Sugʻdiylar
Sugʻdiylar, sugʻdlar —
Zarafshon vodiysi
va
Qashqadaryo
vohasining qad. aholisi. Bu mintakdsa
S. etnik uyushma sifatida mil. av. 7-6-asrlarda paydo boʻlgan va 11-14 asrlarga kelib oʻzbek va
tojiklar tarkibiga singib ketgan.
Avesto
kitobida Gava nomli yurtda S. yashaydi deb koʻrsatilgan ("Videvdat", I fragard).
Axomaniylar qoyatosh bitiklaridagi Suguda nomli qaram satraplik aholisi S. boʻlgan.
S. har 2 vohada dehqonchilik va shahar madaniyatining shakllanishida muqim rol oʻynagan. Mil.
av. 8—7-asrlarda Koʻktepa, Afrosiyob, Uzunqir, Sangirtepa, Yerqoʻrgʻon sh. harobalari oʻrnida
boʻlgan qad. shaharlar Sugʻd xalqi shaharsozligining ilk yirik markazlari edi.
Moniylikni
ibodat qilgan Sugʻdiylar, c. 8-9 asrlar
S uzoq muddat turli saltanatlar tarkibida boʻlib kelganlar. Jumladan, axomaniylar, yunonlar,
kushonlar,
xioniylar
,
eftaliylar
,
kidariylar
,
Turk xoqonligi
tarkibida boʻlganlar.
Mil. av. 2—1-asrlardan boshlab S. oʻz hududlarida konfederativ davlat tizimi shakllandi. Asosiy
poytaxt shaharlar Samarqand, Kesh, Buxoro kabilar edi. Ayni shu davrdan umumsugʻd alifboli
yozuvi amal qila boshlagan va uning koʻplab yodgorliklari bizgacha yetib kelgan.
S. Buyuk ipak yoʻli xalqaro munosabatlarda katta nufuzga ega edilar. Sugʻd tili xalqaro til
darajasiga koʻtarilgan. Sugʻd yozuvi esa, qad. turkiyruniy, uygʻurturkiy, moʻgʻul, manjur va boshqa
Sharq yozuvlariga grafik asos boʻlib xizmat qilgan. S. oʻz yozma yodgorliklarida xalq sifatida
"Sgʻudik nob" "Sugʻd xalqi" deb atalgan.
S.
Sharqiy Turkistonga
savdo bilan kelib,
Buyuk ipak yoʻlidagi
shahar va qishloqlarda, 4—5-asrlar
davomida (balki oldinroq) shu yerlarda qolib yashaganlar. Bu yerdagi viloyatlarning koʻpchilitida
savdo-sotiq ishlari S.ning qoʻlida boʻlgan. Dunxuan va Guanchjou viloyatlarining hokimi maʼlum
vaqtlargacha Sdan boʻlgan. 6—8-asrlar davomida bularning ham koʻpchiligi turkiylashib ketgan.
Ishoqov M ., Sugʻdiyona tarixi chorrahasida, T., 1990;
Ishoqov M., Unutilgan podsholikdan xatlar, T., 1992;
Sogdiyskiye dokumentov s gory Mug , vyp. 1—3, M., 1962-63.
Mirsodiq Ishoqov.
Suʻgd tilida bitilgan nasroniylar kitobidan matn, 9—11 asrlar, Turfon
Adabiyot
Soʻnggi tahrir 2 oylar avval
MalikxanBot
tomonidan amalga oshirildi
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Sug%C
A%BBdiylar&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Sug
ʻ
diylar&oldid=2441979
"
dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |