Strategik menejment


-chizma. Maqsadni belgilash va firma strategiyasini shakllantirishdagi



Download 4,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/468
Sana30.12.2021
Hajmi4,87 Mb.
#193129
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   468
Bog'liq
Strategik menejment uzb

3-chizma. Maqsadni belgilash va firma strategiyasini shakllantirishdagi 

harakatlanuvchi guruhlar 

Ichki guruxlar: 

menejerlar; direktorlar 

kengashi; xissadorlar; 

yollanma ishchilar. 

Maqsadni belgilash 

Biznesni aniqlash 

Bosh tizimlar 

Biznes falsafasi 

Tashqi guruhlar: 

iste’molchilar; 

hukumat;        kasaba 

uyushmalari; 

raqobatchilar; jamiyat

Vazifa va mavqeidan kelib chiqib, 

strategiyani ifodalash 



10 

Biznesni aniqlashda quyidagi savollarga javob berish  lozim: 

-bizning biznesimiz nimadan iborat? 

-u qanday bo’ladi? 

-qanday bo’lishi kerak? 

Birgina  biznes  bilan  shug’ullanuvchi  kompaniya  uchun  «Bizning 

biznesimiz nimadan iborat?», degan savolga beriladigan javob quyidagi savollarga 

ham javob topishni taqozo etadi: 

-kimning   ehtiyoji     qondiriladi     (qanday     iste’molchilar guruhlari?) 

-qanday     ehtiyojlar     qondiriladi     (iste’molchilarning     qaysi 

ehtiyojlari?) 

-iste’molchilarning  ehtiyojlari  qanday  qondiriladi  (tajriba  yoki  farq  qiluvchi 

ustunliklar?) 

Diversiyalangan   kompaniya   uchun   «Bizning   biznesimiz   nimadan iborat?», 

degan savol ikki tabaqada ko’rib chiqilishi kerak: 

-xo’jalikning  o’rta  bo’g’inlari  uchun  iste’molchiga  yo’naltirilgan  (birgina 

biznes bilan shug’ullanuvchi kompaniya uchun ham); 

-korporatsiya miqyosidagi xo’jalikning o’rta bo’g’inlari portfeliga yo’naltirilgan. 

Bu esa quyidagilarni o’z ichiga oladi: 

-kompaniya portfelining maqsadlari; 

- xo’jalikning o’rta bo’g’inlari portfeli diversifikatsiyasi; 

- portfeldagi xo’jalikning o’rta bo’g’inlari o’rtasidagi balans. 

Oldiga maqsadlarni qo’yish biznes missiyasining maxsus  maqsadlar qatoriga 

aylanish  jarayonidir.  Ayni  paytda  tashkilotning  har  bir  bo’linmasini  kerakli  tomonga 

yo’naltirish jarayoni ham ana shunday boshlanadi. Maqsadlar menejer muvaffaqiyatga 

erishish uchun muhim deb hisoblagan har bir  muhim  natija  uchun  zarurdir.  Maxsus 

muhim  natijalar  odatda  tarmoqning  miqyosi  va  darajasi,  ishning  rivojlanishi, 

investitsiyalarning  qaytarilishi,  dividendlarning  o’sishi,  bozor  o’lchamlarini,  sifatli 

mahsulot 

yoki 


texnologiya 

peshqadamlikning  obro’-e’tibori,  beqaror  iqtisodiyotda  ishlay  olish  qobiliyati, 

diversifikatsiya  darajasi,  moliyaviy  qudrat,  iste’molchilarga  xizmat  ko’rsatish, 

qiymat bo’yicha raqobatlasha olish qobiliyatini o’z ichiga olishi mumkin. 

Mashhur  kompaniyalarning  o’z  oldiga  qo’ygan  maqsadlaridan  namunalar 

keltiramiz: 

- Federal      Express:      Dunyodagi      eng      katta      va      eng      yaxshi      transport 

kompaniyasi bo’lish; 

- Alcan Aluminum: Eng arzon alyuminiy ishlab chiqaruvchi korxona bo’lish; 

- General  Electric:  Dunyodagi  eng  qudratli  raqobatchi  bo’lish,  kompaniya 

biznesining  har  bir  sohasida  bozordagi  ulush  bo’yicha  birinchi  yoki  ikkinchi  o’rinni 

egallash; 




11 

- Atlas Corp: arzon oltin ishlab chiqaruvchi o’rtacha ishlab chiqaruvchi bo’lish va 

oltin ishlab chiqarish hajmini yiliga 125000 untsiyaga etkazib, 1500000 untsiyaga teng 

oltin zahirasiga ega bo’lish; 

- Black  and  Decker:  yangi  mahsulotlar  chiqarishni  va  biznesni  keng 

qamrovliligini  davom  etgirish.  Bu  erda  ham  uzoq  muddatli,  ham  qisqa  muddatli 

maqsadlar  talab  qilinadi.  Uzoq  muddatli  maqsadlar  ikki  xil  bo’ladi.  Birinchidan,  ular 

uzoq  muddatli  maqsadlarga  erishish  uchun  bugun  nima  qilish  kerakligini  ko’rsatadi, 

ikkinchidan,  bunday  maqsadlarning  mavjudligi  menejerni  bugungi  qarorlarni  qabul 

qilishda uzoq muddatli istiqbolni hisobga olishga undaydi. 

Qisqa  muddatli  maqsadlar  izchillik  bilan  eng  yaqin  kelajakda  qaysi  natijalarga 

zudlik  bilan  erishish  kerakligini  ko’rsatib  beradi.  Ular  tashkilotga  tanlab  olingan 

yo’ldan borish uchun kerak bo’lgan tezlikni ham, qilinishi kerak bo’lgan ishlarning 

talab  qilingan  darajasini  ham  (qachon  va  qanchalik  ko’p  ish  qilish  kerakligini) 

ko’rsatadilar. 

Tashkilotning  maqsad  va  vazifalari  ochiq-oydin  bo’lishi  lozim.  Ba’zi 

kompaniyalarning menejerlari har bir hal qiluvchi natija uchun ma’lum  bir  maqsadni 

belgilaydilar va so’ngra uning sari qat’iy harakat qiladilar. Odatda bunday menejerlar 

umid, iltimos va yaxshi niyatlarga tayanadigan kompaniyalarga qaraganda g’oliblikka 

yaxshiroq  nomzod  bo’ladilar.  Bu  erda  «daromadni  ko’paytirish»,  «xarajatlarni 

kamaytirish», «samaradorlikni oshirish», «savdo hajmini ko’paytirish»  kabi iboralarni 

ishlatmaslik kerak. 

Strategik fikrlash uchun maqsadlar ierarxiyasini rahbarlikning barcha tabaqalari 

uchun har tomonlama belgilab olish muhimdir. Bu barcha menejerlar     uchun vazifalarni 

anikdashdan  tashqari,  ularni  bajarishning  muhimligini  ham  ta’minlaydi  (shu 

maqsadda jarayonda quyi tabaqadagi menejerlar ham ishtirok etadi). 



Maqsadni belgilashda kompaniya paychilari manfaatlarini hisobga olish. 

Paychilar  kompaniyani  kapital  bilan  ta’minlaydilar  va  buning  evaziga  o’z 

investitsiyalaridan  munosib  daromad  olish  ulushini  qo’lga  kiritadilar..  Kompaniyaning 

hissadorlari  uning  qonuniy  mulk  egalari  hisoblanadi.  Binobarin,  ko’pchilik 

korporatsiyalarning 

maqsadi 


xissadorlarning  daromadlarini  imkon  qadar 

ko’paytirishdan iborat. Paychilar o’z kapitallaridan ikki xil yo’l bilan foyda olishadi: 

- dividendlardan; 

- bozor 


ko’lami 

kengayganda 

(aktsiyalarning 

bozor 


narxi 

ortganda) 

kapitalning qiymati ortishidan. 

Kompaniya  uchun  aktsionerlar  daromadini  oshirishning  eng  yaxshi  yuli 

investitsiyalarning  qaytish  tezligini  oshirish  strategiyasidan  foydalanishdir.  Bu  esa 

kompaniya samaradorligini ko’rsatuvchi juda  yaxshi indikator sanaladi. Ya’ni uning 

samaradorligi qanchalik yuqori bo’lca, dividend to’lash qobiliyati shunchalik yuqori 



12 

bo’ladi.  Bundan  tashqari,  investitsiyalarning  tez  qaytishi  kompaniya  aktsiyalariga 

bo’lgan talabning kuchayishiga ham olib keladi. 


Download 4,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   468




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish