Vazifani bajarish tartibi
Berilgan 400x400 metrli maydonchada 1:2000 masshtabda 5 qatoriga 5 tadan bir-biridan 100 m oraliqda 5 tadan burg‘ilash qudug‘i va gidropostlar tarxga – millimetrli qog‘ozga tushiriladi. Quduqlar va gidropostlarning shartli belgisi-diametri 3,0 mm aylana bo‘ladi. quduqning chap tomonida uning tartib raqami yoziladi. O‘ng tomoniga, suratga yer yuzasining mutloq balandligi, maxrajga sizot suvlari yuzasining mutloq balandligi kasr chizig‘ining ortiga esa sizot suvlari yuzasining chuqurligi yozib qo‘yiladi.
"D" belgisi ko‘rsatilgan gidropostlar orasini 2 mm kenglikdagi chiziqlar bilan tutashtirib maydonchani kesib o‘tgan daryo ko‘rsatiladi.
Burg‘ilash quduqlarida berilgan yer yuzasining mutlaq balandliklaridan foydalanib (suratdagi) ya’ni bir xil balandliklarni tekis egri chiziqlar bilan tutashtirib interpolyasiya usuli yordamida gorizontallar o‘tkaziladi (8-rasm.).
So‘ngra quduqlardagi sizot suvi yuzasining mutloq balandligidan foydalanib bir xil balandliklarni tekis egri chiziqlar bilan tutashtirib, interpolyasiya yo‘li bilan gidroizogipslar o‘tkaziladi . Gorizontallar jigarrangli chiziqlarda, gidroizogipslar havo rang chiziqlarda ko‘rsatiladi. Gorizontal va gidroizogips chiziqlarining orasi 1 m dan bo‘ladi. Ularga mutloq balandliklarning qiymati yozib qo‘yiladi. Gorizontal va gidroizogips chiziqlari daryoni kesib o‘tmasligi lozim. Interpolyasiya o‘tkazishda geodeziya fani darslarida olingan bilimlardan foydalaniladi. Gidroizogipslarda yuqori balandliklardan past balandliklar tomon tik ko‘rsatkich chiziqlarini o‘tkazish bilan, yer osti suvi oqimi yo‘nalishini ko‘rsatgan bo‘lamiz . Bu ko‘rsatgich chiziqlar "tok" chiziqlari deyiladi.
Burg‘ilash quduqlarida berilgan sizot suvlarining chuqurligidan foydalanib interpolyasiya yo‘li bilan bir xil chuqurlikli nuqtalari tekis egri chiziqlar bilan tutashtirib izobatlar o‘tkaziladi. 3,0 m, 5,0 m, 7,0 m, 10,0 m chuqurliklari uchun izobat o‘tkazib, 0-3,0 m, 3-5,0 m, 5-7,0 m, 7,0-10,0 m oraliq chuqurlikli maydonchalarning chegaralari ni o‘tkazamiz (8-rasm). Xaritani aniqligini oshirish uchun gidroizogips va gorizontal chiziqlarning kesishgan nuqtalaridagi farqlaridan foydalanamiz. Bu farqlar sizot suvlari yuzasining kesishgan nuqtasidagi chuqurligini beradi. So‘ngra ajratilgan maydonchalar turli xil ranglar bilan bo‘yaladi. Xarita tuzilganidan so‘ng undagi shartli belgilar uning o‘ng tomoniga joylashtiriladi, nomi va masshtabi xaritaning yuqorisiga yoziladi.
Va nihoyat tahlil orqali xaritadan foydalanib hududning gidrogeologik sharoitini yoritadigan tushuntirish matni tuziladi. Bu matnda quyidagi masalalar yoritiladi:
1. Hududning relyef sharoiti, eng yuqori va past balandliklar (relyefi, umumiy tavsif, notekisligi, yo‘nalishi va nishabi).
2. Sizot suvlari yuzasi relyefiga umumiy tavsif, joylashish chuqurligi va nishabi, alohida xususiyatlari.
3. Yer usti va yer osti suvlarining o‘zaro bog‘liqligi.
4. Sizot suvlarining oziqlanish va sarflanish maydonlarining yo‘nalishi.
5. Sizot suvlari sathi 2,0 m ko‘tarilganda qaysi maydonlarda botqoqlanish hodisasi ro‘y berishi mumkin va necha gektar yerda meliorativ tadbirlar o‘tkazilishi lozim?
Vazifa to‘liq bajarilgandan so‘ng talaba quyidagi nazorat savollariga yozma ravishda javob beradi:
1. Gidroizogips xaritasi qanday maqsadlarda tuziladi?
2. Gidroizogips xaritasi qanday tartibda tuziladi?
3. Gidroizogips chizig‘i xaritada nimani ko‘rsatadi?
4. Gidroizogips xaritasi sizot suvlari haqida qanday gidrogeologik ma’lumotlarni beradi?
5. Gidroizogips xaritasi tuzish uchun burg‘i quduqlarining qanday ma’lumotlaridan foydalaniladi?
6. bu raqamni izohlang.
7. Sizot suvlarining oqim yo‘nalishi xaritada qanday tasvirlanadi?
8. Sizot suvlarining joylashish chuqurligi xaritada qanday ko‘rsatiladi?
9. Sizot suvlarining nishabi qanday hisoblanadi?
10. Sizot suvlari yer usti suvlari bilan o‘zaro qanday bog‘langan bo‘lishi mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: |