Strategik menejment


MUSTAQIL TA‟LIM UCHUN MATERIALLAR



Download 5,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/208
Sana26.03.2022
Hajmi5,08 Mb.
#511463
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   208
Bog'liq
strategik menezhment umk 2020

MUSTAQIL TA‟LIM UCHUN MATERIALLAR 
 
5-Mavzu: STRATEGIYA VA RAQOBATCHILIK USTUNLIGI KEYS 
STADI 
Davlat tasarrufidan chiqarilgan mebel ishlab chiqaruvchi kombinatga, jamoa 
tomonidan saylangan yosh mutaxassis raxbar bo‘ldi. U o‘ziga ishongan, 
mansabparast bo‘lib, kombinat ishi ko‘rsatkichlarini yuqoriga ko‘tarish niyatida 
yonib ish boshladi. 
Direktor Yaponiyada bo‘lgaida stol tennisi uchun raketkalar ishlab chiqarish 
bo‘yicha litsenziya bilan qaytdi. Raketkalar ishlab chiqarish g‘oyasi uni juda 
qiziqtirib qoldi. Bu juda keng iste‘mol extiyojiga ega bo‘lgan tovar, bozorda yaxshi 
raketkalar yo‘q, xatto sifatsizlari xam kam degan xulosaga kelgan, o‘zi xam tennis 
ishqibozi bo‘lgan yosh raxbar asosiy ishlab chiqarishga xech qanday putur 
etkazmaydigan maxsulotni ishlab chiqarishga axd qildi. 
Raketkalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish qiyin emas, mebel 
tayyorlovchilar raketkani tayyorlashni tez o‘zlashtirib oladilar, xom-ashyo asosiy 
ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan maxsulotdan iborat, xatto raketkalarni 
chiqindilardan xam ishlab chiqarsa bo‘ladi, deb qaror qildi yosh raxbar. 
O‘z maslakdoshlari: bosh injener, reja bo‘limi xodimi va buxgalterni yig‘ib, 
o‘zaro maslaxatlashib olishdi. Bu ish samarali bo‘ladi, degan xulosa qilindi. Yiliga 
million dona raketka ishlab chiqarilsa, ish xaqi xam bir necha millionni tashkil 
qiladi, deb xom cho‘t qilindi. 
Lekin bu mutaxassislarni qanday raketkalarni, qancha miqdorda ishlab 
chiqarish o‘ylantirib qo‘ydi. Yaponiya litsenziyasiga ko‘ra ikki turdagi: qimmat- 
yuqori sifatli va arzonroq – sifati xam shunga yarasha raketkalar ishlab chiqarish 
ko‘zda tutilgan. 
Qaysi turini va qancha miqdorda ishlab chiqarish foyda olib keladi? Degan 
savol ularni qiynab qo‘ydi. 
Qimmat raketkalar albatta ko‘p foyda olib keladi, lekin ular ommaviy 
extiyojga ega bo‘ladimi? Qimmatlarini ko‘p miqdorda ishlab chiqarsak, bir qismi 
sotilmay qolishi mumkin. Arzonidan ko‘p ishlab chiqarsak, sifatli, qimmat 
raketkani xoxlovchilar uchun bunday raketkalar etmay qolishi mumkin. Shu bilan 
birga pulni yo‘qotish tavakkalchiligi xam istisno emas, degan fikrlar mebel 
kombinati raxbari va mutaxassislarini qiynab qo‘ydi. 
-
kelinglar avvaliga qimmat raketkalarni uncha ko‘p bo‘lmagan miqdorda 
ishlab chiqaramiz, tavakkalchilikdan yo‘qotishni xam minimallashtiramiz dedi, 
extiyotkor buxgalter. 
-
Men bu fikrga qo‘shilmayman dedi bosh muxandis. Men ishlab chiqarish 


198
xajmini yarmini qimmat raketkalar tashkil qilishi kerak, deb xisoblayman. Shunda 
yaxshigina daromad qilamiz. Albatta bu qaror xam tavakkalchilikka asoslangan,
lekin tavakkal qilmagan odam xech qanday yutmaydi, deb o‘z fikrini ma‘qulladi. 
-
Rejalashtirish bo‘limi boshlig‘i, tajribalariga asoslangan xolda, qarorni 
―oltin‖ o‘rtasini qabul qilish, ya‘ni ko‘p xam emas, kam xam emas darajada ishlab 
chiqarish kerak dedi. 

Download 5,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish