Strategik marketing - 1) asosiy iste’molchilar guruhlari talab va ehtiyojlarini
muntazam, sistemali tahlil qilish, shuningdek, kompaniyaga haridorlarning tanlab
olingan guruhlariga raqobatchilarga qaraganda yaxshirok xizmat ko‘rsatish va shu
tariqa raqobatchilik ustunligiga ega bo‘lish imkonini beruvchi tovar va xizmatlar
konsepsiyasini ishlab chiqish; 2) tashkilotlar va jismoniy shaxslar ehtiyojlarini tahlil
qilish; 3) firmaning maqsadlarini belgilab olish, rivojlanish strategiyasini ishlab
chiqish va muvozanatlangan tovar portfeli tuzilmasini ta’minlash; 4) strategik
majmua-miks hamda muntazam o‘zgarib turuvchi marketing muhiti omillarini
hisobga olgan holda firmaning tovar, narx, kommunikasiya, taqsimlash va sotish
sohasidagi strategik siyosatining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish jarayoni.
Do'stlaringiz bilan baham: |