Sud va huquqni muhofaza qilish organlari


Sudlar faoliyatining tashkiliy va moddiy-texnik ta’minlash va uning ahamiyati



Download 106,54 Kb.
bet12/21
Sana13.06.2022
Hajmi106,54 Kb.
#661338
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
Bog'liq
Sud va huquq

92. Sudlar faoliyatining tashkiliy va moddiy-texnik ta’minlash va uning ahamiyati.
Sudlarning faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlash sudyalarning mustaqilligi va ularning faqat qonunga bo‘ysunishi prinsiplariga qat’iy muvofiq holda O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining vakolatlari va uning faoliyatini tashkil etish tartibi qonun bilan belgilanadi.
Sudlarning faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti tomonidan amalga oshiriladi, ushbu departament to‘g‘risidagi nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti:
sudlarning faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlashga doir ishlarni tashkil etadi, shuningdek bu ishlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
sud binolarini qurish va ta’mirlash uchun ajratilgan mablag‘larning samarali sarflanishini ta’minlaydi, sudlarning faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘radi;
sudyalarning va sudlar apparati xodimlarining mehnat sharoitlarini, moddiy va ijtimoiy ta’minotini yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlashning joriy ahvolini tizimli tahlil qiladi, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlashni rivojlantirish yuzasidan uzoq muddatli kompleks dasturlar tayyorlaydi;
sudyalar va sud protsesslarining xavfsizligini ta’minlash ishlarini tashkil etadi.

93. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning tizimi.
Vazirlik adliya organlari va muassasalari faoliyatiga umumiy rahbarlik qiluvchi va uni muvofiqlashtiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (keyingi o‘rinlarda Vazirlar Mahkamasi deb yuritiladi), faoliyatining ayrim masalalari bo‘yicha esa bevosita O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo‘ysunadi.
Vazirlik markaziy apparati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, hududiy adliya boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) adliya bo‘limlari huquqni muhofaza qiluvchi organlar hisoblanadi.
Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Vazirlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Vazirlik, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, Vazirlikning tashkiliy tuzilmasiga kiradigan hududiy va tarkibiy tuzilmalar yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisob raqamlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi bank hisob raqamlariga egadirlar.
Vazirlik tizimiga quyidagilar kiradi:
Vazirlik markaziy apparati;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) adliya bo‘limlari;
Davlat xizmatlari agentligi;
Intellektual mulk agentligi;
Huquqiy siyosat tadqiqot instituti;
X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi;
“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi;
“Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat muassasasi;
davlat notarial idoralari va arxivlari;
Yuristlar malakasini oshirish markazi;
Toshkent davlat yuridik universiteti;
yuridik kollejlari;
Akademik litsey;
Adliya organlari va muassasalari mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqildir va bevosita Vazirlikka bo‘ysunadilar.


Download 106,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish