6-modda. Chet el sudlari va arbitrajlari qarorlarini ijro etish
Chet el sudlari va arbitrajlarining qarorlarini ijro etish tartibi O‘zbekiston Respublikasining
qonunchiligi va xalqaro shartnomalari bilan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi sudi tomonidan chet el sudining yoki arbitrajining qarori asosida
berilgan ijro varaqasi, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida
nazarda tutilgan bo‘lmasa, qaror qonuniy kuchga kirgan vaqtdan e’tiboran uch yil ichida majburiy
ijro etish uchun topshirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |