Strategiya - bu qandaydir
boshqa tarzda emas, aynan
belgilangan tarzda xarakat
qilish majburiyatidir.
SHeron M. Oster
1-MODUL. STRATEGIK BOSHQARISH JARAYoNI
1.1. Strategik menejment fanining mohiyati
1.2. Strategik menejmentning besh vazifas.
1.3. Strategik boshkarish jarayonining ta’rifi
1.4. Strategik boshkarish ijrochilari
1.5. Strategik rejalashtirish va uning afzalliklari
1.6. Kompaniyani boshqarishda direktorlar kengashining o’rni va vazifalari
1.7. Strategik fikrlash va uning afzalliklari.
1.8. Strategik menejmentning ahamiyati
Tayanch iboralar: Strategiya, strategik menejment, strategiyani amalga
oshirish, strategik ko’rish, kompaniya missiyasi, yangi yo’nalashlarni tahlil qilish,
maqsadni aniqlash, strategiya yaratish, strategik rejalashtirish
1.1. Strategik menejment fanining mohiyati
Strategiya umumiy tarzda korxonaning mavqeini mustaxkamlash,
iste’molchilarning talablarini qondirish va qo’yilgan maqsadlarga erishishga qaratilgan
boshqarish rejasidir. Aniq strategiyani tanlash - rivojlanishning mumkin bo’lgan turli
yo’llari va usullari ichidan eng maqbulini tanlab olish demakdir.
Korxonani boshqarish rejasi quyidagi asosiy funktsiya va bo’linmalarni o’z ichiga
oladi: ta’minot, ishlab chiqarish, moliya marketing, xodimlar, ilmiy tadqiqotlar va
ishlanmalar.
Strategik tanlash - bu biznes yechimlar va raqobatga bardoshlilik xarakatlarini
yagona tizimga bog’lash demakdir
1
.
Strategiyani ishlab chiqish menejerlarning asosiy funktsiyalaridan biridir. Ba’zi
menejerlar kuchli strategiya ishlab chiqadilar, biroq uni xayotga tadbiq eta olmaydilar.
Boshqalari o’rtacha strategiya ishlab chiqadilar va uni moxirona amalga oshiradilar.
Strategiya qanchalik yaxshi o’ylangan va moxirona amalga oshirilgan bo’lsa,
kompaniyaning mavqei shunchalik kuchayadi. Boshqarish yaxshi
tashkil etilgan
kompaniyalar xam kutilmagan noxush vaziyatlarga duch keladi. Pirovard natijada yaxshi
strategiya bozorda kuchli mavqeni egallash, kutilmagan holatlarga, kuchli raqobatga va
ichki muammolarga qaramay muvaffaqiyatli ishlashga zamin yaratadi.
«Menejment asoslari» kursidan bizga ma’lumki, menejment quyidagilarni
aniqlashdan iboratdir:
-«biz qaerdamiz?»
- «qayoqqa ketyapmiz?»
- faoliyatimizning maqsadlari qanday?»
- maqsadga erishish yo’llari qanday ?»
- optimal yo’lni tanlash mezonlari nimalardan iborat?
- pirovard natija qanday bo’lishi kerak?
Bu savollarning javoblari kelgusi boshqaruv tsikllarida foydalanish uchun maqsad
va natijalarni aniqlash uchun o’ta muximdir.
Strategik menejment kompaniyaning uzoq muddatli maqsadlar va
faoliyatiga
ta’alluqlidir. Aytish mumkinki, strategiyani (xarakatlar tarzini) va uning aniq vositalarini
ifodalash boshqaruvning negizini tashkil qiladi va kompaniyada menejmentning yaxshi
yo’lga qo’yilganligini ko’rsatuvchi eng to’g’ri belgi bo’lib xizmat qiladi
2
.
Strategik menejmentning mazmuni quyidagilardan iborat:
- Korxona biznesining yo’nalish va asosiy maqsadlarni belgilab olish;
- Korxonaning
tashqi muhitini tahlil qilish;
- undagi ichki vaziyatni tahlil qilish;
- Korxona yoki xo’jalikning o’rta bo’g’inlarida strategiyani tanlash va ishlab
chiqish;
1
Strategic Management concepts and cases. Arthur A. Thompson. Jr. A.J Strikland. p4
2
Strategic Management concepts and cases. Arthur A. Thompson. Jr. A.J Strikland. p 7
- diversiyalangan Korxonaning portfelini tahlil qilish;
- uning tashkiliy strukturasini loyihalash;
- integratsiya darajasini va
boshqaruv tizimini tanlash;
- «strategiya - struktura - nazorat» majmuasini boshqarish,
- Korxona faoliyatining ba’zi sohalardagi siyosatini va uning fe’l-atvor me’yorlarni
belgilash,
- kompaniya strategiya va natijalarining teskari aloqasini ta’minlash,
- strategiyani, strukturani va boshqaruvni takomillashtirish.
Strategiya - tashkilotning tashkiliy vazifa va maqsadlariga erishishda
foydalaniladigan tashkiliy xatti-xarakatlar va boshqaruvga yondashuvlari tarzidir.
Biznes sohasini belgilash, maqsadni belgilash, qisqa va
uzoq muddatli vazifalarni
(dasturlarni) aniqlash, maqsadga erishish strategiyasini belgilab olish strategik rejani
tashkil qiladi.