4.1.rasm.Tashqi muhit omillari.
Biznes va tadbirkorlik firmalari etakchilarining siyosiy jarayonda aktiv ishtirok
etish davlat siyosatining tashkilotlar uchun muhimligining aniq ko’rsatkichidir.
Aniqrog’i, raxbariyat me’yoriy xujjatlarni, uzoq muddatli qo’yilmalarni
moliyalashtirish uchun xukumatning kreditlarini, ishchi kuchini ishga olish bo’yicha
cheklovlarni va ssudani olish imkoniyatlarini, shuningdek boshqa mamlakatlarga
qarshi yo’naltirilgan yoki boshqa davlatlar bilan tuzilgan tariflar va savdo bo’yicha
56
kelishuvlarni kuzatib borish lozim. Hukumat ishbilarmonlik masalalarida doim va
aktiv ishtirok etganligi uchun tashkilotlar siyosiy faoliyatni kuzatib borishlari kerak.
O’zgaruvchan bozor tashki muhiti tashkilotlari uchun doimiy xavotirlanish
soxasini tashkil etadi. Bozor tashqi muhit tahliliga tashkilotning muvaffaqiyat yoki
zarar ko’rishiga bevosita ta’sir ko’rsatuvchi ko’p omillar kiradi. Bu omillarga turli
buyum va xizmatlarning hayot tsikllari, o’zgaruvchan demografik shart-sharoitlar,
bozorga kirishning osonligi, aholi daromadlarining taqsimlanishi va tarmoqdagi
raqobat darajasi kiradi. Misol uchun, AQSh va Kanadada aholi turmush darajasining
oshishi dam olishning yanada afzalroq tovarlariga talabni keltirib chiqadi. Ushbu
talabni qondirib, «Klab Med» singari firmalar katta rivojga erishdi.
70-yillarda Elvin Toffler muomalaga «futuroshok-kelajak shoki» terminini
kiritdi. Toffler «futuroshok»ni individlarga juda qisqa davr ichida juda xaddan
tashqari katta o’zgarishlarni ta’sir ko’rsatishi oqibatida ulardagi dezfientatsiya va
buzg’unchilik stressi kabi aniqlaydi. Texnologik tashqi muhitdagi o’zgarishlar
tashkilotni yutqazuvchi raqobat xolatiga tushirib qo’yishi mumkin. Texnologik tashqi
muhit tahlili eng kamida ishlab chiqarish texnologiyasidagi o’zgarishlarni, tovar va
xizmatlarni loyihalashtirishda va taqdim etishda ehmlarni qo’llashni yoki aloqa
vositalari texnologiyasidagi muvaffaqiyatlar, yutuqlarni hisobga olishi mumkin.
Hamma tashkilotlar ham tezkor ilmiy-texnik progress ta’siriga tushmaydi. Biroq
rahbariyat texnologik tashqi muhitdagi qaysi omillar «futuroshok»ning yaralishiga
olib kelishi mumkinligini aniqlash darkor. Qog’oz paketlarini ishlab chiqaruvchi
tarmoq doim nisbiy barqarorlikka ega bo’lgan. Lekin oxirgi yillarda plastik paketlarni
ishlab chiqarish texnologiyasidagi yutuqlar neft bahosining barqarorlashuvi bilan
birgalikda (plastik buyumlarni ishlab chiqarish neft maxsulotlariga asoslangan) ushbu
tarmoq uchun ma’lum muammolarni keltirib chiqardi. Ushbu muammolarni xal
qilishda kog’oz sanoatining yutug’i qisqa davrda keskin o’zgarishlarga uning aks
ta’sirini ko’zgusi bo’ladi.
Ko’pchilik yirik firmalar va minglab kichik kompaniyalar xalqaro bozorda
faoliyat yuritadilar. Raqobat bugun ushbu kengrok muhitdagi o’zgarishlarni doim
nazorat qilishi va baholashi lozim. Havf va imkoniyatlar xom ashyo materiallariga
oson ega bulish, mamlakatlarda valyuta kurslari va siyosiy qarorlarning o’zgarishi
natijasida vujudga kelishi mumkin.
Firmaning
umumiy
strategiyasi
yoki
xukumat
siyosatining
boshqa
mamlakatlarga taaluqli bo’lgan qismi kompaniya yoki taromqni himoya qilish yoki
kengaytirish bo’yicha harakatlarni ko’zda tutishi mumkin. raqobatchilar tomonidan
tanlangan strategiya oldida firmaning o’z strategiyasi ichki bozorni mustahkamlash,
xorijiy raqiblardan davlat himoyasini izlash yoki xalqaro aktivlikni kengaytirishga
yo’naltirilgan bo’lishi mumkin.
57
Hech qaysi tashkilot o’z raqiblarining mavjud va mumkin bo’lgan aks ta’sirini
e’tiborga olmasligi mumkin emas. Porter Maykl (professor) raqib degan ob’ekt
tahlilini rahbariyat javob berishi kerak bo’lgan aniq savollarga ajratadi: «Raqib
nimaga asoslanib faoliyat yuritmoqda?», «Raqib nima qilyapti?» va «U nima qilishi
mumkin?» raqib tahlilida to’rt diagnostik unsur mavjud: 1) raqiblar kelajak
maqsadlarining tahlili; 2) raqiblar joriy strategiyasini baholash; 3) mazkur raqiblar
faoliyat yuritayotgan tarmoq obzori; 4) raqiblarning kuchli va zaif tomonlarini chuqur
o’rganish. Rahbariyatga ushbu unsurlarni batafsil o’rganishda yordam berish uchun
Porter to’rtta oddiy savolni taklif etadi:
Raqib o’zining hozirgi xolati bilan qoniqadimi?
Raqib strategiyada qanday mumkin bo’lgan, ehtimoliy o’zgarishlarni amalga
oshiradi?
Raqibning zaif tomoni nimada?
Nima raqib tomonidan eng yirik va samarali javob chora-tadbirlarga olib keladi?
Ijtimoiy omillar jamiyatning o’zgarayotgan kutishlari, munosabatlarini o’z
ichiga oladi. Hozirgi kunda muhim omillarga tadbirkorlikka munosabat, jamiyatda
ayollar va milliy kamchiliklarning o’rni, iste’molchilar manfaatla-rini himoya qilish
harakati kiradi. Ba’zida aynan ijtimoiy omillar tashkilot uchun eng katta
muammolarni tug’diradi. Ijtimoiy omillarning o’zgarishlariga samarali aks ta’sir
ko’rsatish uchun korporatsiyaning o’zi yangi atrof muhitga mos-lashgan xolda
o’zgarib borishi lozim.
Tashqi muhit tahlili yordamida tashkilot u mazkur muhitda to’qnashayotgan
havf va imkoniyatlar ro’yxatini tuzishi mumkin. Ro’yxat omillarning ulushi (mazkur
tashkilot uchun har bir omilning ahamiyatini o’zgartirishi uchun) va omilning
tashkilotga ta’sirini baholashni o’z ichiga oladi.
Ro’yxat tahlilidan keyin rahabariyat tashkilotning kuchli va zaif tomonlarini
baholashi lozim. Muvaffaqiyatli boshqaruv uchun rahbariyat tashkilotning ichki
potentsial imkoniyalari va kamchiliklari, shuningdek tashqi muammolari xaqida
to’liq tasavvurga ega bo’lishi shart.
Rahbariyat
to’qnashadigan
keyingi
muammo
bo’lib
firma
tashqi
imkoniyatlardan foydalanishi uchun ichki kuchlarga ega ekanligini, shuningdek
tashki havflar bilan bog’liq bo’lgan muammolarni murakkablashtirish mumkin
bo’lgan ichki zaif tomonlarni aniqlash hisoblanadi. Ichki muammolar diagnozi
amalga oshiriluvchi jarayon boshqaruv tekshiruvi deyiladi. U tashkilotning strategik
kuchli va zaif tomonlarini aniqlash uchun mo’ljallangan metodik baholashdan iborat.
Soddalashtirish maqsadida tekshiruvga beshta funktsiya-marketing, moliya
(buxgalteriya xisobi), operatsiyalar (ishlab chiqarish) inson resurslari, korporatsiya
madaniyati va tarzini kiritish tavsiya etiladi.
58
Marketing funktsiyasini tekshirishda tahlil qilish uchun ettita umumiy soxalar
e’tiborga molik:
1.Bozor ulushi va raqobatbardoshlik;
2.Buyumlar assortimentining turli xilligi va sifati;
3.Bozorning demografik statistikasi;
4.Bozor tekshiruvlari va yangiliklarni ishlab chiqish;
5.Mijozlarga sotuvdan oldin va undan keyin xizmat ko’rsatish;
6.Samarali sotuv, reklama va tovarni bozorga olib kirish;
7.Foyda.
Moliyaviy xolat tahlili tashkilotga foyda keltirishi mumkin va strategik
boshqaruv jarayonining samaradorligini oshirishga yordam berishi mumkin.
Moliyaviy xolatning batafsil tahlili tashkilotdagi mavjud va potentsial ichki zaif
tomonlarni, shuningdek tashkilotning raqiblarga nisbatan xolatini kqrsatishi mumkin.
Moliyaviy faoliyatni o’rganish rahbariyatga uzoq muddatli istiqbolda ichki kuchli va
zaif tomonlarni ochib berishi mumkin. Masalan, «Teksas Instrulonte» firmasi 1983
yilda jiddiy moliyaviy qiyinchiliklarga duch keldi. Ammo batafsil tahlil firma aslida
muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotganini aniqladi. Keyin moliyaviy zona bo’lib
iste’mol tovarlarga guruhi hisoblangan, lekin u kompaniya tadbirkorlik faoliyatining
faqat 6% ni tashkil etgan. Ushbu moliyaviy baholash asosida rahbariyat ushbu bo’lib
moliyaviy faoliyatini yaxshilash maqsadida mablag’larni unga yo’naltirish uchun
fondlarni qayta taqsimlash qarorini qabul qildi.
Firmaning uzoq vaqt davomida hayot kechirishi uchun operatsiyalarni
boshqarish (korxonada ishlab chiqarishni boshqarish)ning uzluksiz tahlili muhim
ahamiyat kasb etadi. Quyida operatsiyalarni boshqarish funktsiyasining kuchli va zaif
tomonlarini tekshirishda javob berish zarur bo’lgan ba’zi savollar keltirilgan:
Biz raqiblarimizga nisbatan o’z tovar yoki xizmatlarimizni pastroq narxda ishlab
chiqarishimiz mumkinmi? Agar yo’q bo’lsa, u xolda nimaga?
Biz bitta mol etkazib beruvchi yoki mol etkazib beruvchilarning cheklangan
soniga bog’liqmizmi?
Bizning uskuna (quvvat)larimiz zamonaviymi?
Xaridlar moddiy zaxiralar miqdori va buyurtmani realizatsiya qilish vaqtini
kamaytirishga mo’ljallanganmi? Kirayotgan materiallar va chiqib ketayotgan
buyumlar ustidan nazorat qilishning adekvat mexanizmlari mavjudmi?
Bizning mahsulotimizga davriy tebranishlar ta’sir ko’rsatadi va bu ishchilarni
vaqtinchalik ishdan bo’shatishga majbur qiladimi?
Bizning raqiblar xizmat ko’rsata olmaydigan bozorlarga biz xizmat ko’rsata
olamizmi?
Biz sifatli nazorat qilish tizimiga egamizmi?
59
Ishlab chiqarish jarayonini biz qanchalik samarali rejalashtirdik va
loyihalashtirdik? U yanada yaxshilanishi mumkinmi?
Tashkilotdagi ko’p muammolarning manbalari oxir-oqibatda insonlarda topilishi
mumkin. Har qanday tashkilotning inson resurslari funktsiyasining kuchli va zaif
tomonlarini tekshirganda bir qator masalalar hisobga olinishi lozim. Quyidagi
jadvalda bugungi kunda tashkilotlar to’qnashayotgan inson resurslari bilan bog’liq
bo’lgan qator muammolar keltirilgan.
Ushbu savollarning har birini batafsil ko’rib chiqish orqali rahbariyat potentsial
zaif sohalarni aniqlashi va muvofik choralarni ko’rishi mumkin. agar rahbariyat
ushbu keltirilgan savollardan bittasini yoki bir nechtasini e’tiborga olmasa, nima
bo’lishi mumkin? Misol sifatida «Vametko» firmasini ko’rib chiqamiz. «Vametko»
ichimliklarni idishlari qo’yish va ularni kinoteatr va turistik muassasalarga etkazib
berish bo’yicha fabrikalarga ega edi. 1983 yilning oxirida «Vametko» 1mlrd. doll. Ga
investitsion firma tomonidan sotib olindi. Sotuv sabablari to’g’risida taxminlar ko’p
bo’lishiga qaramay, birinchi darajali omil bo’lib 50 yil davomida boshqaruv raisi va
«Vametko» ning asoschisi bo’lgan Mitchell Volfsonning vafot etishi xizmat kildi.
Volfson o’zini o’rniga hech kimni tayyorlamagan edi va xodimlarning hech biri u
tomonidan yaratilgan «imperiya»ni boshqara ololmasdi.
Agar tashkilot malakali xodimlarga va yaxshi asoslangan maqsadlarga ega
bo’lgan rahbarlarga ega bo’lsa, u holda tashkilot turli alternativ strategiyalarga amal
qilishi mumkin. Aks holda ushbu zaiflik tashkilotning kelajakdagi faoliyatni havfga
solish ehtimoli katta.
Nixoyat, bevosita yuqori rahbariyat javob beruvchi boshqa omillarni ham ajra-
tish mumkin. Ular firma ichki va tashqi holatining normal faoliyatini saqlab turish
uchun rahbariyat shug’ullanishi lozim bo’lgan muhim masalalarni o’z ichiga oladi.
Bu noan’anaviy omillar tashkilotning uzoq muddatli istiqbolda muvaf-faqiyatli
faoliyat uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ularga korporatsiyaning mada-niyati va
imidji kiradi. Tashkilotdagi atmosfera va iqlim korporatsiya mada-niyati deyiladi.
Madaniyat tashkilotdagi urf-odatlar, an’analarni aks ettiradi. Rahbariyat bu
madaniyatdan ma’lum toifadagi xodimlarni jalb qilish va ma’lum turdagi o’zini
tutishni rag’batlantirish uchun foydalanadi. Korporatsiya imidji xodimlar, mijozlar va
butun jamoat fikri yordamida yaratuluvchi tasavvurga tegishlidir. Bu taassurot
mijozlarni ma’lum firmalardan tovarlarni xarid qilishga rag’batlantiradi.
Firmaning madaniyati va imidji kompaniya obro’si bilan mustahkamlanadi yoki
susayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |