oluvchi korxona byudjetga qancha miqdorda qo’shimcha qiymat solig’ini to’laydilar?
mansabparast bo’lib, kombinat ishi ko’rsatkichlarini yuqoriga ko’tarish niyatida
287
Direktor Yaponiyada bo’lgaida stol tennisi uchun raketkalar ishlab chiqarish
bo’yicha litsenziya bilan qaytdi. Raketkalar ishlab chiqarish g’oyasi uni juda
qiziqtirib qoldi. Bu juda keng iste’mol extiyojiga ega bo’lgan tovar, bozorda yaxshi
raketkalar yo’q, xatto sifatsizlari xam kam degan xulosaga kelgan, o’zi xam tennis
ishqibozi bo’lgan yosh raxbar asosiy ishlab chiqarishga xech qanday putur
etkazmaydigan maxsulotni ishlab chiqarishga axd qildi.
Raketkalar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish qiyin emas, mebel tayyorlovchilar
raketkani tayyorlashni tez o’zlashtirib oladilar, xom-ashyo asosiy ishlab chiqarish
uchun zarur bo’lgan maxsulotdan iborat, xatto raketkalarni chiqindilardan xam ishlab
chiqarsa bo’ladi, deb qaror qildi yosh raxbar.
O’z maslakdoshlari: bosh injener, reja bo’limi xodimi va buxgalterni yig’ib,
o’zaro maslaxatlashib olishdi. Bu ish samarali bo’ladi, degan xulosa qilindi. Yiliga
million dona raketka ishlab chiqarilsa, ish xaqi xam bir necha millionni tashkil qiladi,
deb xom cho’t qilindi.
Lekin bu mutaxassislarni qanday raketkalarni, qancha miqdorda ishlab chiqarish
o’ylantirib qo’ydi. Yaponiya litsenziyasiga ko’ra ikki turdagi: qimmat- yuqori sifatli
va arzonroq – sifati xam shunga yarasha raketkalar ishlab chiqarish ko’zda tutilgan.
Qaysi turini va qancha miqdorda ishlab chiqarish foyda olib keladi? Degan savol
ularni qiynab qo’ydi.
Qimmat raketkalar albatta ko’p foyda olib keladi, lekin ular ommaviy extiyojga
ega bo’ladimi? Qimmatlarini ko’p miqdorda ishlab chiqarsak, bir qismi sotilmay
qolishi mumkin. Arzonidan ko’p ishlab chiqarsak, sifatli, qimmat raketkani
xoxlovchilar uchun bunday raketkalar etmay qolishi mumkin. Shu bilan birga pulni
yo’qotish tavakkalchiligi xam istisno emas, degan fikrlar mebel kombinati raxbari va
mutaxassislarini qiynab qo’ydi.
- kelinglar avvaliga qimmat raketkalarni uncha ko’p bo’lmagan miqdorda ishlab
chiqaramiz, tavakkalchilikdan yo’qotishni xam minimallashtiramiz dedi, extiyotkor
buxgalter.
- Men bu fikrga qo’shilmayman dedi bosh muxandis. Men ishlab chiqarish
xajmini yarmini qimmat raketkalar tashkil qilishi kerak, deb xisoblayman. Shunda
yaxshigina daromad qilamiz. Albatta bu qaror xam tavakkalchilikka asoslangan,
lekin tavakkal qilmagan odam xech qanday yutmaydi, deb o’z fikrini ma’qulladi.
- Rejalashtirish bo’limi boshlig’i, tajribalariga asoslangan xolda, qarorni “oltin”
o’rtasini qabul qilish, ya’ni ko’p xam emas, kam xam emas darajada ishlab chiqarish
kerak dedi.
Savol: Yosh raxbar qanday qaror qabul qilishi lozim?
5. A- savdo firmasi B savdo firmasi bilan 100 mln.so’m miqdorga teng bo’lgan
maxsulot partiyasini sotishi to’g’risida shartnoma tuzdi. Shartnomaga ko’ra, agarda A
288
firma shartnoma shatrlarini buzsa, o’z vaqtida tovarni etkazib bermasa, B firmaga
shartnoma summasining 10 %i miqdorida ya’ni, 10 mln.so’m jarima to’lashi
keltirilgan. B firma bir vaqtni o’zida boshqa V firmasi bilan sotib olmoqchi bo’lgan
tovarini 2 barobar qimmatga sotish maqsadida, ya’ni 200 mln.so’mga shartnoma
tuzadi.
+ 10 mln.so’m
- 10 mln.so’m
+ 20 mln.so’m
A
V
100 mln.so’m
200 mln.so’m
10%-10 mln.so’m 10%-20 mln.so’m
B
Bu shartnomada xam B firma tomonidan V firmaga shartnoma sharti buzilganda
10 % jarima to’lash keltirilgan, ya’ni 200 mln.so’mdan 10 % , 20 mln.so’m. Afsuski,
B firma A va V firmalar o’zaro kelishib olganidan bexabar edi. Kelishuvga ko’ra, A
firma B firmaga maxsulot sotish shartini buzib, unga shartnomaga ko’ra 10 mln.so’m
jarimani to’laydi. Xech qanday maxsulot sotib ololmagan B firma V firmaga
shartnomaga ko’ra tovar etkazib bermaganligi, va shartnoma shartini buzganligi
uchun 20 mln.so’m jarima to’lashga majbur bo’ladi. A va V firmalar bunday
“nopok” kelishuvdan tushgan mo’may pulni o’zaro teng bo’lishib olishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: