xizmatlar ko‘rsatish darajasi 2 martaga oshirilishi va yalpi hududiy
mahsulotdagi ulushini 51,1 foizga etkazish, viloyatning jami xizmatlari
hajmida qishloq joylardagi xizmatlarining ulushi esa 49,3 foizga
etkazilishiga erishilishi ko‘zda tutilgan.
SHuningdek, dastur asosida xizmat ko‘rsatishning asosiy sohalaridan bo‘lgan,
aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (shu jumladan, mobil aloqa, Internet tarmog‘i,
televizion kabel aloqasi, pochta va elektraloqa bilan ta’minlash xizmatlari)ning
o‘sish sur’atlarini 2012 yilgi ko‘rsatkichlarga nisbatan o‘rtacha 2 baravar,
kompyuter dasturlash (shu jumladan, elektron ta’lim va elektron maslahat)
xizmatlarini esa 1,9 baravarga, moliya xizmatlari 1,9 baravarga, transport
xizmatlari 2,0 baravarga, qurilish xizmatlari 2,0 baravarga, texnologik uskunalarni
ta’mirlash, qishloq xo‘jaligi texnikalarini ta’mirlash, turistik xizmatlar, savdo va
umumiy ovqatlanish xizmatlari, maishiy xizmatlar, ta’lim, sog‘liqni saqlash va
boshqa xizmatlar turlari ham 1,9 - 2,1 baravargacha oshirilishi mo‘ljallangan.
Aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni yanada yaxshilash maqsadida, 4 ta lizing
kompaniyalari filiallarini, 79 ta maxsus omonat kassalari, qishloq joylardagi
terminallar sonini 6093 taga etkazish, 6 ta terminallarni ta’mirlash shahobchalari,
“Samtelekom” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan qo‘shimcha 22 ta baza
stansiyalarini o‘rnatish bilan birga SDMA mobil aloqa standartini rivojlantirish, 15
ta pochta aloqa bo‘limlarida zamonaviy elektron aloqa xizmatlarini tashkil etish,
16 ta qishloq pochta aloqa bo‘limlarini mobil bank terminallari bilan ta’minlash
kabi xizmat ko‘rsatish shaxobchalari tashkil etiladi
SHuningdek chora-tadbirlar kompleksida qishloq joylarda xizmat ko‘rsatish
bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlik sub’ektlariga bank kreditlari berish amaliyotini
kengaytirish (22,1 milliard so‘m) hamda qishloq aholisiga, ayniqsa mebel,
elektrmaishiy va boshqa uy-ro‘zg‘or tovarlari uchun taqdim etiladigan iste’mol
kreditlari hajmini ko‘paytirish nazarda tutilgan.
Viloyatimizning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, turizm
xizmatini rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda jumladan Urgut
tumanida qishloq turizmini rivojlantirish maqsadida "Qoratepa" QFYda turistlar
dam olishi uchun savdo va maishiy xizmatlar infratuzilma ob’ektlarni o‘z ichiga
olgan dam olish maskani, "Ming archa" dam olish maskanini rekonstruksiya qilish,
"Omon-qo‘ton" qishlog‘ida hududida turistlar uchun dam olish kotejlari va lager
tashkil etish, Pastdarg‘om tumanida mehmonxona va Oqdaryo tumani hududida
Milliy avtomagistral bo‘yida turistlar uchun kemping tashkil etish belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |