"Sug‘urta asoslari"


Sug‘urta mablag‘larini joylashtirish



Download 0,73 Mb.
bet56/153
Sana15.01.2022
Hajmi0,73 Mb.
#370046
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   153
Bog'liq
Qobulov h. A

Sug‘urta mablag‘larini joylashtirish

Sug‘urta fondlarini investitsiya qilish investitsiya faoliyatining boshqa turlaridan sezilarli darajada farq qiladi. Bu, bir tomondan, sug‘urtaning tavakkalli tabiati bilan bog‘liq bo‘lsa, boshqa tomondan, sug‘urta fondlari vaqtincha bo‘sh mablag‘largina xalos. Ular istalgan vaqtda sug‘urtaviy majburiyatlarni bajarishga yo‘naltirilishi mumkin. Shuning uchun, sug‘urta tashkilotlarini investitsion amaliyotida ham investitsion, ham sug‘urta faoliyatining asosiy maqsadi va vazifalarini mujassamlashtiruvchi o‘z tamoyillari ishlab chiqilgan. Bu tamoyillar ishonchlilik, likvidlilik, diversifikatsiya va qo‘yilmalarning daromadliligidan iborat.



Sug‘urta kompaniyalari investitsiya faoliyatining asosiy xususiyatlaridan biri uning davlat tomonidan yetarlicha qattiq tartibga solinishi hisoblanadi. Bunda, davlat sug‘urtalovchilarning investitsion faoliyatini to‘liq tartibga solmaydi, balki faqatgina sug‘urta zaxiralarini joylashtirish qoidalarini o‘rnatish bilan sug‘urta fondlarini investitsiya qilish jarayoni. Bunday tartiga solishning zarurligi quyidagi ikki omil bilan asoslanadi. Birinchidan, moliyaviy resurslarni harakati xarakteri bilan, qaysiki sug‘urtalovchi ixtiyorida ma’lum davr davomida vaqtincha bo‘sh mablag‘lar (ammo, ularning barchasi sug‘urta shartnomasi bo‘yicha majburiyatlar bilan bog‘liq emas) bo‘ladi va bu mablag‘lar qo‘shimcha daromad olish maqsadida investitsiya qilinishi mumkin. Ikkinchidan, bu mablag‘larni sug‘urtalovchi majburiyatlarga ega bo‘lgan, ya’ni sug‘urtalanuvchi va sug‘urta qildiruvchilar tomonidan investitsiya qilinishi ustidan nazorat qilishning imkoniyati yo‘qligi bilan.
Sug‘urta fondlarini investitsiya qilishni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

  • mablag‘larni joylashuvini sug‘urtalovchi tomonidan qabul qilingan majburiyatlarga muddatlari va hajmlari bo‘yicha moslashtirish;

  • milliy manfaatlarni himoya qilish, misol uchun, chet elga investitsiya qilish bo‘yicha mamlakat sug‘urtalovchilariga cheklovlar o‘rnatish;

  • sug‘urtalovchilar tomonidan ishonchlilik, likvidlilik, diversifikatsiya va qo‘yilmalarning daromadliligi tamoyillariga rioya etilishini ta’minlash.

O‘zbekiston Respublikasida sug‘urta tashkilotlarining investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning huquqiy asoslari O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 5 aprelda qabul qilingan “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2008-yil 22 apreldagi 41-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Sug‘urtalovchilar va qayta sug‘urtalovchilarning to‘lov qobiliyati to‘g‘risidagi nizom”, O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 3 iyuldagi 68-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Sug‘urtalovchi va qayta sug‘urtalovchining investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi nizom”lar hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 3 iyuldagi 68-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Sug‘urtalovchi va qayta sug‘urtalovchining investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi nizom” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10 apreldagi «Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-618-sonli qaroriga muvofiq tarzda ishlab chiqilgan bo‘lib, sug‘urtalovchi va qayta sug‘urtalovchining investitsiya faoliyatiga talablarni o‘rnatadi.



Sug‘urtalovchi va qayta sug‘urtalovchining investitsiya faoliyatining obyekti quyidagilar hisoblanadi:

  • O‘zbekiston Respublikasining davlat qimmatli qog‘ozlari;

  • xorijiy davlatlarning davlat qimmatli qog‘ozlari;

  • bank sertifikatlari (depozit sertifikatlari);

  • kredit tashkilotlaridagi omonatlar (depozitlar);

  • ko‘char va ko‘chmas mulk (binolar, inshoatlar, jixozlar va boshqa moddiy qiymatliklar) va ularga egalik huquqi;

  • yuridik shaxslarning ustav kapitalida ulushli ishtirok etish;

  • O‘zbekiston Respublikasi hududida chivarish va muomalaga kiritishga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan ruxsat berilgan qimmatli qog‘ozlar yoki tegishli vakolatli davlat organi tomonidan qimmatli qog‘ozlar bozorida faoliyat olib borish uchun berilgan litsenziya (ruxsatnoma)ga ega bo‘lgan horijiy emitentlar tomonidan chiqarilgan va bozorda muomalaga kiritilgan qimmatli qog‘ozlar.

Sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) qonunchilikka zid bo‘lmagan investitsiya faoliyatining boshqa obyektlariga ham investitsiyalarni amalga oshirishi mumkin.

Yuridik va jismoniy shaxslarning qonun bilan himoyalanadigan manfaatlari va huquqlarini poymol qiluvchi, qurish va foydalanishning qonunchilik bilan o‘rnatilgan sanitar-gigienik, radiatsion, ekologik, arxitektura-shaharsozlik va boshqa talablariga javob bermaydigan obyektlarga investitsiya qilishi taqiqlanadi.




Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish