Kimyo uyushmasinnig ishlab chiqarilgan mahsulotlar sotilgan so’ng ularning
hisob raqamiga 47 mlrd.so’m mablag’ kelib tushdi. Ular sotilgan mahsulotlarni
tayyorlash uchun 41 mlrd.so’m xarajat qilgan edilar. Undan tashqari transport ishlari
320
MUSTAQIL TA’LIM UCHUN MATERIALLAR
12-mavzu
Misollar
1
.Bank 8 % yillik ustama xisobidan 100 mln. so’m mijozga ssuda berdi.
Savol:
3 oydan so’ng (foizlardan foizlarni xisobga olmaganda) bankning
daromadi qancha bo’ladi?
2.
Korxona 100 mln. so’mga teng shaxsiy kapitalga ega bo’lib, u yana bankdan
yillik 10 % lik ustama bilan 50 mln. so’m kredit olmoqchi. Rejaga asosan foyda 30 %
ni tashkil qiladi.
Savol:
Tadbirkorning daromadi qanchaga teng bo’ladi?
3.
Sizning 100 mln. so’mga teng kapitalingiz bor. Siz bu mablag’ni ikki
alternativ soxaga qo’yishingiz mumkin, ya’ni kinofilm ishlab chiqarishga va savdoga;
Kinofilm ishlab chiqarishga sarf qilishning muvafaqqiyati extimolligi 0,2 ga,
savdoniki 0,7 ga teng;
Kinofilmga sarf qilingan xarajatlarning muvafaqqiyatsizligi extimolligi -0,5 ga,
savdoniki 0,3 ga teng;
Muvafaqqiyatga qozonganda kinofilm 90 %, savdo esa 30 % daromad beradi.
Savol:
Qaysi soxaga pul qo’yish ko’proq daromad beradi?
4.
Jamg’arma bank 100 ming so’mdan ortiq pul qo’yilmalari bo’yicha
quyidagicha ustama xaq e’lon qildi:
- bir yildan kam bo’lmagan muddatga 150 % yillik daromad;
- olti oydan kam bo’lmagan muddatga – 130 % yillik daromad;
- uch oydan kam bo’lmagan muddatga – 120 % yillik daromad.
Savol:
Sizni 100 ming so’mingiz bor, bu pulni qaysi jamg’arma shakliga qo’yish
samarali bo’ladi?
5.
Siz 100 mln. so’mni lotoreya o’yinini tashkil qilish va o’tkazishga sarf
qilmoqchisiz. Lotoreya shartiga ko’ra katta xajmdagi pul yutuqlari chiqarilgan
lotoreya biletlarining bir qismini tashkil etadi. Lotoreya biletlarining soni 10 mln.
dona. Bir dona lotoreya biletining narxi 1000 so’m. “Baxtli bilet” yutug’i 1 mln.
so’mga teng. Siz 30 % foyda olishni ko’zlayapsiz.
Savol:
Bir dona lotoreya bileti sotib olganda, yutish extimolligi qanday bo’ladi?
6.
Maxsulotlarni sotishdan tushgan tushum 10000 pul birligiga teng.
Moddiy sarf xarajatlar 5000 pul birligiga teng.
321
Qo’shimcha xarajatlar – 1000 p.b.
Foydadan soliq stavkasi 32 % ni tashkil qiladi.
Savol:
Foyda, foyda solig’i va sof foyda nimaga teng?
7.
Asosiy fondlarning sotuv baxosi 100000 pul birligiga teng. Asosiy
fondlarning boshlang’ich qiymati 1000000 so’m. Asosiy fondlarning bir yillik
eskirish chegirmasi 10 % ga teng.
Asosiy fondlardan foydalanish muddati 4 yil.
Inflyatsiya indeksi 10.
Savol:
Asosiy fondlarni sotishdan tushadigan foyda va asosiy fondlarni qoldiq
qiymati qanchaga teng?
8.
Siz bankdan 10 oy muddatga 1 mln. so’m kredit oldingiz. Oylik krendit
stavkasi 30 % ga teng. Foizini xisoblash oddiy usulidan foydalaning.
Savol:
Siz kredit uchun qancha foiz ustama xaq to’lashingiz kerak?
9.
Sizga quyidagi bitimni taklif qilishdi:
- siz bankka pul qo’ysangiz bu mablag’ xar oyda ikki barobar oshadi (ya’ni
birinchi oy oxiriga kelib u 2 barobar, ikkinchi oy oxiriga kelib 4 barobar va xakozo)
- bitimga ko’ra siz xar oy bankka 2400 p.b. to’lashingiz kerak, ya’ni bank xar oy
oxirida pulingiz 2 barobar o’sganda 2400 p.b. ni ushlab qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: