26-modda. Ijro harakatlari amalga oshiriladigan vaqt
Ijro harakatlari ish kunlarida soat 8.00 dan 22.00 gacha amalga oshiriladi. Ijro harakatlarini
amalga oshirishning aniq vaqtini davlat ijrochisi belgilaydi. Ijro ishi yuritishda qatnashuvchi taraflar
ijro harakatlarini amalga oshirishning o‘zlari uchun qulay vaqtini taklif etishga haqlidirlar. Ijro
harakatlarini sutkaning boshqa vaqtida, shuningdek dam olish va bayram kunlarida amalga
oshirishga belgilangan tartibda faqat kechiktirib bo‘lmaydigan yoki qarzdorning aybiga ko‘ra ularni
boshqa vaqtda amalga oshirish mumkin bo‘lmagan hollarda yo‘l qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |