1. Mutlaq moliyaviy barqaror holat
|
2. Normal (mo‘tadil) moliyaviy barqaror holat
|
3. Nobarqaror holat
|
4. Tang (inqiroz) holatdagi nobarqarorlik
|
Moliyaviy barqarorlikning mutlaq ko‘rsatkichlari tahlili
Ko‘rsatkichlar nomi
|
Davr boshiga
|
Davr oxiriga
|
O‘zgarishi (+,-)
|
O‘sish darajasi, %
|
1. O‘z mablag‘lari manbasi (O‘MM)
|
7 745 794 466
|
10 124 233 076
|
2 378 438 610
|
130,7
|
2. Uzoq muddatli aktivlar (UMA)
|
10 219 731 945
|
12 593 199 960
|
2 373 468 015
|
123,2
|
3. O‘z aylanma mablag‘lari naqdligi (O‘AMN)
|
-2 473 937 479
|
-2 468 966 884
|
4 970 595
|
99,78
|
4.Uzoq muddatli kredit va qarzlar (UMM)
|
4 675 490 146
|
12 304 013 149
|
7 628 523 003
|
2,63
|
5. O‘z mablag‘lari va uzoq muddatli kredit, qarzlar summasi (O‘AMN+UMM)
|
2 201 552 667
|
9 835 046 265
|
7 633 493 598
|
4,46
|
6. Qisqa muddatli kredit va qarzlar (QMM)
|
14 744 216
|
8 878 479
|
-5 865 737
|
60,2
|
7. Zaxira va xarajatlarini moliyalashtirishning jami manbasi (JM)
|
2 216 296 883
|
9 843 924 744
|
7 627 627 861
|
4,44
|
8. Zaxira va xarajatlar (ZX)
|
2 185 621 680
|
9 488 500 196
|
7 302 878 516
|
4,34
|
9. O‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanganlik koeffitsiyenti (O‘AMN-ZX)
|
-288 315 799
|
-11 957 467 080
|
11 669 151 281
|
41,4
|
10. O‘z mablag‘lari va uzoq muddatli qarz mablag‘lari bilan ta’minlanganlik koeffitsiyenti (O‘AMN+UMM-ZX)
|
15 930 987
|
3 465 498 069
|
3 449 567 082
|
231
|
11. Jami mablag‘lar bilan ta’minlanganlik koeffitsiyenti (JM-ZX)
|
30 675 203
|
355 424 548
|
325 049 345
|
11,8
|
Korxonada moliyaviy ishlab chiqarish zaxiralarini moliyalashtirishda o‘z mablag‘lari, qarz mablag‘lari yetarligi va yetishmasligi tahlili yuzasidan shuni ta’kidlash lozimki, o‘tgan davrga nisbatan joriy davrda ko‘rsatkichlar ijobiy tomonga o‘zgargan. Zaxira va xarajatlarni moliyalashtirishning ikkita sharti bajarilgan. Korxona moliyaviy barqarorligining mutlaq ifodasini umumiy jihatdan ijobiy baholash mumkin.
6.3.Korxonaning iqtisodiy resurslari, uning moliyaviy tuzilmasi, likvidligi, to‘lovga qobiliyatini moliyaviy ahvol va barqarorlikka ta’siri.
Korxonaning iqtisodiy resurslari.
Iqtisodiy resurslar bu – iqtisodiy manfaatlar ko‘rish yuzasidan mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishda foydalaniladigan tabiiy, ishlab chiqarish va inson omillaridir.
Iqtisodiy resurslar ko‘pincha ishlab chiqarish omillari ham deb yuritiladi. Ular qatoriga mehnat resurslari; moliyaviy resurslar (pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar); moddiy-ashyoviy resurslar (bino va inshootlar, mashina va uskunalar, tabiiy resurslar, energiya resurslari); nomoddiy resurslar (patentlar, nou-xoular, bilimlar, axborotlar).
Iqtisodiy resurslarning moliyaviy tuzilmasi deganda ularning qiymatining jamlangan hisobotlarda aks etishi nazarda tutiladi. Iqtisodiy resurslarni buxgalterlar, analitiklar biznes tilida korxona aktivlari sifatida qarash mumkin. Buxgalteriya balansida aktivlar (ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmatlar ko‘rsatishda) siklik jarayonda qatnashishi va muhim xususiyatlariga ko‘ra (operatsion, investitsion, moliyaviy) uzoq muddatli va joriy aktivlarga tarkiblangan. Uzoq muddatli aktivlarda asosiy kapitalning, joriy aktivlarda aylanma kapitalning muhim tarkibiy birliklari ifoda etiladi.
Iqtisodiy resurslarning moliyaviy tuzilmasi deganda ularni moliyalashtirish manbalarining tarkibiy tuzilishi (o‘z mablag‘lari va qarz mablag‘lari hisobiga) nazarda tutiladi.
Korxonalarning o‘z majburiyatlarini (joriy va uzoq muddatli) to‘lash imkoniyatlarini uning to‘lov layoqati ifoda etadi.
Iqtisodiy resurslar, ularning moliyaviy tuzilmasi va to‘lov layoqati korxona moliyaviy barqarorligining muhim ta’sir birliklari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |