919-modda. Shartnoma bo‘yicha javobgarlikni sug‘urta qilish
Shartnomani buzganlik uchun javobgarlik xavfini sug‘urta qilishga qonunda nazarda tutilgan hollarda yo‘l qo‘yiladi.
Shartnomani buzganlik uchun javobgarlik xavfini sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha faqat sug‘urta qildiruvchining o‘zining javobgarlik xavfi sug‘urtalanishi mumkin. Ushbu talabga muvofiq bo‘lmagan sug‘urta shartnomasi o‘z-o‘zidan haqiqiy emas.
Shartnomani buzganlik uchun javobgarlik xavfi, bu shartnoma shartlariga ko‘ra sug‘urta qildiruvchi qaysi taraf oldida tegishli javobgarlikni zimmasiga olishi lozim bo‘lsa, o‘sha taraf - naf oluvchi foydasiga, hatto sug‘urta shartnomasi boshqa shaxs foydasiga tuzilgan yoxud unda kimning foydasiga tuzilgani aytilmagan taqdirda ham, sug‘urtalangan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |