Tahliliy ma’ruzaning xulosalari va tavsiyalari
Xulosa qo‘yilgan muammo, maqsad va vazifalarga zid bo‘lmagan mulohazalar bo‘lib, u tahlil qilingan jarayon, vaziyat va voqea mazmuni, tashkil etilishi, dinamikasi va vositalarini ochib beradi. Ko‘rsatib o‘tilgan vazifalar ijtimoiy - siyosiy fanlar sohasidagi har qanday ilmiy tadqiqot ishining xulosasi vazifasiga kiradi. Strategik xulosalarga qo‘shimcha ravishda XMMM xulosalari vazifasi kiradi.
O‘zinning mazmuni bo‘yicha xulosa tahlil yo‘nalishiga mos umumlashgan bilimlardan iborat. Yo‘nalish bo‘yicha xulosalardan tashqari, o‘zaro aloqador masalalar bo‘yicha ham xulosalar bor, ammo birinchi galda yo‘nalish bo‘yicha xulosalarni berish, keyin o‘zaro aloqador masalalar bo‘yicha xulosalar qilish darkor.
Xulosa mezonlari.
XMMMga muvofiqlik (vatanparvarlik mezoni).
Daliliy jihatdan asoslanganlik, unga faktlar zanjiri asos bo‘lib xizmat qiladi (bittasi yetarli, agar xulosa juda keng miqyosli bo‘lsa, bir qancha faktlar zanjiri kerak).
Xulosaning birlamchiligi, bunda mutanosib ravishda xulosalarning ketma-ketligi, gradatsuyasi, asoslanganlik darajasi belgilarini aniqlaydi.
Bu maqsadda xulosalarning reytingi tuziladi: avval strategik umumlashgan xulosalar, keyin mazmuni bo‘yicha xulosalar beriladi.
Xulosalar tendensiyalar birikmasini izohlaydi. Bu tendensiyalar muayyan aniq manfaat tufayli mavjud bo‘ladi. Avval, tuzilgan omillar reytingi asosiga qo‘shimcha ravishda tahlil obyektiga birlamchi bo‘lgan tahdidni va o‘rganilayotgan muammoning yechimi uchun zaxiralar yetishmasligini ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Vujudga kelgan vaziyatdan kelib chiqib, bashorat qiluvchi xulosalarni chiqarrish mumkin. Masalan, “ko‘rsatilgan tendensiyalar saqlanib qolgan holatda muayyan muddatda, ehtimol, nimadir sodir bo‘ladi”.
XMMM ta’sir qilish darajasi bo‘yicha joriy va uzoq muddatli xulosalar ajratiladi. Ularda odatda, jarayon, vaziyatning rivoji bosqichlari va bashoratning turli variantlari, shu jumladan, salbiy, normal, ijobiy variantlari namoyon bo‘ladi.
Variativ xulosalarda har bir variant bo‘yicha alohida xulosalar beriladi. Bashorat qiluvchi xulosalarda dastlab faktlar bo‘yicha xulosalarni berish, keyin yakunda bashorat qiluvchi xulosalarni keltirish maqsadga muvofiq. Xulosalarni yozishdan oldin, uning tuzilishini tayyorlab olish juda muhim. Bunda qaytariqlardan qochish va o‘rganilayotgan mamlakat bo‘yicha xulosalarni guruhlashtirish kerak. Yakuniy qismda shuni qayd etish kerakki, xulosalar qo‘shimcha faktlardan holi bo‘lishi kerak, “chunki …” shaklidagi so‘zlar kam bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |