta o’q uzdi. Baribir o’yin to’xtamadi. Devorning nariyog’idan, balli, balli, yigitlar, degan tovushlar kela boshladi. Men ham qiziqib ketib o’rnimdan turdimu ichimda ming’illab polkaga o’ynay boshladim. Qamoqxona boshlig’ining yordamchisi meni o’yindan to’xtatdi.

—Senga nima bo’ldi? Sen axir yozuvchisan, bularni to’xtatishimizga yordam berishing kerak.

—Men yozuvchi emasman, it ko’madigan go’rkovman. Shunday dedimu o’tirib olganlar orasiga kirib o’ynayverdim. O'tirib olganlar barobar qarsak chalardilar. “Dohiy” Stalin hurmatiga bildirilgan sukut daqiqalari lagerimizda ana shunday tantanali vaziyatda o’tgan edi [Ahmad S., Borsa kelmas darvozasi. 2000-yil] – deb eslaydi yozuvchi Said Ahmad.

Ibrohim G’ofurov Said Ahmad haqida kitob yozgan va uni ushbu kitobida “Prozaning shoiri” deb atagan. Ibrohim G’ofurov Said Ahmadni bunday atagani tufayli unga “tanqidning shoiri” deb nom berilgan. “Prozaning shoiri” kitobida muallif “safbasta” degan so‘zni ishlatadi va bu bilan Said Ahmad prozasidan Oybekdagi “xattiy porloqlik va lirizm”, Abdulla Qahhordagi “lo‘ndalik va o‘tkirlik”, Abdulla Qodiriydagi “plastik ta’sir tuyg‘usi” ta’sirlarini izlaydi. Atay Qodiriyni sanoqning oxiriga qoldirasiz. Chunki mazkur ijodiy ocherk sho‘rolar g‘oyasi hali hukmron bo‘lgan bir davrda nashr etilgan [“Yoshlik”, 2017-yil 9-son].

O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidendi adibning 80 yoshiga bag’ishlab yozgan tabrigida shunday yozadi: Xalqimiz sizni milliy madaniyatimiz ravnaqiga ulkan hissa qo’shgan betakror so’z san’atkori, zahmatkash adib sifatida biladi va qadrlaydi. Yurtimizda sehrli qalamingizga mansub go’zal romanlar, rang-barang qissa va hikoyalar, sahna asarlari kirib bormagan xonadon yo’q. Ulardagi hayot manzaralari, insonning nozik qalb kechinmalari tasviri o’zining milliyligi, xalqimiz va teranligi bilan adabiyot muxlislarining mehriga sazovor bo’lgan [Islom Karimovning Said Ahmad tavalludining 80 yillik tabrigidan. 2000-yil].

Yozuvchi haqida tanqid ustasi Ozod Sharafiddinov: Said Ahmad tanqidchilarning e’tiborsizligidan nolimasa ham bo’ladi – u haqida kitoblar ham, maqolalarham, taqrizlar ham, ko’p yozilgan. Ularda Said Ahmad sha’niga maqtovlar ham ko’p yozilgan. Ularda Said Ahmad sha’niga maqtovlar ham ko’p aytilgan . Ayni chog’da, ayrim asarlari haqida munaqqidlar xo’p talashib-tortishgan, xo’p nayzabozlik qilishgan, Said Ahmadning “xatolarini” fosh quilishgan, uni “to’g’ri” yo’lga solishga harakat qilishgan… Xo’sh, Said Ahmad san’atini qanday ta’riflasa bo’ladi? Said Ahmad san’ati inson xarakretiga, uning ruhiyat olamiga chuqur kira borishdan, uning milliy ranglarini ilg’ab olishdan, uni ezgulik va yaxshilik, ahillik va oliyjanoblik sari undashdan, hajviyotini ulug’lashdan tarkib topuvchi san’atdir.

Adibning yarim asrlik ijodi davomida erishgan marrasi shu! Yuksak marrasi! [SharafiddinovO., Said Ahmad san’ati. 1990-yil] – bu fikrda shuni anglash mumkinki, - yozuvchi uchun eng katta yutuq bu, tanqidchi va xalq tomonidan yozilgan asarning tan olinishi. SHuni inobatga olib bejiz bu Yuksak marra! zabt etilganini anglashimiz mumkin.

Uning bolaligi Abdulla Qodiriy, Elbek, Oybek, Gʻafur Gʻulom singari adiblar davrasida oʻtdi. Tabiatan qiziquvchan, tinib-tinchimas Said Ahmad adabiyotga kirib kelguncha juda koʻp sohalarda oʻzini sinab koʻrdi: artist boʻlishga urinib koʻrdi, doktorlik maktabida oʻqidi, qurilish texnikumida tahsil oldi, rassomlik maktabiga qatnadi, mashhur fotochi Rensonga shogird tushdi, gazetalarga xabarlar yozdi.

Said Ahmad o‘zini nasrning yirik janrlarida ham sinab ko‘rgan. U “Hukm” qissasini yozgan. Shuningdek, o‘zbek nasrida nisbatan sust rivojlangan detektiv janri asosidagi “Sud” qissasini yaratib, unda axloqiy-tarbiyaviy muammolarni ilgari ko‘taradi. Va, nihoyat, “Ufq” trilogiyasini yozadi. Ushbu trilogiya yozuvchi ijodida alohida o‘rin tutudi — zamonaviy o‘zbek nasridagi yirik hodisa.

Said Ahmad ushbu romanlar ustida 15 yil mehnat qilgan. Ular yozuvchining butun hayot yo’lini qamrab olgan - urushdan oldingi, urush davridagi va urushdan keyingi yillarni. Roman asosida chin tarixiy voqealar yotadi - Katta Farg‘ona kanalining qurilishi va Markaziy Farg‘ona kanalining egallanishi. Ushbu tarixiy hodisalar asosida yozuvchi xalqning ma’naviy dunyosini ochib, qadimdan ularga hos mehnatkashlikni, to‘g‘riso‘zlik, jasorat - xalqaro ittifoqdoshlik va jamoaviylikni ko‘rsatib beradi - bular esa inson qalbiga xos oliyjanob va himmat manbalari sanaladi.

“Ufq” o‘zbek va rus tillarida ko‘p karra nashr etilgan, qardosh xalqlarga bir necha bor tarjima qilingan. Kitobxonlar orasida shubhasiz, shuhrat qozongan mazkur trilogiya uchun muallif 1978-yil Hamza nomidagi O‘zbek SSRning Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan. Said Ahmad dramaturgiya va kinodramaturgiya sohalarida ham samarali ijod qiladi.

O’zbek adabiyotida hikoya janiri ustasi Abdulla Qahhor Said Ahmadning “Ufq” kitobi haqida shunday yozadi: Yaxshi yozuvchilarimizdan Said Ahmadning “Ufq” kitobi boshqa anchagina romanlar orasida yarqirab turibdi. Bu kitobni kitobxon boshdan-oyoq shavq bila, hech qayerda turtinmasdan, qiddati susaymasdan, ishtahasi bo’g’ilmasdan o’qib chiqadi…[Qahhor A., Ilhom va mahorat samarasi(estaligidan).1965-yil].

50-yillar boshi, 60-yillar oxirida Said Ahmadning ijodi yanada yuqoriroq badiiy darajaga ko‘tariladi. U o‘nlab lirik va hajviy hikoyalar yaratib, o‘zbek adabiyotining hikoya janri rivojida muayyаn o‘ringa ega bo‘lgan. Bu yillar Said Ahmad ijodida yangi mavzu alohida e’tiborga loyiq - bu Markaziy Farg‘onaning bo‘z yerlarini o‘zlashtiruvchilar hayotining aks etish mavzusidir. Bu hikoyalar “Cho‘l burguti”, “Cho‘l shamollari” va “Tunlar va cho‘llar” kabi to‘plamlardan joy olgan bo‘lib, bizning ko‘pmillatli adabiyotimizdagi “qishloq nasri”ning o‘ziga xos timsollari hisoblanadi [Normatov U., Sayd Ahmad (Adabiy portret), T., 1971: 69-bet].

Said Ahmad - nasrnafis va dramaturg, o‘zbek adabiyotida kichik nasr - hikoya ustasi sifatida tanilgan. Uning ko‘plab yuqori badiiy mahorat ila yozilgan novella va hajviy hikoyalari milliy adabiyotimiz rivojiga salmoqli hissa qo‘shdi. Mislsiz xizmatlari uchun Said Ahmad “Buyuk xizmatlari uchun” va “Do‘stlik” ordenlari hamda “O‘zbekiston qahramoni”, “O‘zbekiston xalq yozuvchisi”, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi” sharafli unvonlariga sazovor bo‘lgan. haqida yodnomalar yozgan. Uning G‘ofur G‘ulom, Abdulla Qodiriy va Saida Zunnunovalar haqidagi xotiralari “Sharq yulduzi” jurnalida chop etilgan. Said Ahmad “O‘zbek SSR xalq artisti” unvoniga loyiq topilgan, “Xalqlar do‘stligi” ordeni va SSSR medallari, O‘zbek SSR Oliy Kengash Faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan. Istiqlol yillari keyingi mukofotlar bilan mukofotlangan: “Do‘stlik” ordeni (1995), “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni (1990). Ammo uning xizmatlari uchun eng oliy mukofot 1999-yil 25-avgustdagi “O‘zbekiston qahramoni” unvoni bo‘lgan. Said Ahmadning rafiqasi - Saida Zunnunova. 2013-yil 10-iyun kuni Toshkent shahridagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida Said Milliy istiqlol yoʻlidagi xizmatlari uchun Said Ahmad 1999-yilda Oʻzbekiston Qahramoni unvoniga sazovor boʻlgan. 2008-yilda Said Ahmad va Saida Zunnunova xotirasiga bag’ishlab ular ijod qilgan uy devoriga memorial taxta o’rnatilgan. Joriy yilda Said Ahmad va Saida Zunnunovaning 100 yillik yubileyini nishonlash oldidan ularning hayoti va ijodi aks etgan yangi film suratga olindi. Bundan tashqari ularning shaxsiy arxivi, kitoblari, qo’lyozmalari, kundaliklari, videotasvirlari, fotoplyonkalari, mukofot va ordenlari saqlanayotgan uyi ham uy muzeyiga aylantirilishga tayyorgarlik ko’rilmoqda.

Xulosa qilib aytganda, hozirgi kunda ham adabiyotimizning tom ma’nodagi asoschilari tomonidan yaratilgan asarlarining qadr-qimmatini chuqurroq anglash va ularni keyingi avlodga yetkazish borasida keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda. Zero, xotira-muqaddas, qadr-abadiy!..


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

  1. Said Ahmadning 05/05/1951 yilda oilasiga yozgan xatidan.

  2. Ahmad S., Borsa kelmas darvozasi. 2000-yil.

  3. Islom Karimovning S.Ahmad tavalludining 80 yillik tabrigidan. 2000-yil.

  4. Sharafiddinov O., Said Ahmad san’ati. 1990-yil.

  5. Qahhor A., Ilhom va mahorat samarasi(estaligidan). 1965-yil.

  6. Normatov U., Sayd Ahmad (Adabiy portret), T., 1971: 69-bet.

  7. “Yoshlik”, 2017-yil 9-son.

Download 58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish