2. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini taminlash
Fuqarolarning murojaatlarini o`z vaqtida xal etish, murojaatlarni ko`rib chiqishda sansalorlik, rasmiyatchilik va befarq munosabatda bo`lish holatlariga yo`l qo`yganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta`minlash, shuningdek, buzilgan huquqlarni tiklashning barcha zarur choralarini qurish. Bugungi kunda olib borilayotgan islohotlarning samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo`yicha ustuvor yo`nalishlarni amalga oshirish borasida salmoqli sa’y-harakatlar olib borilmoqda.
Ushbu harakatlarning muhim yo`nalishi sifatida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2017 yil yurtimizda «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» deb e’lon qilindi va ushbu yilning asosiy maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda, davlat organlarining fuqarolar bilan o`zaro munosabatlari yuzasidan yondashuvni tubdan qayta ko`rib chiqish zarurligi ta’kidlab o`tildi.
Shu o`rinda aytish joizki, o`tgan yilning 24 sentyabridan boshlab dastlab Bosh vazir, keyinchalik O`zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi faoliyat ko`rsatib kelmoqda.
Chunki, qisqa davr ichida mamlakatimiz hududining eng olis joylaridan tortib, poytaxtimiz Toshkent shahrigacha turli-tuman masalalarda yig`ilib qolgan muammolar tezkorlik bilan xal etilmoqda. Fikrimizni quyidagi raqamlar ham tasdiqlaydi, xususan, 2017 yilning 20 fevraliga qadar Virtual qabulxonaga jami 509122 ta murojaat qilingan va bugungi kunda ushbu murojaatlardan 436408 tasi ko`rib chiqilgan.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrda qabul qilgan «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to`g`risida»gi farmoni ana shunday masalalarni xal etishning zamonaviy usullarini hayotimizga tadbiq etishni nazarda tutishi bilan ahamiyatli.
Shu maqsadda farmon bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida, shuningdek, har bir tuman va shaharda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va O`zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi tashkil etilishi belgilab qo`yildi.
Ta’kidlash lozimki, bu aholining eng dolzarb muammolarini xal etish imkonini beradi, davlat hokimiyati va boshqaruvi, xo`jalik boshqaruvi organlari, barcha darajadagi hokimliklar bilan fuqarolar o`rtasidagi hamkorlikning samarali mexanizmini yaratishga asos bo`ladi. Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini to`laqonli himoya etish imkoniyatlari kengayadi. Murojaatlar bilan ishlash sifati yangi bosqichga ko`tariladi. Murojaatlarni e’tiborsiz qoldirish, ularning «Yo`qolib» qolishi, sansalorlik, murojaatni quyi idoralarga qaytarib yuborish va boshqa shu kabi holatlarning oldi olinadi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yilning 7 fevralidagi «O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasi to`g`risida»gi PF 4947- son Farmoni bilan tasdiqlangan «2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturida ham fuqarolarning murojaatlariga katta e’tibor qaratilgan bo`lib, ushbu masala bo`yicha quyidagi vazifalar belgilangan:
Do'stlaringiz bilan baham: |