b) «Olmaliq KMK» АJ bilan birgalikda:
qoldiqlarni saqlash obʼekti hamda infratuzilma obʼektlarini qurish doirasida olinishi rejalashtirilayotgan yer uchastkalari mulkdorlari, egalari, foydalanuvchilari va ijarachilari bilan ochiq muloqot oʼtkazsin, shuningdek, foyda va xarajatlarni baholasin;
oʼtkazilgan xatlov va ochiq muloqot natijalariga koʼra, qoldiqlarni saqlash obʼekti hamda infratuzilma obʼektlarini qurish doirasida yer uchastkalarining olinishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni «Olmaliq KMK» АJ mablagʼlari hisobidan qoplash ishlarini qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshirsin;
v) qoldiqlarni saqlash obʼekti hamda infratuzilma obʼektlarini qurish doirasida yer uchastkalarining olinishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash masalasi hal etilgandan soʼng, yer uchastkalarining kelishilgan tartibda olinishi va «Olmaliq KMK» АJ sanoat obʼektlari qurilishi uchun ajratib berilishini taʼminlasin.
3. «Olmaliq KMK» АJ ning qoldiqlarni saqlash obʼekti hamda infratuzilma obʼektlarini qurish doirasida:
yer uchastkalari mulkdorlari, egalari, foydalanuvchilari va ijarachilarining koʼrgan zararlarini, shuningdek, qishloq xoʼjaligi va oʼrmon xoʼjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʼrnini;
yer uchastkalari mulkdorlari, egalari, foydalanuvchilari va ijarachilarining koʼrgan zararlarini baholash xarajatlarini;
yer uchastkalarining davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olinishi natijasida turar joylari buzilishi nazarda tutilgan jismoniy shaxslarning yangi qurilayotgan yakka tartibdagi turarjoy va boshqa inshootlarini tegishli muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash xarajatlarini «Olmaliq KMK» АJ mablagʼlari hisobidan qoplash toʼgʼrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
4. «Olmaliq KMK» АJ investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida qishloq xoʼjaligidan boshqa maqsadlarda foydalanishga olinadigan sugʼoriladigan yerlarni oʼzlashtirish, shuningdek, lalmi yerlar, pichanzorlar, yaylovlar holatini tubdan yaxshilash uchun talab etiladigan kompensatsiya toʼlovlaridan, istisno tariqasida, ozod qilinsin.
5. Oʼzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʼmitasi loyiha hujjatlarining davlat ekologik ekspertizadan belgilangan tartibda oʼtkazilishini va loyihani amalga oshirish doirasida tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan davlat nazorati oʼrnatilishini taʼminlasin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʼzbekiston Respublikasining Bosh vaziri А.N. Аripov zimmasiga yuklansin.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev
Toshkent sh.,
2020 yil 15 may,
PQ-4715-son
Do'stlaringiz bilan baham: |