Muvozanatli narx – bu aniq bir kuchlar ta’siri natijasida talab va tkalifni muvozanatlashtiruvchi narx.
Agar haqiqiy narx muvozanatli narxdan yuqori bo‘lsa, unda bunday narxda talab hajmi taklif hajmidan kamroq bo‘ladi. Ushbu holatda ishlab chiqaruvchilar talab hajmidan ancha ortiq bo‘lgan hajmda mahsulot ishlab chiqarishni davom ettirishdan ko‘ra, narxni pasaytirishni afzal ko‘rishadi. Ortiqcha taklif narxga pasaytiruvchi bosim o‘tkazadi.
Agar bozordagi haqiqiy narx muvozanatli narxdan past bo‘lsa, unda talab hajmi taklif hajmidan ko‘p bo‘ladi va toqar taqchil bo‘lib qoladi.
Muvozanat – raqobatli bozor qonuni. Muvozanat tufayli har bir bozorda iqtisodiy tizim muvozanati ta’minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |