11-modda. Ijro ishi yuritishda taraflarning huquq va majburiyatlari
Taraflar ijro harakatlarini amalga oshirishda ijro ishi yuritish materiallari bilan tanishish,
ulardan ko‘chirmalar, nusxalar olish, qo‘shimcha materiallar taqdim etish, iltimosnomalar berish, ijro
harakatlarini amalga oshirishda ishtirok etish, ijro harakatlari jarayonida og‘zaki va yozma
tushuntirishlar berish, ijro ishi yuritilishi davomida paydo bo‘ladigan masalalar yuzasidan o‘z vajlari
va fikr-mulohazalarini bildirish, ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning
iltimosnomalari, vajlari va fikr-mulohazalariga qarshi e’tiroz bildirish, rad qilish, davlat ijrochisining
harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish huquqiga egadirlar.
Taraflar ijro harakatlarini amalga oshirayotganda sud hujjatlarini va boshqa organlar
hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonunchilikning talablarini bajarishlari shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |