Tarqalishi. Uzoq Sharqda Amur va Argun daryolari havzalari, Sharqiy Xitoy, Koreya, Yaponiyada uchraydi. Toshkentdagi Fanlar akademiyasi Zoologiya va parazitologiya institutiga qarashli ilon pitomnigi va Kushka shaqri yaqinida joylashgan Morgunovka qishlog’idagi Turkmaniston o'rmon xo'jaligi Komitetiga qarashli pitomnik va g’arbiy Kopetdog’dagi qora-qal'a pitomniklari nisbatan kam ahamiyatga ega.
Fanlar akademiyasining Toshkentdagi Zoologiya va parazitologiya institutida, Morgunovkadagi Badxiz qo'riqxonasida yozda ilonlar ochiq voleralarda saqlanadi. Boshqa qolgan qo'riqxonalarda hozirgi vaqtda ilonlar qafasda yashaydi. Qafaslarning o'lchami har xil: maydoni 0,5 dan 25 m2 gacha, balandligi 0,4—1 m. Ko'pincha qafas o'rtasiga rombsimon teshikli to'siq o'rnatiladi, ilonlar po'st tashlash vaqtida shu teshiklar orasidan o'tar ekan, dag’allashgan tashqi epiteliy qatlamini tashlaydi. Qafasning tubiga sopoldan yasalgan sug’orgich, shipiga esa qo'shimcha isitish uchun bir necha elektr lampa o'rnatiladi. Temperaturasi yuqori 28—32°C atrofida bo'ladi. Ilonlarga har uch-besh kunda oziq beriladi. Mayda turlari (qora ilon, charxilon, qalqontumshuq) yangi tug’ilgan yoki yosh oq sichqonlar bilan oziqlanadi. Moskva atrofidagi pitomnikda oddiy qora ilonlar mayda baqalarni va hatto bo'laklarga bo'lib berilgan yirik suvda ham quruqda yashovchilarni ham yegan. Kobralarga oq sichqon va ko'k baqa beradilar. Ko'lvor ilonning asosiy ozig’i sichqon va bir kunlik jo'jalar. Biroq qorato'sh va uy chumchuqlari ularning sevimli ozig’i qisoblanadi. Ozarbayjonda ko'lvor ilonlarni shu qushlarini berib boqib, eng ko'p zahar olishga muvaffaq bo'lindi va ular tutqunlikda uzoq umr ko'rdilar. Badxiz qo'riqxonasida Yu. A. Orlov ko'lvor ilonlarga faqat yirik qumsichqonlarni beradi.
Zaharini olish maqsadida qafasda boqiladigan ilonlarning hayot kechirish davri unchalik uzoqqa bormaydi. Chet ellardagi ilonchilik pitomniklarida ular odatda olti yildan ortiq yashamaydi. Toshkentda va Bokuda olib borilgan tajriba natijalariga qaraganda. ko'zoynakli va ko'lvor ilonlar to’g’ri temperatura rejimida va to’g’ri boqilganda zahar berishini kamaytirmagan xolda bir necha yil yashay oladi.
Odatda ilonning zahar zapasi 10 kundayoq qayta to'planishiga qaramay uning zahari 20—30 kunda bir marta olinadi. Ilon zaharini tez-tez olish ularning toliqib qolishiga va nobud bo'lishiga olib keladi. Ilonlardan zahar olish usullari uzoq tarixga ega. O'rta asrlarda ilon zahari ularning kallasini kesish yo'li bilan olingan edi. Bunda ularning kallasi oldin quritilib, keyin hovonchada talqon qilib maydalangan. Shundan bir oz keyin ilon zaharini olish uchun ularning zahar ishlab chiqaradigan bezlarini yorib olish qo'llanila boshladi. XX asrning boshlarida ilon zahari ana shunday olingan edi. Bo'ynidan siqib olingan ilondan zahar olish uchun unga Petri kosachasi yoki stakan tutildi. Ular qirrasi bilan ilonning tishiga yaqin joydan ushlanadi va zahari tomchilab ajratiladi. Ilondan mumkin qadar ko'proq zahar olish maqsadida uning bo'yni siqilib, boshi, yon tomonlari uqalab turiladi.
Hozirgi vaqtda hamma ilonchilik pitomniklari oldida zaharli ilonlarni qafasda ko'paytirish vazifasi turibdi. Ko'lvor ilonlar tuxumini inkubatsiya yo'li bilan ochirish borasida Toshkentda va Ozarbayjonda olib borilgan tajribalar ishonchli natija berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |