Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘G‘risida 1-bob. Umumiy qoidalar


-BOB. DAVLAT IJROChISINING MAQOMI



Download 285,33 Kb.
Pdf ko'rish
bet89/98
Sana13.02.2022
Hajmi285,33 Kb.
#446512
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   98
Bog'liq
258-II-сон 29.08.2001. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida

12-BOB. DAVLAT IJROChISINING MAQOMI
83-modda. Davlat ijrochisi
O‘rta maxsus (yuridik) yoki oliy (yuridik) ma’lumotga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi
fuqarosi, alohida hollarda esa, boshqa mutaxassislikdagi oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar
davlat ijrochisi bo‘lishi mumkin. Qoida tariqasida, oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan O‘zbekiston
Respublikasi fuqarosi katta davlat ijrochisi bo‘lishi mumkin.
Quyidagilarni:
Majburiy ijro byurosining markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari (bundan bosh inspektorlar
mustasno) va uning hududiy boshqarmalari boshliqlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod
etish Majburiy ijro byurosi direktorining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh
prokurori tomonidan amalga oshiriladi;
Majburiy ijro byurosining markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari va uning hududiy
boshqarmalari boshliqlarining o‘rinbosarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan kelishilgan holda Majburiy ijro byurosi direktori
tomonidan amalga oshiriladi;
Majburiy ijro byurosi markaziy apparatining boshqa xodimlarini, hududiy boshqarmalarining
tarkibiy bo‘linmalari, tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod
etish Majburiy ijro byurosi direktori tomonidan amalga oshiriladi;
Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlarining o‘rinbosarlarini lavozimga
tayinlash va lavozimdan ozod etish Majburiy ijro byurosi direktori bilan kelishilgan holda hududiy
boshqarmalar boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi;
Majburiy ijro byurosi hududiy bo‘linmalarining boshqa xodimlarini lavozimga tayinlash va
lavozimdan ozod etish Majburiy ijro byurosining hududiy boshqarmalari boshliqlari tomonidan
amalga oshiriladi.


Davlat ijrochisi hokimiyat vakilidir va u xizmat majburiyatlarini bajarayotganida qonunchilikda
prokuratura organlari uchun nazarda tutilgan formali kiyim-bosh kiyadi.
Davlat ijrochilariga qonunchilikda belgilangan tartibda prokuratura organlari xodimlarining
mansab darajalari beriladi.
Majburiy ijro byurosining direktori lavozimiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining Bosh davlat
ijrochisi, Majburiy ijro byurosi hududiy boshqarmalarining boshliqlari tegishincha Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bosh davlat ijrochilaridir.
Majburiy ijro byurosining sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish
boshqarmasi boshlig‘i va hududiy boshqarmalarning sud hujjatlarini va boshqa organlar
hujjatlarini ijro etish bo‘limlari boshliqlari lavozimiga ko‘ra tegishincha bosh davlat ijrochilarining
o‘rinbosarlaridir. Majburiy ijro byurosining sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish
boshqarmasi va hududiy boshqarmalarning sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini ijro
etish bo‘limlari xodimlari davlat ijrochilari maqomiga ega bo‘ladi.

Download 285,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish