2.Gaz va gazkondensat quduqlarini tubidan suyuqliklarni chiqarish usullari va jihozlari 3.Xulosa.
1.Gaz quduqlarining quduq tubi jihozlarining montaji va ekspluatatsiyasi
Gaz quduqlarining quduq tubi jihozlarining montaji va ekspluatatsiyasi
Gaz quduqlarining tubi jihozlari koʻpgina omillarga bogʻliq:
gazga tоʼsqinlik qiluvchi togʻjinsining litologik va fatsial tarkibi va semenlovchi
materiallar;
togʼjinsining mexanik mustahkamligiga;
qirqim bоʼyicha qatlamning yaxlit emasligining kollektor xossasiga;
mahsuldor qirqimda gazlilik, neftlilik va suvlilik qatlamlarning mavjudligiga;
tuzilmada va gazlilik maydonida quduqlarni joylashish holatiga;
quduqlarni mоʼljallanishiga (qazib oluvchi, haydovchi, kuzatuvchi).
Yuqoridagi omillarga muvofiq gaz uyumlari qatlamli yoki massiv turda, gazga
tоʼyingan kollektor mustahkam togʼ jinslari kоʼrinishida (sementlangan qumoqtoshlar,
ohaktoshlar, dolomitlar, angidritlar), mahsuldor qatlam qirqimida neftga tоʼyinganlik
va suvga tоʼyingan gorizontlar mavjud bо‗lmaganda qazib oluvchi quduqning tubi
ochiq holatda bоʼladi. Qattiq zarrachalarni va suyuqlikni olib chiqilishini ta‘minlashda
quduqning tubiga qatlamni filtrli qismiga xvostovik tushiriladi
Koʻp holatlarda gazga tоʼyingan qatlamda kuchsiz sementlangan togʼ jinslari mavjud
bоʼlganda, mahsuldor qirqimda neftga va suvga tоʼyingan qatlamchalar bоʼlmaganda,
quduqning ochiq tubi tоʼrli, keramik, metallkeramik, graviyli, har xil turdagi shisha
qatlamli filtrlar yoki quduq tubi zonasida yumshoq togʼ jinslari bоʼlganda qovushqoq
moddalar bilan mustahkamlanadi. Sоʼnggi yillarda gazni saqlash omborlaridagi
qatlamlar yumshoq qumoqtoshlardan tashkil topganda quduqning tubi yuvilgan
graviyli filtrlar bilan jihozlanadi
Bunday sharoitda gaz qudugʼining tubi maxsus
gidravlik kengaytirgich yordamida qatlam zonasining diametri kengaytiriladi va
graviyni yuvish 146 mm.dan 256 mm.gacha yuviladi. Hosil bоʼlgan zonaning diametri
kavernometr yordamida aniqlanadi. Graviyli yuvish zonasi kengaytirilgandan keyin
quduqqa NKQga quduq tubi filtr jihozlari tushiriladi . Quduq tubi jihozi
tugunining filtr qismi 100 mm diametrdagi quvur, uzunligi 10,6 m, diametri 10-12
mm.li aylana teshiklar bilan perforatsiya qilinadi, teshiklarning umumiy maydoni
quvurning yon sirti yuzasining 20% ni tashkil qiladi.
Yer osti omborlarida
yumshoq togʼ jinslarida gaz qudugʼini tubini
jihozlash sxemasi:
1 - diametri 60,3 mm bоʼlgan burgʼilash
shtangasi; 2-chap rezbali оʼzgartma; 3 - diametri
146 mm.li mustahkamlash tizmasi ; 4-quduq
stvolining oraligʼi, 256 mm.gacha kengaytirilgan;
5-graviy; 6-yoriqli filtr; 7-diametri 50 mm.li
quvur; 8, 9-teskari va tоʼgʼri klapanli
sirkulyatsiya; 10- 62,7 mm.li xvostovik.
Yer osti gaz omborining
qudug„iga graviyli filtrni yuvishni prinsipial
sxemasi:
1-mustahkamlash quvuri diametri 146
mm; 2-otilmaga qarshi boshcha; 3- manometr; 4-
biriktiruvchi quvurlar; 5- graviyni uzatishni
rostlovchi kran; 6 –graviy uchun graviya, 7-
sementlovchi agregat; 8-suvli hajm.
Qatlamning quduq tubi zonasiga smola hosil qiluvchi reagentlarni haydash
agregatining bog„lanmasi va quduqning jihozlarini sxemasi:
1-xom fenollarni va ishqorli eritmalarni uzatuvchi agregat; 2-qatlamdagi smolani bostirish suv
haydovchi agregat; 3-formalin uzatuvchi agregat; 4 - uchlik-qorigich; 5-tоʼkuvchi boshcha; 6-
toʻkuvchi quvurning diametri 50 - 75 mm; 7-qatlam pakeri
Do'stlaringiz bilan baham: |