Sud muhokamasining umumiy shartlari reja I. Kirish II. Asosiy qism



Download 32,51 Kb.
bet1/2
Sana09.07.2022
Hajmi32,51 Kb.
#759507
  1   2
Bog'liq
Xurshid JPK


SUD MUHOKAMASINING UMUMIY SHARTLARI


REJA


I.Kirish
II.Asosiy qism

  1. Sud majlisida raislik qiluvchi va xalq maslahatchilari

  2. Sud muhokamasining ishtirokchilari

  3. Sud majlisining olib borilish tartibi

III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

Kirish
Mamlakatimiz huquqiy tizimi o‘ziga xos murakkabliklarga ega bo‘lib, milliy-diniy urf-odatlar, shariat va roman-german huquqiy oilasiga mansub normalarini qamrab oladi. So‘nggi yillarda xalqaro huquqiy normalar, rivojlangan davlatlarning ilg‘or tajribasini milliy qonunchilikda aks ettirish borasida bir qancha o‘zgarishlar amalga oshirildi hamda qonunlarga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Mamlakatimizda mustaqillikdan so'ng, MDH ga a’zo davlatlar orasida birinchilardan bo'lib, 1994 yil 22 sentyabrda jinoyat ishla-rini yuritish tartibini belgilovchi, milliy xususiyatlarimizni o'zi-da aks ettirgan Jinoyat-protsessual kodeksi qabul qilindi. 15 yildan ortiqroq amaliyotga ega bo'lgan ushbu kodeks zamon ehtiyojlaridan ke-lib chiqqan holda ko'plab o'zartishlarni ham boshdan kechirdi. O'zbeki-ston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan 2010 yil 30 iyulda qabul qilingan, Senat tomonidan 2010 yil 28 av-gustda maъqullangan va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomoni-dan 2010 yil 28 sentyabrda tasdiqlangan va sharhlanayotgan mazkur qonun Jinoyat-protsessual kodeksiga o'zgartish va qo'shimchalar kiri-tishni nazarda tutuvchi qonunlarning qirq to'rtinchisi hisoblanadi.
Mazkur qonun jinoyat ishlarini yuritish sohasida halqaro hamkorlik borasidagi protsessual normalarni takomillashtirishni naza-rda tutadi.Malumki, jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida xalqaro hamkorlikning ko'plab turlari (xorijiy davlatning so'rovi-ga ko'ra tezkor qidiruv tadbirlarni o'tkazish, davlatlar o'rtasida ji-noyatlarni ochish va tergov qilish bo'yicha faoliyatni muvofiqlashti-rish va boshqalar) mavjud bo'lib, sharhlanayotgan qonun zamirida JPKga kiritilgan o'n to'rtinchi bo'lim (Jinoiy sud ishlarini yuri-tish sohasidagi xalqaro hamkorlik) faqat xalqaro hamkorlikning jinoyat ishlari bo'yicha xalqaro huquqiy yordam ko'rsatish bilan bog'liq bo'lgan sohasini tartibga soladi.
Ushbu qonun qabul qilingunga qadar amalda bo'lgan jinoyat-protsessual normalar jinoyat ishlarini yuritish sohasidagi xalqaro hamkorlikni tartibga solishga loyiq emas edi.Chunki gumon qili-nuvchi va ayblanuvchining jinoyat ishida ishtirokini ta’minlash ham-da ish yuzasidan haqiqatni qaror toptirish uchun zaruriy protsessual (jumladan tergov) harakatlarini o'tkazish xususida mamlakatlarning o'zaro munosabatlarini to'la tartibga soluvchi qonun normalari mavjud emas edi.Bundan tashqari, sohani tartibga soluvchi oldingi protsessual normalarda O'zbekistonning mustakillikdan so'ngi dunyoning ko'p mamlakatlari bilan imzolangan huquqiy yordam ko'rsatish va inson huquqlari sohasidagi sharnomalari talablari yetarlicha aks etittirilmagan edi.
Har bir jinoyat ishi bir tarkibdagi sud yoki bir sudya tomonidan ko‘rib chiqilishi lozim.
Basharti ishni muhokama qilish uzoq vaqt talab qiladigan bo‘lsa, ishda zaxiradagi xalq maslahatchisi qatnashishi mumkin bo‘lib, u ishni muhokama qilish boshlangan paytdan e’tiboran sud majlisi zalida hozir bo‘ladi va sudyaning huquqlaridan foydalanadi, sud maslahatlashuvlarida va ish bo‘yicha qaror chiqarish vaqtida qatnashish huquqi bundan mustasno.
Xalq maslahatchisi sud tarkibidan chiqib ketgan taqdirda zaxiradagi xalq maslahatchisi uning o‘rnini egallaydi va ishni muhokama qilish davom etadi.
Sud majlisida shu sudning raisi, uning o‘rinbosari yoki sudya raislik qiladi.
Raislik qiluvchi sud majlisiga rahbarlik qiladi, ishning barcha holatlarini sinchkovlik bilan, har tomonlama, to‘la va xolisona tekshirish hamda haqiqatni aniqlash uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hamma choralarni ko‘radi, ko‘rilayotgan ishga aloqasi bo‘lmagan holatlarni sud muhokamasiga kiritmaydi.
Raislik qiluvchi sud majlisi zalida tartibga rioya qilinishini ta’minlaydi. Uning farmoyishlari taraflar va barcha hozir bo‘lganlar uchun majburiydir.
Taraflardan yoki boshqa shaxslardan birortasi raislik qiluvchining harakatlariga e’tiroz bildirgan taqdirda bu e’tirozlar sud majlisining bayonnomasiga yozib qo‘yiladi.
Prokuror birinchi instansiya sudlarida jinoyatlarga doir ishlarni ko‘rishda ishtirok etib, davlat ayblovini quvvatlaydi, dalillarni tekshirishda ishtirok etadi, sudlanuvchilarga, jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar va sudga taklif etilgan boshqa shaxslarga savollar beradi, Jinoyat kodeksining normalarini qo‘llash, sudlanuvchining harakatlarini tavsiflash, unga jazo turini va me’yorini tayinlash to‘g‘risida hamda sud hal etishi lozim bo‘lgan boshqa masalalar yuzasidan o‘z fikrini bayon qiladi, jinoyatning sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar haqida hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan choralar xususida o‘z fikrini bildiradi.
Prokuror davlat ayblovini quvvatlar ekan, ushbu Kodeksning, O‘zbekiston Respublikasi boshqa qonunlarining talablariga va ishning barcha holatlarini qarab chiqishga asoslangan o‘z ishonchiga amal qiladi.
Sud tergovi ma’lumotlari asosida prokuror sudlanuvchiga qo‘yilgan ayblovni o‘zgartirish zarur degan xulosaga kelsa, u bu haqda sudga asoslantirilgan bayonot berishi shart..
Sud muhokamasi natijasida prokuror sud tergovi ma’lumotlari sudlanuvchining aybsizligidan dalolat beradi degan ishonchga kelsa, u ayblovdan voz kechishi va voz kechish sabablarini sudga bayon qilishi shart. Prokurorning ayblovdan voz kechishi sud tomonidan jinoyat ishini reabilitatsiya asoslariga ko‘ra tugatishga sabab bo‘ladi.
Prokuror ayblovning mazmunini o‘zgartirish yoki ayblovdan voz kechish sabablari xususidagi fikrini sudga yozma ravishda taqdim etishi shart.
Prokuror, basharti fuqarolarning huquqlarini va jamiyat manfaatlarini muhofaza etish maqsadlari talab qilsa, da’vo qo‘zg‘atadi yoki jabrlanuvchi tomonidan qo‘zg‘atilgan fuqaroviy da’voni quvvatlaydi.
Prokuror jinoyat ishlarini ko‘rishda yoki hukmni ijro etish bilan bog‘liq masalalarni yoxud ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda boshqa masalalarni hal etishda apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudida ishtirok etadi.
Birinchi instansiya sudining majlisida jinoyat ishi sudlanuvchining ishtirokida muhokama qilinadi, sudlanuvchining sudga kelishi shart.
Sudlanuvchi sud majlisiga kelmasa, ishni muhokama qilish keyinga qoldirilishi lozim, ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Sudga kelmagan sudlanuvchini sud majburiy keltirishga, shuningdek unga nisbatan ehtiyot chorasini qo‘llashga yoki ehtiyot chorasini o‘zgartirishga haqlidir.
Ishning sudlanuvchi ishtirokisiz muhokama qilinishiga sudlanuvchi O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida bo‘lgan va sudga kelishdan bo‘yin tovlagan, uning yo‘qligi ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga monelik qilmagan taqdirdagina yoxud u ushbu Kodeks 272-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud majlisi zalidan chiqarib yuborilgan bo‘lsa, yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Jabrlanuvchi sud majlisiga kelmasa, sud jabrlanuvchining ishtirokisiz ishdagi barcha holatlarni to‘la aniqlash hamda uning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish mumkin yoki mumkin emasligiga qarab, jinoyat ishini muhokama qilish yoki keyinga qoldirish masalasini hal etadi.
Jabrlanuvchi sud majlisiga uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmagan taqdirda sud uni majburiy keltirish haqida ajrim chiqaradi.
Prokuror sud majlisiga kelmay qolgan taqdirda jinoyat ishini muhokama qilish keyinga qoldiriladi.
Himoyachi sud majlisiga kelmasa, uni boshqa himoyachi bilan almashtirishga faqat sudlanuvchining roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. Shu sud majlisida himoyachini almashtirish imkoniyati bo‘lmasa, ishni muhokama qilish keyinga qoldiriladi.
Jamoat ayblovchisi yoki jamoat himoyachisi sudga kelmay qolsa, ishning holatlariga qarab, sud ishni ular ishtirokisiz ko‘rish mumkinligi yoki muhokamani keyinga qoldirish masalasini hal etadi.
Ishga yangi kirishgan prokurorga yoki himoyachiga sud muhokamasida ishtirok etishga tayyorgarlik ko‘rish uchun zarur vaqt berilishi lozim.
Prokuror yoki himoyachining uzrsiz sabablarga ko‘ra sudga kelmaganligi to‘g‘risida sud tegishlicha yuqori turuvchi prokurorga yoki O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasiga xabar qiladi. Jamoat ayblovchisi yoki jamoat himoyachisi uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmagan taqdirda sud bu haqda tegishli jamoat birlashmasiga yoki jamoaga xabar qiladi.
Fuqaroviy da’vogar yoki uning vakili sud majlisiga kelmagan taqdirda, sud fuqaroviy da’voni ko‘rmaydi; bu holda mulkiy zarar ko‘rgan shaxsning fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida da’vo qilish huquqi saqlanadi.
Sud fuqaroviy da’voni fuqaroviy da’vogarning iltimosiga ko‘ra uning ishtirokisiz ko‘rishga haqlidir.
Basharti fuqaroviy da’voni prokuror quvvatlasa yoki sud uni ko‘rish zarur deb topsa, fuqaroviy da’vogar yoki uning vakili kelish-kelmasligidan qat’i nazar, sud fuqaroviy da’voni ko‘raveradi.
Fuqaroviy javobgar yoki uning vakilining sud majlisiga kelmasligi fuqaroviy da’voni ko‘rishni to‘xtatmaydi.
Sudda jinoyat ishini muhokama qilish faqat ayblanuvchilarga nisbatan va e’lon qilingan ayblov bo‘yicha olib boriladi.
Tayinlangan jazoning yengilligi yoki og‘irroq jinoyatga doir qonunni qo‘llash zarurligi tufayli apellatsiya instansiyasi sudining hukmi, ajrimi kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan bekor qilinganidan keyin ish ko‘rib chiqilgan hollarda, apellatsiya instansiyasi sudida muhokama sudlanuvchining umuman aybdorligi yoki aybdor emasligi to‘g‘risidagi masalaga daxl qilmagan holda, faqat jinoyatni tavsiflashga va jazo chorasiga oid qism bo‘yicha amalga oshiriladi.
Sud ayblovni o‘zgartirishga haqli. Bunda ayblovning bir qismi yoki jinoyatning tavsifiy alomatlari chiqarib tashlanadi.
Sud surishtiruvda, dastlabki tergovda e’lon qilingan ayblovni ushbu Kodeksning 416 va 417-moddalarida nazarda tutilgan tartibda o‘zgartirishga yoki to‘ldirishga haqli.
Surishtiruv, dastlabki tergovning to‘liq emasligi yoki jinoyat-protsessual qonuni normalarining jiddiy buzilishlari jinoyat ishini ko‘rib chiqish chog‘ida sud tomonidan bartaraf etiladi.
Sudlanuvchiga nisbatan ayblovni og‘irrog‘i bilan yoki haqiqiy ahvolga ko‘ra dastlabki ayblovdan jiddiy farq qiladigan ayblov bilan almashtirish uchun yoki boshqa shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish uchun asoslar aniqlangan taqdirda, sud surishtiruv, dastlabki tergovning to‘liq emasligini yoki jinoyat-protsessual qonuni normalarining jiddiy buzilishlarini ushbu Kodeksning 416 va 417-moddalariga muvofiq bartaraf etadi.
Agar sud tergovi vaqtida sudlanuvchining unga ilgari ayblov qo‘yilmagan jinoyatni sodir etganligini ko‘rsatuvchi holatlar aniqlansa, sud yangi ayblov bo‘yicha jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqda prokurorga xabar qiladi.
Yangi ayblov dastlabki ayblov bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan va ularni alohida-alohida ko‘rish imkoniyati bo‘lmagan hollarda, sudlanuvchini yangi ayblov bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortish asoslarini aniqlash tartibi davlat ayblovini qo‘llab-quvvatlovchi prokurorning yoki jabrlanuvchining, uning vakilining yoxud sudlanuvchining, uning himoyachisining, qonuniy vakilining iltimosnomasiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Iltimosnomada ayblovni to‘ldirish bilan bog‘liq protsessual harakatlarning o‘tkazilishi zarurati asoslantirilgan bo‘lishi kerak.
Sud berilgan iltimosnoma bo‘yicha uni qanoatlantirish to‘g‘risida yoki qanoatlantirmasdan qoldirish haqida ajrim chiqaradi.
Iltimosnoma qanoatlantirilgan taqdirda, sud ajrimda ayblovni to‘ldirish to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun qanday holatlarga aniqlik kiritilishi lozimligini ko‘rsatadi va uning ijrosini ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasini tasdiqlagan prokurorga ijro muddatini bir oygacha doirada ko‘rsatgan holda topshiradi.
Qo‘shimcha protsessual harakatlar natijalariga ko‘ra davlat ayblovini qo‘llab-quvvatlovchi prokuror sudga yig‘ilgan dalillarni taqdim etadi, ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasiga qo‘shimchani o‘qib eshittiradi hamda uning ko‘chirma nusxasini sudlanuvchiga va uning himoyachisiga topshiradi.
Sud prokuror tomonidan taqdim etilgan materiallar bo‘yicha taraflarning fikrini aniqlaydi va ularni jinoyat ishiga qo‘shib qo‘yish haqida ajrim chiqaradi.
Sud sudlanuvchining, uning himoyachisining iltimosnomasi bo‘yicha ularning prokuror tomonidan taqdim etilgan qo‘shimcha dalillar va ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasiga qo‘shimcha bilan tanishishga, shuningdek ushbu dalillarga va xulosaga e’tirozlar taqdim etishga bo‘lgan huquqini ta’minlaydi.Sud ushbu moddaning sakkizinchi qismida ko‘rsatilgan masalalarni hal qilishda sudlanuvchi va uning himoyachisi huquqlarini ta’minlash uchun sud majlisida o‘n sutkagacha tanaffus e’lon qiladi.
Sudning ajrimi belgilangan muddatda ijro etilmagan yoki dastlabki ayblovni o‘zgartirish yoki to‘ldirish uchun dalillarni aniqlash imkoniyati mavjud bo‘lmagan taqdirda, sud jinoyat ishida mavjud bo‘lgan dalillar asosida sud muhokamasini davom ettiradi.
Sudning ajrimini ijro etish natijalari bo‘yicha yoki sud muhokamasi jarayonida taqdim etilgan yangi dalillarni baholash va tekshirish ushbu Kodeks 443-moddasining ikkinchi qismida belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
To‘plangan qo‘shimcha dalillar va aniqlangan holatlar asosida prokuror og‘irroq ayblovga o‘zgartirilgan yoki to‘ldirilgan ayblov asosida yoxud haqiqiy ahvolga ko‘ra dastlabki ayblovdan jiddiy farq qiladigan ayblov asosida qarorning ta’rifini taraflar muzokaralarida sudga taqdim etadi.
Agar sud tergovi vaqtida javobgarlikka tortilmagan shaxs tomonidan jinoyat sodir etilganligini ko‘rsatuvchi holatlar aniqlansa, sud jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqda prokurorga xabar qiladi.
Taxmin qilinayotgan jinoyat ko‘rilayotgan ish bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan va bu ishlarni alohida-alohida ko‘rish imkoniyati bo‘lmagan hollarda, davlat ayblovini qo‘llab-quvvatlovchi prokuror yoki jabrlanuvchi, uning vakilining yoxud sudlanuvchining, uning himoyachisining, qonuniy vakilining iltimosnomasiga ko‘ra sud boshqa shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish uchun asoslarni aniqlash yuzasidan tegishli protsessual harakatlarni bir oygacha bo‘lgan muddatda o‘tkazishni ish bo‘yicha ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasini tasdiqlagan prokurorga topshirish haqida ajrim chiqaradi.
Iltimosnomada boshqa shaxsni ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish bilan bog‘liq protsessual harakatlarni amalga oshirish zarurati asoslantirilgan bo‘lishi kerak.
Sud ajrimini ijro etish natijalariga ko‘ra davlat ayblovini qo‘llab-quvvatlovchi prokuror sudga yangidan tuzilgan ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi yoxud ularga qo‘shimchani taqdim etadi hamda uning ko‘chirma nusxasini sudlanuvchiga va uning himoyachisiga topshiradi.
Ilgari e’lon qilingan ayblov boshqa shaxs ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi munosabati bilan o‘zgartirilgan taqdirda, sud ishni ko‘rishni sud muhokamasining umumiy shartlari bo‘yicha qayta tiklaydi. Bunday hollarda sud muhokamasining muddati o‘zgartirilgan yoki to‘ldirilgan ayblov bo‘yicha ishni sudda ko‘rish qayta tiklangan paytdan e’tiboran hisoblanadi.
Ish bo‘yicha sud tergovi o‘tkazilayotganda sud sudda ishni yuritish to‘xtatib turilguniga qadar o‘tkazilgan protsessual harakatlarni takroran o‘tkazish zarurligi to‘g‘risidagi masalani taraflarning fikrini inobatga olgan holda hal qiladi.
Prokuror tomonidan ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasiga qo‘shimchalar taqdim etilganda, sud sudlanuvchiga, uning himoyachisiga prokuror tomonidan taqdim etilgan qo‘shimcha dalillar va ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasiga qo‘shimcha bilan tanishishga, shuningdek ushbu dalillarga va dalolatnoma yoki xulosaga e’tirozlar taqdim etishga bo‘lgan huquqini ta’minlaydi.
Sud prokuror tomonidan taqdim etilgan materiallar bo‘yicha taraflarning fikrini aniqlaydi va ularni jinoyat ishiga qo‘shib qo‘yish haqida ajrim chiqaradi.
Sud ushbu moddaning yettinchi qismida ko‘rsatilgan masalalarni hal qilishda sudlanuvchi, uning himoyachisi huquqlarini ta’minlash uchun sud majlisida o‘n sutkagacha tanaffus e’lon qiladi.
Qo‘shimcha taqdim etilgan yangi dalillarni baholash va tekshirish ushbu Kodeks 443-moddasining ikkinchi qismida belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
To‘plangan va qo‘shimcha taqdim etilgan dalillar asosida prokuror taraflar muzokaralarida sudga to‘ldirilgan ayblovni inobatga olgan holda qarorning ta’rifini taqdim etadi.
Agar sud tergovi vaqtida bila turib yolg‘on ko‘rsatuv bergan guvoh, jabrlanuvchi yoki bila turib noto‘g‘ri xulosa bergan ekspert yoxud bila turib noto‘g‘ri tarjima qilgan tarjimon tomonidan jinoyat sodir etilganligini ko‘rsatuvchi holatlar aniqlansa, sud hukm chiqarganidan so‘ng jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqda prokurorga xabar qiladi.
Sud majlisiga chaqirilgan shaxslardan birortasining kelmay qolganligi oqibatida yoki yangi dalillar talab qilib olish zarur bo‘lganligi munosabati bilan yoxud sud majlisini olib borishning texnik vositalaridan, shu jumladan videokonferensaloqa tizimlaridan foydalanishda texnik nosozliklar yuzaga kelganligi tufayli jinoyat ishini muhokama qilish mumkin bo‘lmasa, sud ishni muhokama qilishni keyinga qoldiradi va sud majlisiga kelmagan shaxslarni chaqirish yoki yangi dalillarni talab qilib olish yoxud texnik nosozliklarni bartaraf etish choralarini ko‘radi.
Sudlanuvchi yashiringan bo‘lsa, shuningdek sudga kelishga imkoniyat bermaydigan ruhiy holati buzilgan yoki boshqa og‘ir kasallikka chalingan taqdirda, sud mazkur sudlanuvchiga nisbatan ishni to‘xtatadi va boshqa sudlanuvchilarga nisbatan ishni muhokama qilishni davom ettiraveradi. Agar sud ushbu Kodeksning 416 va 417-moddalarida nazarda tutilgan tartibda prokurorga qo‘shimcha protsessual harakatlarni amalga oshirishni topshirish haqida ajrim chiqarsa, shuningdek ishni alohida-alohida muhokama qilish haqiqatni aniqlashni qiyinlashtirgan taqdirda, ishni yuritish butunlay to‘xtatiladi. Yashiringan sudlanuvchini qidiruv sud ajrimi bilan e’lon qilinadi.
Sudlanuvchining og‘ir kasal bo‘lganligi tufayli ishni ko‘rish to‘xtatilgan taqdirda sud unga nisbatan tanlangan ehtiyot chorasini bekor qilish yoki o‘zgartirish masalasini muhokama qilishi lozim..
Sud jinoyat ishini ko‘rishni to‘xtatish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
Jinoyat ishini ko‘rishni to‘xtatishning asosi sifatidagi, ushbu Kodeksning 420-moddasida nazarda tutilgan holatlar bartaraf etilgach, to‘xtatilgan jinoyat ishini ko‘rish qaytadan boshlanadi.
Sud jinoyat ishini ko‘rishni qaytadan boshlash to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
Jinoyat ishini ko‘rish qaytadan boshlanganda jinoyat ishini muhokama qilish muddatining o‘tishi ham bir vaqtning o‘zida qaytadan boshlanadi. Mazkur muddatni yana uzaytirish ushbu Kodeksning 405 va 4051-moddalari asosida, jinoyat ishini muhokama qilishning jinoyat ishini ko‘rish to‘xtatilishidan oldingi muddatini inobatga olgan holda amalga oshiriladi.
Agar sud majlisida ushbu Kodeksning 83-moddasida va 84-moddasi birinchi qismining 1, 2, 3 va 8-bandlarida nazarda tutilgan asoslar aniqlansa, sud ishni ko‘rishni davom ettiradi hamda 83-moddada nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha oqlov hukmi, 84-modda birinchi qismining 1, 2, 3 va 8-bandlarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha esa aybdor shaxsga jazo tayinlamay, ayblov hukmi chiqaradi.
Sud muhokamasi vaqtida sud sudlanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasini qo‘llashga, o‘zgartirishga yoki bekor qilishga haqlidir.
Sud muhokamasi vaqtida hal qilinadigan barcha masalalar yuzasidan sud ajrim chiqaradi.
Sud ehtiyot choralarini qo‘llash (o‘zgartirish, bekor qilish) to‘g‘risidagi, pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish haqidagi ayblanuvchini, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish haqidagi, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to‘g‘risidagi, ayblanuvchining, sudlanuvchining tibbiy muassasada bo‘lishi muddatini uzaytirish haqidagi, pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash to‘g‘risidagi, rad qilishlar haqidagi ajrimlarni, boshqa organlarga ijro etish uchun yuboriladigan o‘zga ajrimlarni, shuningdek xususiy ajrimlarni alohida xonada (maslahatxonada) chiqaradi. Bu ajrimlar alohida hujjatlar tarzida rasmiylashtiriladi va sud tomonidan imzolanadi.
Sudlanuvchining boshqa shaxslarga yoki boshqa shaxslarning sudlanuvchiga pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash to‘g‘risidagi sud ajrimida aloqa muassasasi tomonidan sudga pochta-telegraf jo‘natmalarini yetkazib berish haqida ko‘rsatma bo‘lishi lozim.
Boshqa barcha ajrimlar sudning xohishi bilan yo yuqorida ko‘rsatilgan tartibda, yoki o‘z joyida chiqarilib, bu ajrim sud majlisining bayonnomasiga yozib qo‘yiladi.
Sud muhokamasi vaqtida sudning chiqargan har bir ajrimi darhol e’lon qilinishi lozim.
Sudyalar kirib kelayotganda sud majlisi zalida hozir bo‘lganlarning hammasi o‘rinlaridan turadilar.
Sud protsessining barcha ishtirokchilari sudga tik turgan holda murojaat qiladilar, ko‘rsatuvlar beradilar va bayonotlar qiladilar. Ushbu qoidadan faqat raislik qiluvchining ruxsati bilangina chetga chiqilishi mumkin.
Sud protsessining barcha ishtirokchilari, shuningdek sud zalida hozir bo‘lgan barcha shaxslar raislik qiluvchining sud majlisida belgilangan tartibga rioya qilish to‘g‘risidagi farmoyishlarini so‘zsiz bajarishlari lozim.
O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxslar, basharti ular sudlanuvchi, jabrlanuvchi, guvoh bo‘lmasalar, sud majlisi zaliga kiritilmaydilar.
Tartibbuzar sud majlisida tartibni buzganida, raislik qiluvchining farmoyishiga bo‘ysunmaganida yoki sudga hurmatsizlik qilganida unga nisbatan ushbu Kodeksning 272-moddasida nazarda tutilgan choralar qo‘llaniladi.
Sud muhokamasi vaqtida sud majlisining kotibi ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar asosida bayonnoma yuritadi.
Bayonnoma qo‘lda yoki kompyuterda yozilishi mumkin. Bayonnomaning to‘liq bo‘lishini ta’minlash uchun audioyozuv vositalaridan, stenogramma yuritishdan foydalanish mumkin.
Sud majlisining bayonnomasida quyidagilar ko‘rsatiladi: sud ishining raqami; majlisning joyi va sanasi, majlis boshlangan va tamom bo‘lgan vaqt ko‘rsatilgan holda; sudning nomi va tarkibi; sud majlisining kotibi, tarjimon, ayblovchi, himoyachi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va uning vakili, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari, shuningdek sud chaqirgan boshqa shaxslar; ko‘rilayotgan ish; sudlanuvchining shaxsiga doir ma’lumotlar; hozir bo‘lgan va hozir bo‘lmagan guvohlar hamda ularning kelmaganlik sabablari. Bayonnomada: raislik qiluvchining barcha farmoyishlari ko‘rsatiladi va sudning harakatlari qanday tartibda o‘tgan bo‘lsa, shu tartibda yoziladi; ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ariza va iltimosnomalari; sudlanuvchi, jabrlanuvchi va guvohlar ko‘rsatuvlarining batafsil mazmuni; berilgan savollarga ekspertning javoblari; sud muzokaralarining ketma-ketligi, sud muzokaralarida ishtirok etgan shaxslarning xulosalari hamda sudlanuvchi oxirgi so‘zining mazmuni; basharti jinoyat protsessi ishtirokchilari iltimos qilsa, ishni ko‘rish paytida yuz bergan holatlar to‘g‘risidagi arzlar aks ettiriladi.
Sud majlisi videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilgan taqdirda, sud majlisi bayonnomasida ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilganlardan tashqari:
sud majlisi videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilganligi haqidagi;
texnika vositalari to‘g‘risidagi;
sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazishga ko‘maklashayotgan sud va xodimlar haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak.
Sud majlisi audio- yoki videoyozuvga olingan taqdirda, sud majlisi bayonnomasiga sud majlisida yozib olish texnika vositalaridan foydalanilganligi to‘g‘risida belgi qo‘yiladi.
Audio- va videoyozuv saqlanayotgan elektron yoki boshqa manbalar sud majlisi bayonnomasiga ilova qilinadi, unda ushbu vositalar qo‘llanilganligi haqida belgi qo‘yiladi.
Sud zarur deb topgan hollarda, guvohlar va jabrlanuvchilar sud majlisining bayonnomasidagi o‘zi bergan ko‘rsatuvlarni imzolaydi.
Sud majlisining bayonnomasi raislik qiluvchi va sud majlisining kotibi tomonidan imzolanadi.
Sud majlisi bayonnomasining mazmuni bo‘yicha raislik qiluvchi bilan sud majlisining kotibi o‘rtasida kelishmovchilik bo‘lgan taqdirda, kotib o‘z mulohazalarini bayonnomaga ilova qilishi shart, bu mulohazalar sud tarkibi tomonidan ko‘riladi. Ushbu masala yuzasidan ajrim chiqarilib, bayonnomaga ilova qilinadi.
Sud majlisining bayonnomasi hukm chiqarilgan kunning ertasidan, murakkab ishlar bo‘yicha esa uch sutkadan kechiktirmay imzolanishi kerak.
Taraflar bayonnomaning va sud majlisi audioyozuvining ko‘chirma nusxalarini o‘z hisobidan olishga haqli.
Sud majlisi bayonnomasi imzolanganidan keyin besh sutka ichida taraflar shu bayonnoma va sud majlisining audioyozuvi yuzasidan o‘z mulohazalarini berishga haqlidirlar. Mulohazalarni raislik qiluvchi ko‘rib chiqib, ularga qo‘shilgan taqdirda ularning to‘g‘riligini tasdiqlaydi va sud majlisi bayonnomasiga qo‘shib qo‘yadi.Raislik qiluvchi sud majlisining bayonnomasi yoki audioyozuvi yuzasidan berilgan mulohazalarga qo‘shilmagan taqdirda, bu mulohazalar ushbu ishni ko‘rgan sud tarkibi hal etishi uchun kiritiladi. Basharti ishni sudyaning yakka o‘zi ko‘rib chiqqan bo‘lsa, raislik qiluvchining qarori uzil-kesil hisoblanadi, lekin manfaatdor taraflar bu qaror ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda shikoyat berishi yoki protest bildirishi mumkin.
Raislik qiluvchi tayinlangan vaqtda sud majlisini ochadi va qanday jinoyat ishi ko‘rilishini e’lon qiladi.
Sud majlisining kotibi davlat ayblovchisi, jamoat ayblovchisi, sudlanuvchi, himoyachi, jamoat himoyachisi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar yoki ularning vakillari sudga kelgan-kelmaganligi to‘g‘risida axborot beradi. Shundan keyin sudga tarjimon, guvohlar, ekspertlar va mutaxassislar kelgan-kelmaganligi tekshiriladi. Kotib hozir bo‘lmaganlarning nima sababdan kelmaganligini ma’lum qiladi.
Ishda ishtirok etayotgan shaxslarning kimligi pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta yoxud ularning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar bo‘yicha aniqlanadi.
Raislik qiluvchi tarjimonga ushbu Kodeksning 72-moddasida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlarini, shuningdek javobgarligini tushuntiradi.
Raislik qiluvchi sud tarkibini e’lon qiladi, kimlar davlat ayblovchisi, jamoat ayblovchisi, himoyachi, jamoat himoyachisi ekanligini, kimlar jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va kimlar ularning vakillari ekanligini, kimlar sud majlisining kotibi, ekspert, mutaxassis, tarjimon ekanligini ma’lum qiladi. Shundan keyin sudlanuvchiga va boshqa taraflarga ularning sudyani, sud tarkibini yoki sudyalardan birortasini, shuningdek taraflardan birortasini rad qilish huquqlarini tushuntiradi.
Sud majlisida zaxiradagi xalq maslahatchisi ishtirok etayotgan bo‘lsa, raislik qiluvchi bu haqda e’lon qiladi va uning familiyasini aytadi. Zaxiradagi xalq maslahatchisi ham rad qilinishi mumkin.
Rad qilishlar ushbu Kodeksning 80-moddasida belgilangan qoidalar asosida hal qilinadi.
Raislik qiluvchi guvohlarning sud majlisi zalidan alohida xonaga chiqib turishlari to‘g‘risida farmoyish beradi. Keyinchalik u so‘roq qilinmagan guvohlarning so‘roq qilingan guvohlar bilan, shuningdek sud majlisi zalidagi boshqa shaxslar bilan muloqotda bo‘lmasligi choralarini ko‘radi.
Sudga chaqirilgan protsess ishtirokchilaridan birortasi kelmagan taqdirda sud jinoyat ishini muhokama qilish mumkinligi yoki mumkin emasligi to‘g‘risida taraflarning fikrini eshitadi va muhokamani davom ettirish yoki uni keyinga qoldirish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
Muhokamani keyinga qoldirish to‘g‘risida ajrim chiqarilgan taqdirda sud hozir bo‘lgan guvohlar va ekspertni so‘roq qilishi mumkin. Basharti keyinchalik ish sudning yana o‘sha tarkibida yoki o‘sha sudya tomonidan ko‘riladigan bo‘lsa, protsessning mazkur ishtirokchilari sud majlisiga ikkinchi marta faqat zarurat tug‘ilgan hollarda chaqirilishi mumkin.
Raislik qiluvchi sudlanuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili, oyi, kuni va joyini, yashab turgan joyi, mashg‘uloti, ma’lumoti, oilaviy ahvoli va uning shaxsiga daxldor boshqa ma’lumotlarni so‘rab, uning shaxsini aniqlaydi.
So‘ngra raislik qiluvchi sudlanuvchidan ayblov xulosasining va ayblov dalolatnomasining nusxasi, shuningdek ushbu Kodeks 388-moddasining ikkinchi qismida sanab o‘tilgan protsessual hujjatlarning nusxalari unga topshirilgan-topshirilmaganligini va aynan qachon topshirilganligini so‘raydi. Bu hujjatlarning nusxalari topshirilmagan yoki sud majlisi boshlanishiga uch sutkadan kam muddat qolganda topshirilgan bo‘lsa, ishni muhokama qilish keyinga qoldirilishi lozim.
Raislik qiluvchi sudlanuvchining shaxsini aniqlaganidan keyin unga ushbu Kodeksning 46-moddasida nazarda tutilgan sud muhokamasidagi huquqlarini tushuntiradi. So‘ngra sudlanuvchidan ana shu huquqlarning har birini tushungan yoki tushunmaganligini so‘raydi. Basharti sudlanuvchi salbiy javob bersa, raislik qiluvchi uning yoshini, umumiy zakovat darajasini, ruhiy va jismoniy holatini e’tiborga olib, unga huquqlarini qaytadan tushuntiradi.

Raislik qiluvchi jamoat ayblovchisiga, jamoat himoyachisiga, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillariga ushbu Kodeksning tegishlicha 43, 44, 55, 57, 59, 61 va 63-moddalarida nazarda tutilgan sud muhokamasidagi huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi.


Raislik qiluvchi ekspertga va mutaxassisga ularning ushbu Kodeksning tegishlicha 68 va 70-moddalarida nazarda tutilgan sud muhokamasidagi huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi.
Sud majlisining tayyorlov qismi iltimoslar bor-yo‘qligini aniqlash bilan yakunlanadi. Raislik qiluvchi taraflardan yangi guvohlar, ekspertlar yoki mutaxassislar chaqirish, ashyoviy dalillar va hujjatlar talab qilib olish to‘g‘risida ularning iltimoslari bor-yo‘qligini so‘raydi. Iltimos qiluvchi taraf qo‘shimcha dalillar aynan qaysi holatlarni aniqlash uchun zarurligini ko‘rsatishi shart.
Taraf arz qilgan har bir iltimosni muhokama qilib, sud boshqa tarafning fikrini tinglaydi va basharti, iltimos ish uchun ahamiyatli bo‘lgan holatlarni aniqlashga qaratilgan bo‘lsa, uni qanoatlantiradi, aks holda qanoatlantirishni rad etadi.
Iltimosning rad etilishi sud muhokamasi davomida tarafni keyinchalik boshqa asoslarga ko‘ra yana shu iltimos bilan murojaat etish huquqidan mahrum qilmaydi.
Sud o‘zining tashabbusi bilan yangi guvohlarni chaqirish, ekspertiza tayinlash, hujjatlarni va boshqa qo‘shimcha dalillarni talab qilib olish to‘g‘risida ajrim chiqarishga haqlidir.
Basharti sud qo‘shimcha dalillarni tekshirishni lozim deb topsa, sud majlisiga yangi guvohlar, ekspertlar kelishini yoki hujjatlar talab qilib olinishini ta’minlash choralarini ko‘rib, ayni chog‘da muhokamani yo davom ettiradi yoki uni keyinga qoldiradi.
Jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish to‘g‘risidagi taqdimnoma yoki xususiy ajrim yuborilgan davlat organi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi, jamoat birlashmasi, jamoa yoki mansabdor shaxs zarur choralarni ko‘rishi va ko‘rilgan choralarning natijalari to‘g‘risida kechi bilan bir oylik muddat ichida tegishincha surishtiruvchini, tergovchini, prokurorni yoki sudni xabardor qilishi shart.
Taqdimnoma yoki xususiy ajrim bajarilmagan yoki vijdonan bajarilmagan taqdirda korxona, muassasa yoki tashkilotning aybdor rahbari qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka tortiladi (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 299-modda).
Mazkur talab konstitutsiyaviy asosga ega bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 107-moddasida sud hokimiyatining aktlari barcha davlat organlari, jamoat uyushmalari, korxonalari, muassasalari, tashkilotlari, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiy ekanligi ta’kidlanadi. Shu bois, sud hokimiyatining ijtimoiy-huquqiy mavqeyi bevosita u qabul qiladigan aktlarning imperativ xususiyatga ega ekanligiga ham bog‘liqdir. Shundan kelib chiqib, jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish to‘g‘risidagi taqdimnoma yoki xususiy ajrim ham imperativ xarakterga ega. Ularni bajarmaslik qonunda belgilangan javobgarlikni keltirib chiqaradi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 181-moddasi sudning xususiy ajrimini (qarorini) bajarmaganlik uchun ma’muriy javobgarlikni; O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 232-moddasi sud aktlarini bajarmaganlik uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutadi.
Taqdimnoma yoki xususiy ajrimni olgandan keyin davlat organi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi, jamoat birlashmasi, jamoa yoki mansabdor shaxs quyidagi masalalarni hal qilishi lozim: 1) taqdimnomada ko‘rsatilgan jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish borasida tegishli choralarni ko‘rish; 2) taqdimnoma yoki xususiy ajrim yuborgan surishtiruvchi, tergovchi, prokurorga yoki sudga ko‘rilgan choralar to‘g‘risida xabar yuborish.
Mazkur modda nazarda tutadigan muhim qoidalardan biri - jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni barataraf etish choralarini ko‘rish muddati hisoblanadi. Ushbu muddat bir oy qilib belgilangan bo‘lib, shu muddat ichida davlat organi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi, jamoat birlashmasi, jamoa yoki mansabdor shaxs taqdimnoma yoki xususiy ajrimda ko‘rsatilgan jinoyatning sodir etilishiga olib kelgan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini ko‘rishi lozim. Agar jinoyatning sodir etilishiga olib kelgan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish choralari uzoqroq muddatni yoxud ko‘plab tashkiliy-ma’muriy, moliyaviy-iqtisodiy, huquqiy, axloqiy-ma’naviy masalalarni hal qilishni talab qiladigan bo‘lsa, davlat organi, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organi, jamoat birlashmasi, jamoa yoki mansabdor shaxs ko‘rilayotgan choralar hamda ko‘rilishi nazarda tutilgan choralar haqida surishtiruvchini, tergovchini, prokurorni va sudni xabardor qiladi. Belgilangan muddat ichida taqdimnoma yoki xususiy ajrim yuzasidan surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga va sudga xabar yuborilmaganligi yoxud jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarining ko‘rilmaganligi dastlabki tergov organlarining, prokurorning qonuniy talablari va sudning akti bajarilmagan deb hisoblanib, qonunda nazarda tutilgan javobgarlikni keltirib chiqarishi mumkin.
Amaliyotdan misol: Toshkent shahrida joylashgan davlat korxonalaridan birida bosh hisobchi lavozimida faoliyat yuritayotgan fuqaro Farxodov tomonidan davlat mulki o‘zlashtirilganligi fakti bo‘yicha prokuratura organi jinoyat ishi qo‘zg‘atdi hamda dastlabki tergovda tergovchi tomonidan jinoyat sodir etishda ayblanayotgan Farxodovni lavozimdan bo‘shatish to‘g‘risida korxona rahbariga taqdimnoma kiritildi.
Taqdimnoma yoki xususiy ajrimni bajarmaslik tushunchasining ikki shaklini anglash mumkin. Bular: 1) taqdimnomani yoki xususiy ajrimni bajarmaganlik; 2) ularni vijdonan bajarmaganlikdir. Taqdimnomani yoki xususiy ajrimni bajarmaganlik tushunchasi ushbu huquqiy aktlarda qayd etilgan talablarni qasddan bajarmaslikni nazarda tutadi.
Taqdimnomani yoki xususiy ajrimni vijdonan bajarmaganlik esa, surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning yoki sudning jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini ko‘rishda beparvolikka, yuzakillikka yo‘l qo‘yish oqibatida ularning talablarini lozim darajada bajarilmaganligi tushunilishi lozim. Taqdimnomada yoki xususiy ajrimda qo‘yilgan talablarni lozim darajada bajarmaganlik jinoyatning sodir etilishiga olib kelgan sabablarni va shart-sharoitlarni bartaraf etishning samarali choralari ko‘rilmaganligida ham namoyon bo‘lishi mumkin. Yuqorida qayd etilganidek, taqdimnomani yoki xususiy ajrimni bajarmaganlik yoki ularni vijdonan bajarmaganlik qonunda belgilangan tartibda javobgarlikni keltirib chiqaradi.
Xulosa
Xulosa qilib shuni aytish kerakki 2020 yil 19 dekabr oyida bo'lib o'tgan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o'ninchi yalpi majlisida sud qarorlarini qayta ko'rishning protsessual tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Mamuriy sud ishlarini yuritish to'g'risida»gi hamda Jinoyat, Iqtisodiy va Fuqarolik protsessual kodekslariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risidagi qonunlari qabul qilinib, mazkur qonunlar asosida sud ishlarni ko'rib chiqishida bir-birini takrorlovchi instantsiyalar bekor qilindi.O'zbekiston Respublikasining bugungi kunda olib boriladigan avvalgi qonunchilikka ko'ra, ishni apellyatsiya instantsiyasi sudida ko'rishni tayinlash hukmni chiqargan sudlar tomonidan amalga oshirilgan bo'lsa, qonunchilikka kiritilgan o'zgartirishlarga asosan apellyatsiya instantsiyasi sudi majlisini tayinlash va tayyorlash holatlari ham o'zgartirilib, unga sud`ya apellyatsiya shikoyati, protesti bilan kelib tushgan jinoyat ishini o'rganib, sud majlisini tayinlash to'g'risida etti sutka ichida ajrimi chiqarishi belgilandi.Apellyatsiya instantsiyasi sudining jinoyat ishini ko'rish natijalariga ko'ra qabul qiladigan qarorlarining turlari kengaytirildi, natijada ish yuzasidan birinchi instantsiya sudi tomonidan yo'l qo'yilgan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va ish yuzasidan yakuniy qaror qabul qilish vakolatlari kengaytirildi.Avvalgi qonunchilik bilan tartibga solinmagan jarayonlarning tartibi belgilandi.Qonunchilikka kiritilgan o'zgartirishlar bilan apellyatsiya instituti jinoyat ishi natijalariga ko'ra, qaysi holatlarda apellyatsiya instantsiyasi sudi ajrimini, qaysi holatlarda apellyatsiya instantsiyasi hukmini chiqarishi belgilandi.Amaldagi protsessual kodekslarning talabiga ko'ra, ish nazorat tartibida ko'rilishidan oldin albatta, apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko'rilgan bo'lishi shart, shuningdek, amalda ham apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat qilishning muddatlari belgilangan.Qabul qilingan qonunda ana shu muddatlar uzaytirildi.Mazkur o'zgartirishlar odil sudlovga erishish imkoniyatlarini kengaytirishga, sudning chinakam mustaqilligini, taraflarning sudda tortishuvchanlik va tengligi tamoyilini, fuqarolar huquqlarining ishonchli sud himoyasida bo'lishini taminlashga xizmat qiladi.


Download 32,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish