Stress omillar va ularga o‘simliklarni javob reaksiyalari


VA ISSIQLIKKA CHIDAMLILIK



Download 55,51 Kb.
bet3/11
Sana13.06.2022
Hajmi55,51 Kb.
#662975
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
hemisga yuklash (5)

O‘SIMLIKLARGA YUQORI HARORATNING TA’SIRI
VA ISSIQLIKKA CHIDAMLILIK

Barcha o‘simliklar harorat darajalariga bo‘lgan munosabatlari bo‘yicha ham bir-biridan farq qiladi. Ba’zi suv o‘tlari 60-800S issiqlikka ega bo‘lgan buloqlarda tarqalgan. Ko‘pchilik yuksak o‘simliklar uchun maksimal harorat 40-500S ga teng. Qishloq xo‘jalik ekinlari uchun esa maksimal harorat 39-400 S ga teng bo‘lib, haroratning bundan orta borishi ularni shikastlaydi.
O‘simliklar yuqori harorat ta’siridan shikastlanganda,ularning o‘lishdan oldin hujayralari ichida bo‘ladigan bioximik jarayonlar o‘rtasidagi muvofiqlik buzilib, protoplazmani zaharlaydigan keraksiz
moddalar vujudga keladi. V.F.Altergot va boshqa olimlarning fikricha, yuqori darajadagi harorat ta’sirida oqsillar parchalanishi tezlashadi,hujayralarni zaharlaydigan ammiak hosil bo‘ladi va to‘planadi. Sitoplazmaning mikrostruktursiga salbiy ta’sir qilib,undagi oqsil-lipoid birikmalar va plastidlar parchalanadi. Nafas olishda hosil bo‘lgan kimyoviy energiya effektivligi keskin pasayadi va uning asosiy qismi tashqi muhitga issiqlik shaklida tarqaladi.
Issiqlikka chidamli o‘simliklar protoplazmasining qovushqoqligi va elastikligi yuqori bo‘ladi.Bog‘langan suv miqdori ko‘p oqsillari issiqlikka chidamli bo‘lib, tezlikda koagulyasiyaga uchramaydi. Issiqlikka chidamli o‘simliklarning nafas olish jarayonida ko‘proq organik kislotalar hosil bo‘ladi va ular ammiak bilan reaksiyaga kirishib, asparagin,glutamin kabi aminokislotalar hosil qiladi. Natijada erkin ammiak neytrallanib, o‘simliklarga zarar etkazmaydi. RNK miqdori ko‘p bo‘lgan o‘simliklar ham issiqlikka chidamli bo‘ladi. Ko‘pchilik,suv bilan yaxshi ta’minlangan,mezofit o‘simliklar transpiratsiya jadalligini oshirish orqali kuchli issiqlik ta’siridan saqlanadi. Bu o‘simliklar barg harorati, havo haroratiga nisbatan, 4-60S gacha past bo‘ladi.
YU.G.Molotkovskiy va I.M.Jestkovalarning ko‘rsatishicha, barg to‘qimalariga shakar eritmalarining(glyukoza, galaktoza, saxaroza, laktoza, maltoza, rafinaza) infiltratsiya qilinishi ularning issiqlikka chidamliligini oshiradi.
P.A.Genkelning takliflariga asosan urug‘larga ekishdan oldin kalsiy xlor tuzining 0,25% li eritmasi bilan 20 soat davomida ishlov berish ham o‘simliklarning issiqlikka chidamliligini oshiradi.
O‘simliklarning issiqlikka chidamliligini oshirish maqsadida ularni mikroelementlarning tuzlari bilan ishlash ham tavsiya etiladi.
Samarqand Davlat universiteti o‘simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi a’zolarining (professor J.X.Xo‘jaev va boshqalar) olgan ma’lumotlari asosida g‘o‘zaning gullash fazasida N3VO3 kislotaning 0,01% va ZnSO4 tuzining),0,05% li eritmalarini purkash (purkash kechki vaqtlarda o‘tkaziladi) ularning issiqlikka va qurg‘oqchilikka chidamliligini oshiradi. Natijada, gullarning changlanishi ko‘payadi va hosildorlik 10-12% gacha ortadi. Tola va chigit sifati yaxshilanadi.

Download 55,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish