3.Strategik rejalashtirishning afzalliklari va kamchiliklari - Strategik rejalashtirishning asosiy afzalligi shundaki, u yuqori darajada reja ko’rsatkichlariga asoslangan, voqealar rivojining rejali amalga oshirilishini ta’minlaydi. Iqtisodiyotdagi hozirgi o’zgarishlar sur’ati shunchalik yuqoriki, bunda strategik rejalashtirish o’zini bo’lajak muammo va imkoniyatlarni bashorat qilishning yagona usuli sifatida namoyon qiladi. U firmaning oliy rahbariyatini uzoq muddatli rejalar bilan ta’minlaydi, qarorlarni qabul qilish uchun asos yaratadi, qaror qabul qilishda tavakkalchilikning pasayishiga ta’sir ko’rsatadi, firmaning barcha tarkibiy bo’linmalari va ijrochilarining maqsad va vazifalarini uyg’unlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |