Ko’z qovoqlarini pirpiratish.
Odatda, tinch xolatda inson 1 daqiqada 6-8
marotaba ko’zini pirpiratadi. Har bir yumilgan ko’z o’ndan bir soniya davom etadi.
Yolg’on
gapirayotganda, zerikishda qovoqlarning pirpirashi ko’payadi.
Qovoqlar
2-3 soniyaga yumilganda suhbatdosh miyadan o’chiriladi, ya’ni
suhbatdoshni
ko’rmaslikka harakat qilinadi.
Nigohning turli tomonga yo’nalganligi.
Suhbat
davomida nigohning turli
tomonga yo’nalib turishi
atrofni baholashdek tuyulsada,
aslida suhbatdan qochish
yoki zerikishdan dalolat beradi.
Yuz geografiyasi.
Nigohni ob’ektning turli qismlariga yo’naltirish
orqali suhbat
mazmunini o’zgartirish mumkin.
Dastlabki suhbat davomida 2-3 soniya o’zingizni
baholashga imkon bering,
shundan so’ngina rejalashtirilgan harakatga o’ting.
Nigohning yo’nalishi.
•
O’nga yuqoriga:
ko’zi bilan ko’rgan narsalarni xotirlayapti
•
CHapga yuqoriga:
tassavur qilib, balki o’ylab topib ma’lumot beryapti. Yolg’on
aralashtiryapti.
•
To’g’ri o’nga:
qulog’i bilan eshitgan voqeani eslab aytmoqda.
•
To’g’riga chapga:
o’zi eshitmagan voqeani tasvirlashga xarakat qilyapti. Yolg’on
ishlatyapti.
•
Past o’ngga:
o’zi bilgan narsalar xaqida gapiryapti.
•
Past chapga:
xid, ta’m qo’l bilan ushlab xis qilgan taasurotlarni eslash.