TANISHUV AMALIYOT DAVRIDA TALABANING ISH JOYI VA VAQTNING TAQSIMLANISHI
Tanishuv amaliyotining dastlabki kuni sug‘urta kompaniyasi direktori, boshqa rahbarlari hamda kompaniyaning tashkiliy strukturasi bilan tanishishdan boshlanadi. Kompaniya direkdori, raxbari yoki alohida belgilangan kompaniya xodimi amaliyotchiga kompaniyaning ichki intizomi, kompaniya bo‘limlarining ish faoliyati va jamoat ishlari to‘g‘risida qisqacha ma’lumot beradi. 4 Tanishuv amaliyoti asosan sug‘urta kompaniyasining mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlarida o‘tkaziladi. Talabadan amaliyot o‘tish davomida amaliyot o‘tiladigan har bir ish o‘rniga oid amaldagi me’yoriy hujjatlar va ularda foydalanilayotgan axborot-kommunikatsiya vositalari hamda amaliy va sug‘urta dasturlari bilan tanishib chiqish talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |