X avlod
o‘zidan oldingi demografik portlash avlodiga va
o‘zidan keyingi Milleniallarga nisbatan unchalik sezilarli bo‘lmagan iste’molchilar
guruhini tashkil etadi. SHunga qaramasdan, ular doim muvaffaqiyatga erishish uchun
harakat qilishadi, boshqa guruh a’zolariga nisbatan kamroq boylik orttirishga
tirishishadi; ular xarid qilingan narsani emas, balki tajribani ko‘proq qadrlashadi.
Aksariyat
X avlod
vakillari uchun oila – farzandlari hamda qari ota-onalari –
muhimligi bo‘yicha birinchi o‘rinda, karera esa ikkinchi o‘rinda turadi. Marketing
nuqtai nazaridan olganda,
X avlod
vakillari hamma narsaga shubha bilan qarashadi.
Biror narsani xarid qilishdan oldin, ular mahsulotni yaxshilab o‘rganib chiqishadi,
ularga miqdordan ko‘ra sifatni afzal ko‘rishadi va qoida hamda an’analarga zid
bo‘lgan marketing xiylalarigauchishmaydi.
Internet asrida birinchilardan bo‘lib ulg‘aygan
X avlod
vakillari yangi
texnologiyalarning foydali tomonlarini tezda o‘rganib oluvchi yuqori-
kommunikatsiyalarni o‘zida aks ettirgan avlod hisoblanadi. Bu avlod vakillarining
taxminan 40 foizi smartfonlardan va 11 foizi planshetlardan foydalanishadi.
Internetdagi
X avlod
vakillarining 74 foizi Internetdan bank xizmatlari uchun, 72
foizi Internetdan o‘z ilmiy ishlari uchun, 72 foizi esa Internetdan kompaniya va
mahsulotlar izlanishlari uchun foydalanishadi va yana 81 foizi Internetda xaridlarni
amalga oshirishgan. Ularning to‘qson besh foizidan ko‘prog‘i Facebook ijtimoiy
tarmog‘ida o‘z sahifasiga ega.
X avlod
vakillari ulg‘ayishdi va endi ular boshqalarga g‘amxo‘rlik qilishadi.
Ular turmush demografik portlash vakillarining hayot tarzi, madaniyati va
qadriyatlarini borgan sari chetga chiqarishmoqda. Ular karera pillapoyasida yuqoriga
qarab harakat qilishmoqda va ularning ko‘pchiligi kattalashib borayotgan oilaning
boshlig‘i hisoblanishadi. Ular hozirgi kungacha bo‘lgan avlodlar orasida eng
o‘qimishli hisoblanishadi va juda yuqori yillik xarid qobiliyatiga egadirlar. Ular
o‘rtacha xarajatlarga nisbatan uy xarajatlariga 62 foiz, kiyim-kechakka 50 foiz va
ko‘ngilochar xizmatlarga 27 foizdan ko‘proq xarajat qilishadi. Lekin
X avlod
vakillari demografik portlash davri
vakillari kabi ortib borayotgan iqtisodiy
bosimga
duch
kelishmoqda.
Bu
kunlarda hamma qatorida ular ham
ehtiyotkorlik bilan xarajat qilishmoqda.
SHunga qaramasdan, ko‘pgina
brend va tashkilotlar o‘z diqqatini
bunday katta potensialga ega
X avlod
vakillariga qaratgan. Misol uchun,
75
Dairy Queen firmasi o‘z mahsulotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri
X avlod
vakillariga
qaratgan, bunda kompaniyaning marketing shiorlari bu avlod vakillari oilaviy holati
va hazil-mutoyibani tushunishiga mos ravishda tanlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |