Majburiy va ixtiyoriy sug‘urta tamoyillari
Majburiy sug‘urtani ajratib turuvchi tamoyillar quyidagilar.
Majburiy sug‘urta qonun yo‘li bilan o‘rnatiladi. Shunga mos ravishda sug‘urta qildiruvchi tegishli obyektlarni sug‘urtalashga, sug‘urtalovchilar esa, sug‘urta hodisalari ro‘y berganda tegishli sug‘urta to‘lovlarini to‘lashga majburdirlar.
Qonunchilik odatda quyidagilarni belgilab beradi:
majburiy sug‘urtalanishi lozim bo‘lgan obyektlar tarkibini;
sug‘urta javobgarligi hajmini;
sug‘urta ta’minoti darajasi va me’yorlarini;
tarif stavkalari miqdorlari va ularni o‘rnatish tartibini;
sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchilarning asosiy huquq va majburiyatlarini.
Do'stlaringiz bilan baham: |