Strategik rejalashtirishning mohiyati va vazifalari. Strategik boshqarish uslubiyati. Strategik marketingni rejalashtirish



Download 23,26 Kb.
bet2/3
Sana23.04.2022
Hajmi23,26 Kb.
#576064
1   2   3
Bog'liq
Marketingda tezkor rejalashtirish foydalanilgan adabiyotlar

2. Strategik boshqarish uslubiyoti
Strategik boshqarish uslubiyotining yuzaga kelishi va amaliy qo’llanishi birinchi navbatda korxonaning tashqi muhitida sodir bo’ladigan o’zgarishlarning harakteridan kelib chiqadigan ob’ektiv sabablardan kelib chiqadi.
1.Boshqarishni nazorat qilish asosida boshqarish.
Bunda korxonaning o’zgarishlarga voqealar sodir bo’lgandan keyin paydo bo’ladi. Bu reaktiv moslashish korxonaga ko’proq hosdir,lekin o’zgarishlarning murakkabligi, yangi strategiyani ishlab chiqish va unga tizimni moslashtirishni tushunib yetish ko’p vaqtni talab etadi. O’zgarishlar sur’atlarining o’sishi sharoitida bu ma’qul emasdir.
2.Ekstropolyatsiya asosida boshqarish.
O’zgarishlar sur’ati tezlashadi,lekin oldingi tendensiyalarni ekstropolyatsiya qilish yo’li bilan kelajakni ko’ra olish mumkin (uzoq muddatli rejalashtirish). Ekstropolyatsiya mantiqan o’tgan davrdagi qonuniyatlarni kelgusi istiqbolga o’tkazishni anglatadi. Boshqacha qilib aytganda ekstropolyatsiya tabiatan istiqbol amalidagi holatdan kelib chiqadi va rejaga nisbatan yaxshi bo’linishi taxmin qiladi. Shu xususiyatga asosan kelajakni ekstropolyatsiya uslubi orqali bashorat qilish samarali bo’lishiga katta umid qilinadi.
3.O’zgarishlarni oldindan ko’ra olish asosida boshqarish.
Kutilmagan hodisalar ro’y bera boshlaydi va o’zgarishlar darajasi tezlashadi, lekin unchalik darajada emaski,bo’lajak qonuniyatlarni oldindan ko’ra olish va tegishli strategiyani ishlab chiqish yo’li bilan ularga hozir javoblikni aniqlashni o’z vaqtida iloji bo’lmay qolsa (strategik rejalashtirish).
4.Tezkor yechimlar qabul qilish asosida boshqarish.
Hozirgi vaqtda,ko’p sonli muhim masalalar shunchalik tez paydo bo’lmoqdaki,ularni o’z vaqtida ko’ra olish mumkin bo’lmaydigan sharoitlarda shakllanayapti (strategik boshqarish).

3. Strategik marketingni rejalashtirish.
Bozor sharoitida boshqaruvning asosiy sub’ekti sifatida bozor infratuzilmasining elementi bo’lib namoyon bo’luvchi firmani ta’kidlash mumkin. Bu holda firma deganda, xo’jalik yuritish zonasiga kiruvchi, tovar bozorida mavjud bo’lgan talabni qondirish darajasida qator funksiyalarni amalga oshiruvchi xo’jalik iqtisodiy tizimi tushuniladi. Shu bir vaqtda har qanday firma faoliyatning turidan qat’iy nazar bozor sharoitida samarali ishlashi uchun yoki bozorda quyidagilarga ega bo’lishi kerak:
-faoliyat strategiyasi;
-strategik maqsadlarga erishishni ta’minlovchi boshqaruv konsepsiyasi;
-firma faoliyatining mezonlariga nisbatan optimal bo’lgan boshqaruv konsepsiyasini amalga oshirish modeli;
-strategik rejalashtirish va boshqarish jarayonlariga ma’lumotli xizmat ko’rsatish tizimi.
Aslida firma strategiyasi firma o’z faoliyatida yechimlarni qabul qilishda rioya qiladigan qoidalar yig’indisidir. Bular firma uchun quyidagi to’rtta guruhdan iboratdir.
1.Hozirda va istiqbolda firma faoliyatining natijalarini baholashda foydalaniladigan qoidalar guruhi. Ushbu guruhning sifatli tomoni mo’ljal, son jihati esa topshiriqni tashkil etadi.
2.Firma assortimenti, sotish bozorlari va iste’molchilari, raqobatchilik priyomlarini belgilovchi qoidalar guruhi. Bu guruh mahsulotli-bozor strategiyasini namoyon etadi.
3.Tashkiliy konsepsiyani aks ettiruvchi firma ichidagi munosabatlar va tartib-qoidalar guruhi.
4.Boshqaruvning asosiy tezkor priyomlarini aks ettiruvchi kundalik faoliyatni tashkil etish qoidalari guruhi.
Erkin bozor munosabatlari sharoitida strategiya quyidagi o’ziga hos xususiyatlarga egadir.
1.Strategiya albatta tezkor harakat bilan yakunlanmasligi kerak.Strategiyani ishlab chiqish firmaning o’sishi va mustahkamlanishini ta’minlovchi umumiy yo’nalishlarni belgilash bilan yakunlanadi.
2.Ifodalangan umumiy strategiya izlanish uslubi bilan strategik loyihalarni ishlab chiqishda foydalanilishi kerak.
Strategiya ma’lum uchastkalarda imkoniyatlarni mujassamlash hamda strategiyaga mos kelmaydigan boshqa imkoniyatlarni uloqtirishni ta’minlashi kerak.
3.Real vaziyat korxonani mo’ljallagan maqsadiga yetkazdi deguncha strategiyaga zarurat qolmaydi.
4.Strategiyani ishlab chiqish odatda muqobillar to’g’risida umumlashtirilgan va to’liq bo’lmagan ma’lumotlar sharoitiida amalga oshiriladi.
5.Strategik rejani izlash maqsadida konkret muqobillarni aniqlanishi davomida aniq ma’lumotlar ham paydo bo’ladi.Shunday qilib strategiyaning muvofiqli ishlatilishi aksiy aloqalarsiz mumkin emas.

Adabiyotlar




    1. Download 23,26 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish