MAVZU: QALDIRG‘OChLILIKNING USTUNLIKLARI VA KAMChILIKLARI
MUNDARIJA
KIRISh.......................................................................................................... 2
ASOSIY QISM
1. Raqobatbardoshlikning iqtisodiy mohiyati......................................................4
2. Raqobatbardoshlikka ta’sir etuvchi omillar.....................................................7
3. Korxona raqobatbardoshligini saqlashda qaldirg‘ochlik strategiyasidan foydalanish.............................................................................................................10
4. Qaldirg‘ochlilikning ustunliklari va kamchiliklari....................................11
5. “Farg’ona-spiuning” korxonasi raqobatbardoshligini oshirish stragegiyasining asosiy yo‘nalishlari........................................................................................18
Xulosa.............................................................................................................29
Foydalanilgan adabiyotlar..............................................................................32
Ilovalar............................................................................................................35
KIRISh
Strategiya umumiy tarzda korxonaning mavqeini mustaxkamlash,
istemolchilarning talablarini qondirish va qo’yilgan maqsadlarga erishishga qaratilgan boshqarish rejasidir. Aniq strategiyani tanlash - rivojlanishning mumkin bo’lgan turli yo’llari va usullari ichidan eng maqbo’lini tanlab olish demakdir.
Korxonani boshqarish rejasi quyidagi asosiy funktsiya va bo’linmalarni o’z ichiga oladi: ta’minot, ishlab chiqarish, moliya marketing, xodimlar, ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar. Strategik tanlash - bu biznes yechimlar va raqobatga bardoshlilik xarakatlarini yagona tizimga bog’lash demakdir. Strategiyani ishlab chiqish menejerlarning asosiy funktsiyalaridan biridir. Ba’zi menejerlar kuchli strategiya ishlab chiqadilar, biroq uni xayotga tadbiq eta olmaydilar.
Boshqalari o’rtacha strategiya ishlab chiqadilar va uni moxirona amalga oshiradilar.
Strategiya qanchalik yaxshi o’ylangan va moxirona amalga oshirilgan bo’lsa,
kompaniyaning mavqei shunchalik kuchayadi. Boshqarish yaxshi tashkil etilgan
kompaniyalar xam kutilmagan noxush vaziyatlarga duch keladi. Pirovard natijada
yaxshi strategiya bozorda kuchli mavqeni egallash, kutilmagan holatlarga, kuchli
raqobatga va ichki muammolarga qaramay muvaffaqiyatli ishlashga zamin yaratadi
Strategik menejment kompaniyaning o’zoq muddatli maqsadlar va faoliyatiga ta’alluqlidir. Aytish mumkinki, strategiyani (xarakatlar tarzini) va uning aniq vositalarini ifodalash boshqaruvning negizini tashkil qiladi va kompaniyada
menejmentning yaxshi yo’lga qo’yilganligini ko’rsatuvchi eng to’g’ri belgi bo’lib
xizmat qiladi.
Strategik menejmentning mazmuni quyidagilardan iborat:
- Korxona biznesining yo’nalish va asosiy maqsadlarni belgilab olish;
- Korxonaning tashqi muhitini tahlil qilish;
- undagi ichki vaziyatni tahlil qilish;
- Korxona yoki xo’jalikning o’rta bo’g’inlarida strategiyani tanlash va ishlab
chiqish;
- diversiyalangan Korxonaning portfelini tahlil qilish;
- uning tashkiliy strukturasini loyihalash;
- integratsiya darajasini va boshqaruv tizimini tanlash;
- «strategiya - struktura - nazorat» majmuasini boshqarish,
- Korxona faoliyatining ba’zi sohalardagi siyosatini va uning fel-atvor meyorlarni
belgilash,
- kompaniya strategiya va natijalarining teskari aloqasini ta’minlash,
- strategiyani, strukturani va boshqaruvni takomillashtirish.
Strategiya - tashkilotning tashkiliy vazifa va maqsadlariga erishishda
foydalaniladigan tashkiliy xatti-xarakatlar va boshqaruvga yondashuvlari tarzidir.
Biznes sohasini belgilash, maqsadni belgilash, qisqa va o’zoq muddatli
vazifalarni (dasturlarni) aniqlash, maqsadga erishish strategiyasini belgilab olish
strategik rejani tashkil qiladi.
Moliyaviy maqsadlar majburiydir, chunki, moliyaviy mablag’lar yetishmasa
kompaniya tang axvolga tushib qoladi.
Strategik maqsadlar kompaniyaning bozordagi raqobat mavqeini kuchaytirishga
qaratiladi. Moliyaviy maqsadlar foyda xajmi, sarmoyalardan qaytim, naqd pul
tushumi, dividendlar kabi ko’rsatkichlarni ko’paytirishga qaratiladi. Strategik
maqsadlarga esa Korxonaning raqobatga bardoshliligini oshirish, buning natijasida
rivojlanishning yuqoriroq sur’atlariga, bozordagi salmogini oshirishga past xarajatlarga erishishga, korxonaning obro’sini oshirishga qaratilgan bo’ladi.
Korxonaning ijrochi direktori strategiya bo’yicha eng ta’sirli va javobgar menejer bo’lib xisoblanadi. Asosiy direktor lavozimi vazifalarini qo’yuvchi funktsiyalarni bajarishni ko’zda tutadi. U maqsadlarni belgilaydi, strategiyani, uni bajarish yo’llarini ishlab chiqadi.
Ishlab chiqarish, marketing, moliya, kadrlar va boshqa funktsiyalar bo’yicha
vitse-prezidentlar xam strategiya ishlab chiqadilar va uni amalga oshirish bo’yicha
javobgar xisoblanadilar. Xar bir menejer o’zining javobgarlik sohasi bo’yicha
strategiyani ishlab chiqish va uning bajarilishini ko’zatib boradi.
1
Do'stlaringiz bilan baham: |