Asosiy iqtisodiy muammo bo‘lib resurslarning kamyobligi (cheklanganligi) va shu sababli iqtisodiyotning 3 ta asosiy masalasini tanlash va echish muammosi hisoblanadi: nimani ishlab chiqarish (qaysi mahsulotlarva qancha), qanday ishlab chiqarish (qaysi resurslar va texnologiyalar), kim uchun ishlab chiqarish (ishlab chiqarilgan milliy mahsulot qanday taqsimlanadi)?
Tanlash muammosi xo‘jalik faoliyatining cheklangan (kamyob) resurslarini yanada samarali ishlatish yo‘llarini izlash va ushbu jarayonni inson va jamiyatning cheklanmagan va o‘sib borayotgan ehtiyojlarini mumkin qadar qondirish maqsadida boshqarishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |