1.O’zbekistonda ta’lim tizimining xususiyatlari, uzluksiz ta’lim tizimining
shakllanishi, uning asosiy bosqichlari.
Boshqaruv nazariyasi nisbatan yangi fan tarmog‘i bo‘lib, ob’ektiv borliqni ilmiy
bilishga asoslanadi. U o‘z faoliyatini bir qator tabiiy va ijtimoiy fanlar zaminida
ko‘radi. Boshqaruv jarayonining mohiyati va qonunlarini aniqlash, bu jarayonda sodir
bo‘ladigan munosabatlarni ochib berish, uning tizimini ishlab chiqish va boshqaruv
sub’ektining asosiy tamoyillarini ishlab chiqish boshqaruv nazariyasining
vazifalaridir.
Demak, mehnatning har qanday shakli boshqaruvchiga ma’lum darajada muhtojdir.
Boshqaruvchi o‘z jamoasi ishlarini bir-biriga muvofiqlashtiradi.
Boshqaruvchi ishlab chiqarish organizmning mustaqil a’zolari harakatidan farq qilib,
butun organizm harakatidan kelib chiqadigan umumiy vazifalarni bajaradi. Obrazli qilib
aytganda yakka skripkachi o‘zini-o‘zi idora qiladi. Lekin orkestr dirijyorga muhtojdir.
Demak, to‘g‘ri boshqaruvning muhim sharti - boshqaruvchining, ya’ni rahbarning
faoliyatidir.
Boshqaruvning mohiyati ob’ektiv va sub’ektiv shart-sharoitlarini shunday nisbatda
uyg‘unlashtirishni ta’minlashdan iboratdir, bu mo‘ljallangan maqsadga erishish imkonini
beradi. Shuning uchun yaxshi rahbar odamlarga kamroq buyruq beradi, buning o‘rniga
ularning mehnat faoliyati uchun zarur bo‘lgan samarali sharoit yaratadi.
Ta’lim-tarbiya tizimini zamon talablari darajasiga ko‘tarish, kadrlar
tayyorlashning yangi tizimini barpo etish, har tomonlama sog‘lom va barkamol,
salohiyatli avlodni tarbiyalash maqsadida “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi (1997 yil 29 avgustda) qabul qilindi. Qonun va dastur
talablarini hayotga tatbiq etish ishlari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi etib
belgilandi. SHu asosda qonunosti hujjatlari ishlab chiqildi. Markaziy Osiyo
mamlakatlari orasida birinchi bo‘lib milliy ta’lim tizimini ifoda etgan va ta’limning
o‘zbek modeliga xos davlat ta’lim standartlari (DTS) ishlab chiqildi va amaliyotga
kiritildi. Shu asnoda ta’lim-tarbiya olishning huquqiy asoslari yaratildi. 2009 yildan
115
boshlab 12 yillik majburiy ta’lim joriy etildi. Bugungi kunda Kadrlar tayyorlash
milliy dasturini amalga oshirish natijasida qabul qilingan dasturga muvofiq,
mamlakatimizda o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limini o‘z ichiga olgan 12 yillik
ta’lim tizimiga o‘tish ishlari yakunlandi.
O’zbekistonda ta’lim tizimi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi”asosida amalga oshiriladi.“Ta’lim to’g’risida”gi Qonun
fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslarini
belgilaydi hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini
ta’minlashga qaratilgan.
Ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonundan hamda boshqa qonun
hujjatlaridan iborat.
Qoraqalpog‘iston
Respublikasida
ta’lim
sohasidagi
munosabatlar
Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida ta’lim to‘g‘risidagi
qonun hujjatlaridagidan o‘zgacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma
qoidalari qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |