gul, g’uncha so’zlari ijobiy bo’yoqdorlikni kuchaytirgan, ko’chma ma’noda qo’llagan. Shuningdek bo’stonimning guli, ochilmay so’ngan g’uncham deyish orqali ota-onaning jondan aziz farzandidan erta ayrilgani, dilbandining yosh vafot etgani kabi pressupozitsiyani ifodalagan.
Belni mahkam bog’laymiz chirog’im (O. Yoqubov “Ulug’bek xazinasi”) Bunda chirog’im so’zi ijobiy baho ifodalab ko’chma ma’noda qo’llangan ot so’z turkumiga oid so’z. Asl ma’nosi qorong’ulikni yoritish uchun ishlatiladigan asbob. Lekin yuqoridagi gapda o’zidan keyin uyining chirog’ini yoqib turuvchi farzandi, orqasida qoladigan zurriyoti, davomchisi kabi pressuppozitsiyani ifodalagan.
Alisher ! Chindanam shersiz, Buyuk sher! Ulug’ ishlarni qilmoq istagan er. (Uyg’un. ”Tanlangan asarlar”) Ushbu gapda sher so’zi ijobiy baho ifodalagan va ko’chma ma’noda qo’llanilgan. Bilamizki, sher barcha hayvonlarning shohi hisoblanadi. Bu gapda Alisherni sherga mingzash orqali esa uning ismiga monand shaxs ekanligi, shoirlarning sultoni, to’g’ri yo’l ko’rsatuvchi rahnamosi, xalq manfaatlari uchun kurashuvchi, adolatli, dovyurak insonligi, yurti ravnaqi uchun ko’plab bunyodkorlik ishlarini amalga oshirgan, masjid, madrasalar qurdirgan xalqparvar shaxs ekanligi kabi pressupozitsiya ifodalangan.
-Kechki kartoshkani chopiq qilamiz. Oqsaqol ko’rsalar xafa bo’ladilar. Kechqurun kelarman. (O’. Hoshimov “Ikki eshik orasi”) Oqsaqol deganimizda, eng avvalo ko’z oldimizda soqqollari oqargan, yoshi ulug’ inson gavdalanadi lekin, bu gapda oqsaqol so’zi ijobiy baho ifodalagan hamda, u insonparvar, odamlar orasida obro’-e’tibor qozongan rahbar, xalqning eng og’ir kunlarida qiyinchiliklarni yengib o’tishga kuch topgan yo’l boshlovchi, donishmand, tajribali, hayotning achchiq-chuchugini tatib ko’rgan, tashabbuskor shaxs sifatida pressupozitsiya ifodalagan.
Xullas, birgina tilla, chirog’, sher, oqsaqol so’zlari ortiga yashiringan ma’nolarni yana ko’plab davom ettirish mumkin. Bundan ko’rinib turibdiki, subektiv baho formalari pressupozitsiyaga ishora qilar ekan, albatta, pressupozitsiyaning ifodalanishida muayyan nutqiy vaziyat, nutq egalarining subektiv baho ifodalovchi so’zlar semantikasi haqidagi umumiy bilimlari muhim o’rin tutadi. Quyida subektiv baho ifodalovchi so’zlar ishtirokidagi gaplarda yashirin ifodalanuvchi axborotlarning aniqlanishi subektiv baho formalarining pressuppozitsion xususiyatlari uning pragmatik imkoniyatlarini o’rganishda muhim ahamiyat kasb etishini ko’rsatdi. Shu o’rinda ta’kidlash joizki, o’zbek tilidagi ayrim subektiv baho formalarining pragmatik tabiatini o’rganish asosida ularning gapni semantik jihatdan murakkablashuvi qonuniyatlari ochib berildi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
1. Маҳмудов Н. Пресуппозитсия ва гап // Ўзбек тили ва адабийоти. - 1986. - № 6. - б. 28-31;
2. Mamarajabova Z. O’zbek tilida sifatlarning konnotativ ma’nolari: filol. fan. nom. avtoref.-Toshkent.-2004. - 20 b.
3. Нурмонов А. Кўмакчили конструксиялар пресуппозитсияси // Ўзбек тили ва адабийоти. - 1986. - №6. - б. 42-45;
4. Qambarov G’. O’zbek tilida baho munosabati. Filol.f.n. … diss. avtoref. , 2008. – 26 b.
5. Раҳимов С. Типология текстообразшуйуших категорий: Семантика. Прагматика. Функсия. – Андижан, 1990. – 239 б.
6. Субьектив баҳо формаларининг семантик ва стилистик хусусиятлари. Тошкент: Фан, 1980. - 168 б.
7. Safarov Sh. Pragmalingvistika. - Toshkent, 2008. -318 b.
8. Safarov Sh. Kognitiv tilshunoslik. - Jizzax: Sangzor, 2006.- 92 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |