Mustaqil ta’lim uchun topshiriqlar
2-MAVZU. STRATEGIYA YARATISHNING VAZIFALARI KEYS
STADI
1.Jismoniy eskirish natijasida tovar narxi, uning foizi bir xil miqdorga
kamaydi.
Savol:
Tovarning dastlabki qiymati qancha bo‘lgan?
2.
Korxonaning maxsulot, ishlar va xizmatlar realizatsiyasidan tushgan yillik
daromadi 100 mln. so‘mni tashkil qildi. Realizatsiya operatsiyalaridan tashqari
tushgan daromad 150 mln. so‘mni tashkil etdi. Korxonaning realizatsiya va
realizatsiyadan tashqari operatsiyalarga xarajati 90 mln. so‘mni va ish xaqiga
xarajatlar 50 mln. so‘mni tashkil etadi.
Savol:
Quyidagi ko‘rsatkichlarni xisoblang:
1. Yalpi daromad
2. Foydaning soliqqa tortiladigan qismi
3. Foyda solig‘i (35 % soliq)
4. Sof foyda
5. Byudjetga to‘lovlar, ish xaqi fondidan (39 % hisobidan)
3.
Korxona ta‘minotchi korxonadan 240 mln. so‘mlik maxsulotni sotib oldi.
Bu maxsulotni boshqa korxonalarga 300 mln. so‘mga sotadi.
Savol:
Qo‘shimcha qiymat solig‘i 20 % bo‘lganda ta‘minotchi korxona va
sotib oluvchi korxona byudjetga qancha miqdorda qo‘shimcha qiymat solig‘ini
to‘laydilar?
4.
Davlat tasarrufidan chiqarilgan mebel ishlab chiqaruvchi kombinatga,
jamoa tomonidan saylangan yosh mutaxassis raxbar bo‘ldi. U o‘ziga ishongan,
mansabparast bo‘lib, kombinat ishi ko‘rsatkichlarini yuqoriga ko‘tarish niyatida
yonib ish boshladi.
Direktor Yaponiyada bo‘lgaida stol tennisi uchun raketkalar ishlab chiqarish
bo‘yicha litsenziya bilan qaytdi. Raketkalar ishlab chiqarish g‘oyasi uni juda
qiziqtirib qoldi. Bu juda keng iste‘mol extiyojiga ega bo‘lgan tovar, bozorda yaxshi
raketkalar yo‘q, xatto sifatsizlari xam kam degan xulosaga kelgan, o‘zi xam tennis
ishqibozi bo‘lgan yosh raxbar asosiy ishlab chiqarishga xech qanday putur
etkazmaydigan maxsulotni ishlab chiqarishga axd qildi.
Raketkalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish qiyin emas, mebel
tayyorlovchilar raketkani tayyorlashni tez o‘zlashtirib oladilar, xom-ashyo asosiy
ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan maxsulotdan iborat, xatto raketkalarni
chiqindilardan xam ishlab chiqarsa bo‘ladi, deb qaror qildi yosh raxbar.
189
O‘z maslakdoshlari: bosh injener, reja bo‘limi xodimi va buxgalterni yig‘ib,
o‘zaro maslaxatlashib olishdi. Bu ish samarali bo‘ladi, degan xulosa qilindi. Yiliga
million dona raketka ishlab chiqarilsa, ish xaqi xam bir necha millionni tashkil
qiladi, deb xom cho‘t qilindi.
Lekin bu mutaxassislarni qanday raketkalarni, qancha miqdorda ishlab
chiqarish o‘ylantirib qo‘ydi. Yaponiya litsenziyasiga ko‘ra ikki turdagi: qimmat-
yuqori sifatli va arzonroq – sifati xam shunga yarasha raketkalar ishlab chiqarish
ko‘zda tutilgan.
Qaysi turini va qancha miqdorda ishlab chiqarish foyda olib keladi? Degan
savol ularni qiynab qo‘ydi.
Qimmat raketkalar albatta ko‘p foyda olib keladi, lekin ular ommaviy
extiyojga ega bo‘ladimi? Qimmatlarini ko‘p miqdorda ishlab chiqarsak, bir qismi
sotilmay qolishi mumkin. Arzonidan ko‘p ishlab chiqarsak, sifatli, qimmat
raketkani xoxlovchilar uchun bunday raketkalar etmay qolishi mumkin. Shu bilan
birga pulni yo‘qotish tavakkalchiligi xam istisno emas, degan fikrlar mebel
kombinati raxbari va mutaxassislarini qiynab qo‘ydi.
-
kelinglar avvaliga qimmat raketkalarni uncha ko‘p bo‘lmagan miqdorda
ishlab chiqaramiz, tavakkalchilikdan yo‘qotishni xam minimallashtiramiz dedi,
extiyotkor buxgalter.
-
Men bu fikrga qo‘shilmayman dedi bosh muxandis. Men ishlab chiqarish
xajmini yarmini qimmat raketkalar tashkil qilishi kerak, deb xisoblayman. Shunda
yaxshigina daromad qilamiz. Albatta bu qaror xam tavakkalchilikka asoslangan,
lekin tavakkal qilmagan odam xech qanday yutmaydi, deb o‘z fikrini ma‘qulladi.
-
Rejalashtirish bo‘limi boshlig‘i, tajribalariga asoslangan xolda, qarorni
―oltin‖ o‘rtasini qabul qilish, ya‘ni ko‘p xam emas, kam xam emas darajada ishlab
chiqarish kerak dedi.
Savol:
Yosh raxbar qanday qaror qabul qilishi lozim?
1.
A- savdo firmasi B savdo firmasi bilan 100 mln.so‘m miqdorga teng bo‘lgan
maxsulot partiyasini sotishi to‘g‘risida shartnoma tuzdi. Shartnomaga ko‘ra, agarda
A firma shartnoma shatrlarini buzsa, o‘z vaqtida tovarni etkazib bermasa, B
firmaga shartnoma summasining 10 %i miqdorida ya‘ni, 10 mln.so‘m jarima
to‘lashi keltirilgan. B firma bir vaqtni o‘zida boshqa V firmasi bilan sotib olmoqchi
bo‘lgan tovarini 2 barobar qimmatga sotish maqsadida, ya‘ni 200 mln.so‘mga
shartnoma tuzadi.
190
+ 10 mln.so‘m
- 10 mln.so‘m
+ 20 mln.so‘m
A
V
100 mln.so‘m
200 mln.so‘m
10%-10 mln.so‘m 10%-20 mln.so‘m
B
Bu shartnomada xam B firma tomonidan V firmaga shartnoma sharti
buzilganda 10 % jarima to‘lash keltirilgan, ya‘ni 200 mln.so‘mdan 10 % , 20
mln.so‘m. Afsuski, B firma A va V firmalar o‘zaro kelishib olganidan bexabar edi.
Kelishuvga ko‘ra, A firma B firmaga maxsulot sotish shartini buzib, unga
shartnomaga ko‘ra 10 mln.so‘m jarimani to‘laydi. Xech qanday maxsulot sotib
ololmagan B firma V firmaga shartnomaga ko‘ra tovar etkazib bermaganligi, va
shartnoma shartini buzganligi uchun 20 mln.so‘m jarima to‘lashga majbur bo‘ladi.
A va V firmalar bunday ―nopok‖ kelishuvdan tushgan mo‘may pulni o‘zaro teng
bo‘lishib olishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |