Strategik marketing



Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/279
Sana05.09.2021
Hajmi3,22 Mb.
#165463
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   279
Bog'liq
1547-Текст статьи-3979-1-10-20200627

bozorni tahlil qilish (sotishni bashorat qilish usullari, bozorning imitasion modellari 
va  tadqiqotlari    kabi)  vositalari    majmuasi  bo‘lib,  ular  ehtiyojlarni  va  talabni  tahlil 
qilishga istiqbolli va ilmiy yondoshuvni ishlab chiqish uchun foydalaniladi.  
Marketing  –  bu    iste’mol  jamiyatining  arxitektoridir,  ya’ni  bu  sotuvchilar 
iste’molchilarni  tijorat  yo‘li  bilan  ekspluatatsiya  qiladigan  bozor  tizimidir.  Tobora 
ko‘proq  tovar  sotish  uchun  muttasil  yangi  ehtiyojlarni  yaratib  borish  lozim.  Bunda 
xuddi  ishchilar  ish  beruvchidan  ajratib  qo‘yilgani  singari,  xaridorlar  sotuvchidan 
ajratib qo‘yiladi. 
Bu  -  o‘ta  soddalashtirilgan  qarashlar  ortida  marketing  konsepsiyasining  uch 
jihati yotadi: faol jihat (bozorga kirib borish), tahliliy jihat (bozorlarni tushunish) va 
g‘oyaviy  jihat  (fikrlash  shakli).  Marketingni  uning  faol  jihatidan  tushunish,  ya’ni 
marketingga  bir  necha  sotish  usullari  sifatida  qarash  (operasion  marketing) 
tendensiyasi  ko‘p  uchraydi  va  uning  tahliliy  jihatiga  (strategik  marketing)  etarlicha 
baho berilmaydi. 
Marketingga  bunday qarash - marketing va reklama hamma narsaga qodir, ular 


 
15 
 
 
bozorni  qudratli  kommunikasiya  usullari  yordamida  istalgan  narsani  qabul  qilishga 
majbur  qila  oladi,  degan  mavhum  fikrga  asoslangandir.  Bunday  sotish  usullari 
ko‘pincha  xaridorlarning  aniq  ehtiyojlarini  qondirish  istagiga  mutlaqo  bog‘liq 
bo‘lmaydi.    Asosiy  e’tibor  sotuvchining  ehtiyojlariga,  ya’ni  savdoni  amalga 
oshirishga qaratiladi. SHuning uchun marketingni strategik jihatdan ishlab chiqish va 
marketing strategiyasini tushunish muhim ahamiyatga ega. 
Marketing 
strategiyasi 
firma 
imkoniyatlarini 
bozordagi 
holatga 
muvofiqlashtirish,  qo‘yilgan  maqsadlarga  erishishning  kompleks  vositalarini 
belgilashdan iborat. Amerikalik etuk iqtisodchi olim I. Ansoffning fikricha, strategiya 
deb, o‘z mohiyati jihatidan tashkilotning o‘z faoliyatida qaror qabul qilish jarayonida 
qo‘llash uchun mavjud bo‘lgan qoidalar majmuiga aytiladi. 
Strategiya  -  bir  muncha  qiyin  va  mavhumlashtirilgan  amaliy  faoliyat  falsafasi 
sifatida  namoyon  bo‘ladi.  Strategiya  aniq  sharoitda  va  o‘zgarishlar  ta’sirida 
oydinlashtirilib,  orientirlarga  aylanadi.  Tegishli  davr  mobaynida,  qisqa  muddatda, 
tegishli  sharoitdan  kelib  chiqqan  holda  qabul  qilinadigan  qarorlarda,  tavakkalchilik 
siyosatida (uni xavf-xatar darajasiga ko‘ra) uslublar yig‘indisi - taktika tarzida ushbu 
strategiyani  amalga  oshiradi.  Umumlashtirib  aytganda,  marketing  strategiyasi  o‘zaro 
bir-biri  bilan  besh  asosiy  jihat  -  bozorni  tanlash,  maqsadni  tanlash,  mablag‘  va 
muddatlarni  tanlash,  samaradorlikni  nazorat  qilish,  muqobil  strategiyani  tanlashdan 
iborat.  Bu  holda  iste’molchining  ustuvorlik  tamoyilini  ham  ko‘rib  chiqsak  bo‘ladi. 
Aslida  marketing  asosini,  uning  konsepsiyasini  tashkil  qiluvchi  nazariya  yoki  g‘oya 
mutlaqo boshqachadir. U iste’molchining ustuvorlik tamoyilidan kelib chiqadigan 

Download 3,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish