XIZMATLAR MENEJMENTI STRATEGIYASI
Reja:
1.
Servisni tashkillashtirishni tarmoqli turi
2.
Servis sohasidagi korxonalar turlari
3.
Iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish jarayoni
4.
Xizmat ko‘rsatish shakllari
1. Servisni tashkillashtirishni tarmoqli turi
Servisni, xususan uni ijtimoiy va madaniy turlarini rivojlantirishda, jamiyat
to‘liq tijoratlashtirishni va davlat tomonidan ma’muriy majburlashni chetlab
o‘tishiga harakat qiladi.
Hukumatni davlat va regional organlariga servis biznesini iste’molchi va ishlab
chiqaruvchilarini bozor jarayonlarida teng imkoniyatli ishtirokini ta’minlovchi
ijtimoiy – huquqiy mexanizmlarini rivojlantirish imkoniyati yuklatiladi. Bunday
mexnanizmlar turli resurslarni foydali va zarar bilan ishlovchi servis faoliyati
segmentlari o‘rtasida, past narxlari ishlab chiqarish xarajatlarini qoplay olmaydigan
tijorat strukturalariga (turar – joy, komunal xo‘jaligi, transport darsliklarni nashr
etish va sotish va boshqalar) subsidiya ajratish yo‘li bilan qayta taqsimlash imkonini
beradi.
Monopolizi zarar keltiruvchi joylarda (savdo, umumiy ovqatlanish va
boshqalar) yo‘qotiladi, jamiyat uchun muhim bo‘lgan monopol strukturalar
(elektroenergetika kompaniyalari, transportchilar xizmatlari va boshqalar) esa
qo‘llab – quvvatlab turiladi. Ko‘pgina mamlakatlarda davlat iste’molchi uchun tekin
jamiyat xizmatlarini bajaruvchi notijorat tashkilotlari (oliygohlar, tibbiy
sog‘lomlashtirish markazlari, madaniy tashkilotlar ishi) faoliyatiga faol aralashadi.
Hozirgi zamonaviy xizmatlar o‘zgarayotgan hayot sharoitiga nisbatan
egiluvchan bo‘lib, iste’molchilar so‘roviga elastik moslashish strategiyasiga ega.
Bunga bu sohadagi biznesni qo‘yidagi xususiyatlari ko‘maklashadi:
kapital va investitsiyani yuqori aylanuvchanlik tezligi;
nisbatan qisqa ishlab chiqarish sikllari;
yangi ishni tashkillashtirish uchun unchalik ko‘p bo‘lmagan boshlang‘ich
kapitalni zarurligi;
servisni ko‘pgina sohalaridagi biznesni nisbatan yuqori foydaliligi.
Hozirda servis faoliyati nafaqat birinchi va ikkinchi sektorlarda paydo
bo‘layotgan ko‘pgina innovatsiyalarni moslashtirib oladi va balkim iqtisodiy va
ijtimoiy amaliyotni barcha sohalarini faollashtiruvchi innovatsiyalarni ishlab
chiqaruvchisi ham hisoblanadi.
190
XX asrni 60 yillaridan keyin tadbirkorlik tarmoqlari keng rivojlana boshladi.
Firmalararo tadbirkorlik tarmoqlari deganda, ma’lum sonli mustaqil firmalar
o‘rtasidagi munosabatlar to‘plami tushuniladi, ular shu firmalar tomonidan ishlab
chiqiladi va ularga o‘z biznesini umumiy jihatlarini o‘ziga xos tarzda rostlash
imkonini beradi. Bunda firmalararo bog‘liqlik, bu firmalarni bir butun integrallashgan
tashkilotga birlashuvidan va o‘z faoliyatini xaotik muvofiqlashtirishdan farq qiladi.
Bu tarmoqlarda shu davlatda amal qilayotgan qonunlarga asoslangan ko‘pgina ichki
qoidalar va erkin holda qabul qilingan majburiyatlar ishlab chiqiladi.
Tarmoqga birlashgan firmalar o‘zaro kelishilgan holda raqobat jangini bir butun
sohasi sifatida faoliyat yuritishi mumkin. Tarmoq sheriklarni ko‘pgina faoliyat
sohalarida erkinlik beradi va ayni shu vaqtda nazoratga ajratilgan xarajatlarni
kamaytiradi. Tashkillashtirishni tarmoqli shakli turli resurslarni tejamkorona
sarflanishiga olib keladi.
Tarmoqlarga asoslangan tashkillashtirish shakliga o‘tishda quyidagi omillar
hisobga olinadi:
nou – xau va tashkiliy egiluvchanlikga bo‘lgan yuqori talab;
bozor noananiqligini pasaytirish zaruriyati;
yuqori texnologiyali sanoat bazasini rivojlantirish muhimligi;
ijtimoiy va madaniy tipdagi turli tuman ishchilarni boshqarish zaruriyati.
Firmalararo tarmoqlarni quyidagi turlari mavjud:
qo‘shma korxona;
franchayzing;
konsoritsium;
komersiyali tijoratli kelishuv;
subpodryadlar bo‘yicha ishlar bajarish;
personal tarmoqlar.
Tadbirkorlik tarmoqlariga qo‘yidagi konstruktiv sifatlar xos:
dinamizm – o‘zgarayotgan vaziyatga moslasha olish;
ko‘p o‘lchovlilik – turli faoliyat strategiyasi uchun muhit yaratish;
yashovchanlik, tarmoqlarni uni bir qismi buzilganda ham o‘z-o‘zini rostlay
olishi.
Zamonaviy iqtisodiy amaliyotda tadbirkorlik tarmoqlarini, intensiv rivojlanishi
turli masshtabdagi mustaqil firmalarni yo‘qolib ketishini anglatmaydi. Hozirgi paytda
juda katta va katta servis korxonalari mayda biznes, jumladan juda mayda firmalar
bilan birlashini afzal ko‘rishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |