Sug’urta tashkilotlarini investitsion faoliyati va uning mazmun-mohiyati.
O’zbekiston Respublikasining 1998 yil 24 dekabrdagi “Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi qayta tahrirdagi Qonunida investitsiyaga quyidagicha ta’rif berilgan: “investitsiya - iqtisodiy va boshqa faoliyat ob’ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir huquqlar”1, sifatida ta’riflanadi.
Yuqorida keltirilgan fikrlarni tahlil qilish orqali shunday xulosaga kelish mumkinki, “investitsiyalar” tushunchasi “kapital qo’yilmalar”, “investitsiyalarning mulkiy shakli”, “kapital”, “kredit” va boshqa tushunchalarga qaraganda kengroq, “sig’imliroq” tushuncha hisoblanadi2. Kapital qo’yilmalar investiitsilarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Shuning bilan birgalikda investitsiyalarning tarkibida kapital qo’yilmialardan tashqari aylanma mablag’ (vosita)lar ham mavjud. Demak, ko’rinib turibdiki, kapital qo’yilmalar tushunchasi aynan investitsiyalar tushunchasini anglatmaydi.3 Umumlashtiradigan bo’lsak, investitsiyalar bu faqat uzoq muddatli kapital qo’yilmalar bo’libgina qolmasdan, balki qisqa muddatli qo’yilmalarni ham o’z ichiga oladi. Demak, investitsiyalar - mulkchilikning barcha ko’rinishlaridagi moddiy va nomoddiy boyliklarni iqtisodiy-ijtimoiy daromad olish maqsadida muomalaga kiritishdir.
“Chet el investitsiyalari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasiga ko’ra “chet el investorlari asosan daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat ob’ektlariga qo’shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga doir huquqlar, shu jumladan intellektual mulkka doir huquqlar, chet el investitsiyalaridan olingan har qanday daromad O’zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalari”4, deb e’tirof etiladi.
Sug’urta kompaniyalari asosiy faoliyati Bilan bir qatorda investtsiya faoliyatini xam amalga oshirish imkoniyatiga egadir. Odatda, sug’urta kompaniyalarining sug’urtaviy xizmat ko’rsatish o’ziga xos xususiyatga ega ya’ni, mijoz dastlab sug’urtalovchiga sug’urta badalini shartnoma tuzilishi Bilan to’laydi. Sug’urta shartnomasi muddatining tugashi xizmat to’liq ko’rsatilganligini bildiradi. Demak, sug’urta kompaniyalarida moliya resurslarining xarakati xususiyatlari shunga olib boradiki, sug’urta kompaniyalari ixtiyorida shartnomani amal qilish mobaynida qo’shimcha daromad olish maqsadida investitsiyalash mumkin bo’lgan vaqtinchalik majburiyatdan xoli bo’lgan katta miqdorda vaqtincha bo’sh mablag’lar to’planadi. Sug’urtalovchilar bu mablag’larni qo’shimcha daromad olish maqsadida turli ob’ektlarga investitsiya qilishlari mumkin.
Sug’urta tashkilotlari tasarrufida kata miqdordagi moliyaviy resurslarni to’planishi, ularni iqtisodiyotni rivojlanishida muxim rol o’ynashini ko’rsatadi. Sug’urta qiluvchilar tomonidan moliya resurslarining to’planishi sug’urtani faol investitsion siyosat yo’li Bilan iqtisodiyotning asosiy omiliga aylantiradi. Boshqacha so’z Bilan aytganda, sug’urtalovchilar turli polis egalaridan olingan passiv pul mablag’larni moliya bozorida xarakat qiluvchi aktiv kapitaliga aylantirishadi.
Sug’urta ompaniyasi investitsion imkoniyatlarini quyidagi omillar belgilaydi:
yig’iladigan sug’urta mukofotlari xajmi;
sug’urta portfeli xajmi;
amalga oshirilayotgan sug’urta xizmatining foydaliligi yoki zararliligi;
sug’urta rezervlarini shakllantirishga davlat tomonidan qo’yiladigan talablar;
tuzilgan sug’urta shartnomalari muddati;
o’zlik mablag’lari xajmi.
Do'stlaringiz bilan baham: |